19.12.1997 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“OʻZAVIALIZING” AKSIYADORLIK-LIZING KOMPANIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]

“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati tomonidan aviatsiya texnikasi eksportga yetkazib berilishini kuchaytirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining “Sibaviatrans” (Rossiya, Krasnoyarsk shahri), “Uralekoresurs” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (Rossiya, Yekaterinburg shahri), “Kedr” tijorat banki (Rossiya, Krasnoyarsk shahri), “Sverdlsotsbank” Sverdlov viloyati hududini ijtimoiy rivojlantirish tijorat banki (Rossiya, Yekaterinburg shahri) bilan birgalikda dastlabki ustav sarmoyasi tayyor mahsulot, mol-mulk va pul ulushi tarzida 24,5 mln. AQSH dollari boʻlgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi aksiyalarini dastlabki joylashtirish 1-ilovaga muvofiq nisbatlarda nazarda tutilsin. Qayd etilsinki, lizing kompaniyasi boshqa qatnashchilarning, shu jumladan, xorijiy qatnashchilarning unga kirishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilgan aviatsiya texnikasini keyinchalik moliyaviy va operativ lizingga berish uchun milliy va xorijiy valyutada oʻz mablagʻlari va qarz olingan mablagʻlar hisobiga xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya texnikasi bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyadorlik-lizing kompaniyasi boshqaruvi tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Lizing operatsiyalari oʻtkazish sxemasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, eksport lizingidan olingan valyuta tushumining 30 foizini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga majburiy sotish “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi foydasidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi lizingga berilgan mol-mulk, tashiladigan yuklar sugʻurta qilinishini, lizing kompaniyaning chet eldagi iqtisodiy manfaatlari siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan kompleks sugʻurtaviy himoya qilinishini, lizing operatsiyalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun eksport kreditlari ajratuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tijorat banklariga sugʻurta qoplamalari berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi hammuassislari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda, Markaziy bank va Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida yangidan tashkil etilayotgan aksiyadorlik-lizing kompaniyasi ustavini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin, tasdiqlasin va roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasini Toshkent shahar, M.Hasanova koʻchasidagi 1-uyga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda eksport va import lizing operatsiyalarini oʻtkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va lizingga berilgan mol-mulk amortizatsiyasini nazarda tutuvchi hisobot tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlarga muvofiq bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro moliyaviy lizing toʻgʻrisida 1988-yilgi Ottava konvensiyasiga qoʻshilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tashkil etilayotgan lizing kompaniyalarining Yevropa lizing kompaniyalari uyushmasi bilan uzoq muddatli hamkorligini tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-son

Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassislarning “Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi ustav sarmoyasidagi ulushlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLANISHI

T/r‎ Muassis‎ Ulush, foizlarda‎ Ulush summasi (mln. AQSH dollarida)‎ Ulush shakli‎
1.‎ “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ ‎ 61,22‎ 15,0‎ Tayyor mahsulot va mol-mulk tarzida‎
2.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ‎ 8,16‎ 2,0‎ 50 foizi — EMVda, 50 foizi — soʻm ekvivalentida‎
3.‎ “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki ‎ 8,16‎ 2,0‎ 50 foizi — EMVda, 50 foizi — soʻm ekvivalentida‎
4.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ‎ 8,16‎ 2,0‎ Soʻm ekvivalentida‎
5.‎ Oʻzbekiston Respublikasi TIAVning “Oʻzmashimpeks” DAK ‎ 4,08‎ 1,0‎ 50 foizi — EMVda, 50 foizi — soʻm ekvivalentida‎
6.‎ “Sibaviatrans” aviakompaniyasi (Krasnoyarsk sh., Rossiya) ‎ 4,08‎ 1,0‎ EMVdagi pul ulushi‎
7.‎ “Uralekoresurs” AJ (Yekaterinburg sh., Rossiya) ‎ 1,03‎ 0,25‎ EMVdagi pul ulushi‎
8.‎ “Kedr” tijorat banki (Krasnoyarsk sh., Rossiya) ‎ 4,08‎ 1,0‎ EMVdagi pul ulushi‎
9.‎ “Sverdlsotsbank” (Yekaterinburg sh., Rossiya) ‎ 1,03‎ 0,25‎ EMVdagi pul ulushi‎

JAMI:‎

100,0‎ 24,5‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasini boshqarish tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavializing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi tomonidan lizing operatsiyalarini oʻtkazish sxemasi