O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshQaruvi
Qarori
TIJORAT BANKLARINING IChKI AUDITIGA MARKAZIY BANK TOMONIDAN QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 29-dekabrda 992-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3302, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomiga (2004-yil 20-aprel, ro‘yxat raqami 992-1) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-noyabr,
26/4-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 394-modda)