Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 8-SENTABRDAGI 418-SON QARORIGA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-sentabrdagi 418-son qaroriga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat-aksionerlik birlashmasi bosh direktori oʻrinbosarlarining soni uch nafar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosar boʻlishiga ruxsat berilsin.
2. Mirsobit Mirzayev Oʻzbekiston neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat-aksionerlik birlashmasi bosh direktorining oʻrinbosari etib tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
432-son