Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLAShNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 14 MARTDAGI PF-3860-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-sentabrdagi 447–f-son farmoyishi;
Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
102-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya jihozlari hamda butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona boji toʻlashdan ozod qilinsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “2001-yilda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya jihozlari hamda butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona boji toʻlashdan ozod qilinsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Yuridik shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun chetdan keltirilayotgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo kompaniyalari (birlashmalari), “Oʻzinterimpeks”, “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari hamda lizing kompaniyalari orqali belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq chetdan keltirilayotgan texnologiya jihozlari hamda butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga import boj poshlina stavkasi, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, 2004-yil 1-yanvardan boshlab nol foiz miqdorida belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi oʻz ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan texnologiya jihozlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar. Chetdan keltirilgan texnologiya jihozlari (texnologiya jihozlari yetkazib berishga tuzilgan kontrakt shartlariga muvofiq chetdan keltirilgan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar)dan belgilangan maqsadda foydalanilmagan, shuningdek import qilingan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida sotilgan va tekin berilgan taqdirda ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan import boj poshlinalari stavkalari tatbiq etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq laboratoriyada tekshirish va test sinovidan oʻtkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno)”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 202-modda; 2013-y., 11-son, 143-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)