1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Mexanizm | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Muassislar (qatnashchilar) | Tugatuvchini tayinlash. Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash. | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda | ||||
2-bosqich | Korxonani boshqarish organlari | Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish. | Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida | ||||
Tugatuvchi | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish. | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay | |||||
Bankka quyidagilarni taqdim etish: ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi; tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi; | |||||||
barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma. | |||||||
Moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yish. Yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab yozishni to‘xtatish. | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan kundan boshlab | ||||||
Bank | Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larni tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik. | ||||||
2-kartotekaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish. Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash. | Bank xabardor qilingan kundan boshlab | ||||||
3-bosqich | Tugatuvchi | Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish. | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab | ||||
Korxonaning aktivlari va majburiyatlrini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish. | |||||||
Korxona tomonidan yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr uchun to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish. | |||||||
Debitorlik qarzni olish hamda kreditorlarni aniqlash va korxonani tugatish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish choralarini ko‘rish. | |||||||
4-bosqich | Tugatuvchi | Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab | ||||
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi; | |||||||
joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami; | |||||||
ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar; | |||||||
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami); | |||||||
kreditorlar talablari ko‘rsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati (e’lon chiqqan vaqtdan boshlab kamida ikki oy). | |||||||
5-bosqich | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ | Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish. | Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay | ||||
Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida: | |||||||
ichki ishlar; | |||||||
davlat soliq xizmati; | |||||||
Ichki ishlar organi | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. | Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay | |||||
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tayinlash va belgilangan tartibda o‘tkazish. | Bildirishnoma olingan kundan boshlab tegishli ravishda 3+30 kun | ||||||
Davlat soliq xizmati organi | Tekshirish taftish qilish ko‘rsatilgan muddatlarda tugallanmagan taqdirda korxonaning taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzini aniqlash. | ||||||
6-bosqich | Tugatuvchi | Davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini, shuningdek ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansini tuzish. | Kreditorlar tomonidan talabnomalar taqdim etish muddati tugagandan keyin | ||||
Muassislar (qatnashchilar | Oraliq tugatish balansini tasdiqlash. | Oraliq tugatish balansi tasdiqlash uchun taqdim etilgandan keyin | |||||
Tugatuvchi | Har bir kreditorni uning talabnomalarini e’tirof etish yoki rad qilish, e’tirof etilgan talabnomalar summasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish. | Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin 5 ish kun mobaynida | |||||
7-bosqich | Tugatuvchi | Kreditorlar bilan belgilangan navbat bo‘yicha hisob-kitob qilish. | Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin | ||||
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetishmaganda mol-mulkni sotish. | |||||||
Sotilmagan taqdirda mol-mulkni kreditorlarga mulk qilib berish. | |||||||
Muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga kreditorlar talabnomalarini qondirish imkoniyati. | |||||||
8-bosqich | Tugatuvchi | Qolgan mol-mulkni muassislarga (qatnashchilarga) berish. | Kreditorlar bilan hisob-kitoblartugallangandan keyin | ||||
Tugatish balansini tuzish. | |||||||
Muassislar (qatnashchilar) | Tugatish balansini tasdiqlash. | ||||||
9-bosqich | Tugatuvchi | Tugatish balansini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish, Byuro organiga ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan so‘rov yuborish. | Tugatish balansi tasdiqlangandan keyin | ||||
Davlat soliq xizmati organi | Qarz bo‘lmagan taqdirda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berish. | Bir ish kuni mobaynida | |||||
10-bosqich | Tugatuvchi | Barcha bank hisob raqamlarini yopish. | Soliq organi xulosasi olingandan keyin | ||||
Hujjatlarni davlat arxiviga berish. | Barcha hisob raqamlari yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida | ||||||
11-bosqich | Tugatuvchi | Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish: | Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin | ||||
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon; | |||||||
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; | |||||||
xizmat ko‘rsatuvchi bankning barcha hisob raqamlari yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; | |||||||
muhrlar va shtamplar; | |||||||
vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; | |||||||
agar mavjud bo‘lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari; | |||||||
ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi; | |||||||
davlat soliq xizmati organining xulosasi; | |||||||
davlat arxivi ma’lumotnomasi. | |||||||
12-bosqich | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ | Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish. | Ikki ish kuni mobaynida | ||||
Hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish. | |||||||
Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish. | Bir ish kuni mobaynida | ||||||
Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish. | Bir hafta muddatda | ||||||
Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish. | |||||||
Litsenziyalar va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshirish. | |||||||
O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish. |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Mexanizm | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Muassislar (qatnashchilar) | Tugatuvchini tayinlash. Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash. | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda | ||||
2-bosqich | Korxonani boshqarish organlari | Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish. | Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida | ||||
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish. | |||||||
Tugatuvchi | Ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan Byuro organiga so‘rov yuborish | Ixtiyoriy tugatish | |||||
to‘g‘risida qaror | |||||||
Bankka quyidagilarni taqdim etish: | qabul qilingandan | ||||||
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi; | so‘ng keyingi ish | ||||||
tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi; | kunidan kechiktirmay | ||||||
barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqami�a va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma. | |||||||
Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larning | Bank xabardor | ||||||
Bank | tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘lqo‘ymaslik. | qilingan kundan boshlab | |||||
Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash. | |||||||
3-bosqich | Tugatuvchi | Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish. | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab | ||||
Korxonaning aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish. | |||||||
4-bosqich | Tugatuvchi | Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin | ||||
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi; | |||||||
joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami; | |||||||
ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar; | |||||||
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami); | |||||||
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | |||||||
5-bosqich | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ | Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish. | Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechikmay | ||||
Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida: | |||||||
ichki ishlar; | |||||||
davlat soliq xizmati; | |||||||
Ichki ishlar organi | statistika organlarini xabardor qilish. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. | Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay | |||||
6-bosqich | Tugatuvchi | Mavjud bo‘lgan taqdirda, talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamini yopish. | E’lon chiqqandan keyin bir oy mobaynida | ||||
7-bosqich | Tugatuvchi | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish: | Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqandan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda | ||||
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon; | |||||||
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; | |||||||
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risida xat yoki bankning, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; | |||||||
muassislar (qatnashchilar) yig‘ilishining korxona mol-mulki ular o‘rtasida taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarori (protokoli); | |||||||
korxonaning muhrlari va shtamplari. | |||||||
ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi | |||||||
8-bosqich | Ro‘yxatdan o‘tkazgan | So‘rovnomani Davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni: | Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay | ||||
organ | a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini; | ||||||
Davlat soliq xizmati organi | yozma javob jo‘natilganligini; | So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida | |||||
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ | b) taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmagani to‘g‘risidagi xat mavjud bo‘lganda — korxona tomonidan hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlash uchun jo‘natish. | Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay | |||||
Davlat soliq xizmati organi | So‘rovnomaga yozma javob jo‘natish. | So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida | |||||
9-bosqich | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ | Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish haqida qaror qabul qilish. | So‘rovnoma(jo‘natilgan taqdirda — ikkala so‘rovnoma) | ||||
Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish. | tasdiqlangandan keyin bir ish kuni mobaynida | ||||||
Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish. | Bir ish kuni mobaynida | ||||||
Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish. | Bir hafta muddatda | ||||||
O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish. |
3-ILOVA