Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2012 10.07.1997 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2012
Hujjat 27.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDA FUQAROLARNING QONUNChILIK BUZILIShI YuZASIDAN ShIKOYAT VA ARIZALARINI KOʻRIB ChIQISh BOShQARMASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-sonli Farmoniga binoan inson huquqlari kafolatlarini yanada kengaytirish, qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, fuqarolar huquqlarining poymol qilinishi hollarining oldini olishni taʼminlashda adliya va sud organlari xodimlarining masʼuliyatini oshirish, ularning fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlariga eʼtiborini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibida 1-ilovaga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari adliya boshqarmalari tarkibida 2-ilovaga muvofiq Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasi va guruhlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi 10 kun muddat ichida ushbu boshqarmaning Nizomini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish boshqarma va guruhlarining vazifalari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari poymol qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bu xususdagi va shikoyatlarni diqqat-eʼtibor bilan har tomonlama xolisona koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga toʻla rioya qilgan holda koʻrib chiqishni taʼminlash, bu masalada sansalorlik, rasmiyatchilikka va toʻrachilikka yoʻl qoʻymaslik, koʻrilgan shikoyatlar yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida fuqarolarga yozma yoki ogʻzaki tarzda maʼlum qilish, oʻrinli boʻlmagan masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirib adolatli qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash choralarini koʻrish, qonunchilikning buzilishi hollarini keltirib chiqarish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— adliya tizimidagi idoralarning shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganish va bu boradagi ishlarni umumlashtirish, shu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi, uning joylardagi boshqarmalari fuqarolarning qonunchilik buzilishi holatlariga tegishli murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini hayʼatda muhokamaga kiritib asosli qarorlar qabul qilishi, belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatishi, shuningdek fuqarolarni shikoyat qilganlik uchun taʼqib qilishga yoʻl qoʻymaslik, bu masalalarda rahbar xodimlarning masʼuliyatini oshirishi muhim ekanligi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, hokimliklar mutasaddi idoralari qonunchilikning buzilish holatlari yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar joylarda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy vaziyat hosil qilishini, qonunlarimizga hurmat bilan munosabatda boʻlishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi, uning boshqarmasi va joylardagi guruhlari fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyati toʻgʻrisida aholi turli tabaqalarini muttasil ravishda xabardor qilib tursinlar, bu borada ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga fuqarolarning qonunchilikning buzilish holatlari boʻyicha murojaatlarining koʻrib chiqilishi masalasini keng yoritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida tashkil etilayotgan boshqarmani taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. Gʻulomov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 10-iyuldagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshligʻi ‎ — 1‎
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari ‎ — 1‎
Bosh maslahatchi ‎ — 3‎
Etakchi maslahatchi ‎ — 3‎
Katta maslahatchi ‎ — 3‎
Katta nozir ‎ — 2‎
JAMI: ‎ 13
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 10-iyuldagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari adliya boshqarmalaridagi Fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish guruhlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalar‎

Bosh maslahatchi‎ Etakchi maslahatchi‎

Jami‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 1‎ 1‎ 2‎
Andijon viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Buxoro viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Jizzax viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Navoiy viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Namangan viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Samarqand viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Sirdaryo viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Surxondaryo viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Fargʻona viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Qashqadaryo viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Xorazm viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Toshkent viloyati‎ 1‎ 1‎ 2‎
Toshkent shahri‎ 1‎ 1‎ 2‎
JAMI:‎ 14‎ 14‎ 28