Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻSIMLIKLAR KARANTINI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasining Oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-avgust,
114-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 189-modda)