Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLAShNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 14 MARTDAGI PF-3860-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-sentabrdagi 447–f-son farmoyishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
102-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq laboratoriyada tekshirish va test sinovidan oʻtkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno)”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 202-modda; 2013-y., 11-son, 143-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)