Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Navoiy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ichki qoʻshinlari garnizon harbiy gospitalni tashkil etish toʻgʻrisida
Ichki qoʻshinlar harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga tibbiy, davolash-profilaktika yordamini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy gospital (Navoiy sh. 51862-harbiy qism) negizida Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari uchun garnizon harbiy gospitali tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari garnizon harbiy gospitalining tuzilmasi va shtatlar soni 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi IIV tuzilmasi oʻzgarganligi munosabati bilan uning faoliyatini moliyalashtirishni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-mart,
130-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-martdagi 130-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari garnizon harbiy gospitalining (Navoiy)
TUZILISHI
Boshqarmasi
Tibbiyot qismi
Dorixona
Sanitariya va epidemiyaga qarshi boʻlinmasi
Hammom va kir yuvish kombinati
Moddiy-texnika taʼminoti vzvodi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-martdagi 130-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari garnizon harbiy gospitalining (Navoiy)
SHTATLAR SONI
Jami | 127 |
shu jumladan: | |
Ofitserlar | 16 |
Praporshiklar | 8 |
Serjantlar | 11 |
shu jumladan muddatidan ortiq xizmati | 6 |
Soldatlar | 28 |
Jami harbiy xizmatchilar | 63 |
Ishchilar va xizmatchilar | 64 |