Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi organlari va boʻlimlarini mustahkamlash toʻgʻrisida
Surxondaryo viloyatining chegara zonasida kriminogen vaziyati keskinlashgani munosabati bilan hamda jinoyatchilikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida giyohvandlik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻlinmasi, patrul-post saf boʻlinmalari, alohida militsiya yoʻl-patrul rotasini tashkil etish, militsiyaning uchastka inspektorlari xizmatini kuchaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 150 ta qoʻshimcha shtat, ilovaga muvofiq, ajratilsin
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzkontraktorg” Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha shtat ajratilishi munosabati bilan uni moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qisqa vaqt ichida Surxondaryo viloyati IIB uchun qoʻshimcha ajratilgan shtat tarkibini jinoyatchilik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi qatʼiy kurash olib borishga qodir, tajribali va malakali ichki ishlar xodimlari bilan toʻldirsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 11-avgust,
403-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-avgustdagi 403-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining organlari va boʻlinmalarini mustahkamlash uchun qoʻshimcha ajratilgan
SHTATLAR SONI
Jami | 150 |
shu jumladan: | |
jinoiy qidiruv | 10 |
profilaktika xizmati (militsiya uchastka inspektorlari) | 20 |
patrul-post saf boʻlinmalari | 100 |
militsiya yoʻl-patrul xizmatining saf boʻlinmalari | 20 |