Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 6-iyunda Buxarest shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ruminiya Hukumati oʻrtasida avtomobil yoʻllarida tranzit tashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Yu. Atayev va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-mart,
114-son