Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish maqsadida:
1. 2007-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish (faoliyatini toʻxtatish)ning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
roʻyxatdan oʻtkazgan organ tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatiladi, shu munosabat bilan yer soligʻi, yagona yer soligʻi, mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻxtatiladi;
muassislar (qatnashchilar)ning ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlaridan soliq olinmaydi.
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish va faoliyatini tiklash tartiboti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari qoʻllanmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin va tushuntirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
PQ-630-son
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va boshqa kredit tashkilotlarini;
sugʻurtalovchilarni;
Keyingi tahrirga qarang.
shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarni;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni tugatishda qoʻllanmaydi.
2. Ayrim korxonalar uchun qonun hujjatlarida ularni tugatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin.
3. Korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari) tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
tugatuvchi — tugatish komissiyasi (uning aʼzolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti maʼlumotlari);
moʻljallanayotgan tugatish muddati.
4. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.
5. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish uning qaroriga (arizasiga) koʻra amalga oshiriladi.
6. Roʻyxatdan oʻtkazgan organning tegishli davlat reyestriga bu toʻgʻrida yozuvlar qayd etilgandan keyin korxona tugatilgan, tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.
7. Korxona muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs tugatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
II. Tugatuvchining vakolatlari va ularni toʻxtatish
8. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida korxonaning boshqaruv organlari unga korxona faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtamplari va boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha topshirishi shart.
9. Tugatuvchi:
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va korxonaning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ishonchnomasiz korxona nomidan vakillik qiladi, korxonaning moliyaviy, toʻlov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
v) korxonaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
g) ushbu Nizomda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek muassislar (qatnashchilar) qaroriga koʻra berilgan taqdirda — boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
10. Tugatish komissiyasi tayinlangan taqdirda korxonani boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
11. Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini taʼminlaydi.
12. Tugatuvchining vakolatlari:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda — korxonani tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlar roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
b) korxona faoliyati tiklanganda — tugatish ishlari toʻxtatilganligi va korxona faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda;
v) korxona bankrot deb eʼtirof etilganda — korxona bankrot deb eʼtirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingan kunda;
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda — muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda toʻxtatiladi. Ushbu holatda korxonaning barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddat ichida roʻyxat boʻyicha topshiriladi.
III. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
13. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
14. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechikmay:
a) roʻyxatdan oʻtkazgan organga — ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat koʻrsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan vakolatli bankka:
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qoʻyilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamgʻarma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamgʻarma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
15. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning olinganini yozma ravishda tasdiqlashi shart. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana toʻgʻrisidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdigʻi hisoblanadi.
16. Quyidagilar:
a) roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi;
yer soligʻi, yagona yer soligʻi, mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻxtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va toʻlanadi, ushbu xatboshida koʻrsatilganlar bundan mustasno;
kreditorlar talablarini taʼminlash boʻyicha ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
korxonaning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitishuvlarni faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamiga va ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirigʻiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
2-kartotekaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyiladi.
Shuningdek korxonaga xizmat koʻrsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamgʻarma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablagʻlarni korxonaning asosiy hisob raqamiga oʻtkazgan holda;
xorijiy valyutadagilari — mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazgan holda yopiladi.
17. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻradi;
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazgan organ korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda korxona tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) korxonaning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
d) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berilishini tashkil qiladi, eʼlonlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
korxonaning toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchi identifikatsiya tartib raqami;
roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, tartib raqami);
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati; ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
18. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisidagi qaror nusxasi olingandan soʻng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi ichki ishlar, davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi ichki ishlar organi roʻyxatdan oʻtkazgan organdan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisidagi axborotni olgan kunidan boshlab oʻn kundan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazgan organga nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazgan organning bildirishnomasi belgilangan tartibda olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda korxonaning oxirgi tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab (agar korxonani tekshirish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) korxonani tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyati qamrab olinadi, biroq bunda daʼvo qoʻzgʻatishning quyidagi muddatlariga rioya qilinishi shart:
moliya hisoboti taqdim etgan soliq toʻlovchilar boʻyicha — uch yil;
soliq summasining 20 foizdan ortiq miqdorda pasaytirib koʻrsatilgani (yashirilgani) aniqlangan taqdirda — besh yil.
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda korxonaning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
Tekshirish yakunlariga koʻra soliq qonunchiligi buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.
21. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalarini hisobga olgan holda tugatuvchi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oraliq tugatish balansi korxona muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
22. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida, tasdiqnomani olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) har qaysi kreditorni uning talablari eʼtirof etilgani yoki rad qilingani, eʼtirof etilgan talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
23. Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun korxona tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda — budjetga, davlat maqsadli fondlariga va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
24. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan taʼminlangan talablarini qondirish korxonaning garovga qoʻyilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar qoldigʻi kreditorlar talablarini mazkur Nizomning 23-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.
25. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega boʻlgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
26. Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
27. Garovga qoʻyilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi eʼtirof etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshiladi, baholash summasi bilan talab miqdori oʻrtasida korxona foydasiga hosil boʻlgan tafovut bir hafta muddatda kreditor tomonidan korxonaga toʻlanadi.
28. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
29. Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi korxonani toʻlovga qodir emas (bankrot) deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishi shart. Korxona toʻlovga qodir emas (bankrot) deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan keyin;
korxonaning mol-mulki mol-mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar boʻyicha huquqlarga yoki ushbu korxonaga nisbatan majburiyatlar boʻyicha huquqlarga ega boʻlgan muassislar (qatnashchilar) oʻrtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
31. Tugatish balansi korxonaning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, korxonaning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi olingandan keyin tugatuvchi korxonaning asosiy hisob raqami ochilgan bankka hisob raqamini yopish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida korxonaga tegishli boʻlgan hisob raqamini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisob raqami yopilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Tugatuvchi asosiy hisob raqami yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga korxonaning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
34. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazgan organga quyidagi hujjatlarni:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisidagi eʼlonni;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani;
korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalarini;
korxonaning muhr va shtamplarini;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli organning, agar mavjud boʻlsa, chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini;
agar mavjud boʻlsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani taqdim etadi.
35. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi yoxud ular toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda davlat reyestriga yozuvlar kiritilishini rad etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazgan organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi. Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
36. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
korxona tugatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini ichki ishlar organiga yoʻq qilish uchun topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
37. Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazgan organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab toʻkqiz oydan oshmasligi kerak.
Agar koʻrsatilgan muddat oʻtgungacha ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq komplekti roʻyxatdan oʻtkazgan organga taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilgani toʻgʻrisida xabar qiladi.
38. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek ixtiyoriy tugatish va korxona faoliyatini tiklash tartiboti toʻxtatilganda ushbu Nizomning 16-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qoʻllanmaydi hamda barcha tegishli toʻlovlar ularni hisoblab yozish toʻxtatib qoʻyilgan davr uchun toʻliq hajmda undiriladi.
IV. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
39. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
40. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechikmay:
a) roʻyxatdan oʻtkazgan organga — ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini joʻnatadi, qarorda korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlishi kerak;
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat koʻrsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan vakolatli bankka:
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qoʻyilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamgʻarma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamgʻarma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni olganligini yozma ravishda tasdiqlashlari shart. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana toʻgʻrisidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganining tasdigʻi hisoblanadi.
42. Quyidagilar:
a) roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitishuvlarni amalga oshirish taqiqlanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamlariga va ikkilamchi depozit hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab — korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirigʻiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek korxonaga xizmat koʻrsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamgʻarma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablagʻlarni korxonaning asosiy hisob raqamiga oʻtkazgan holda;
xorijiy valyutadagilari — mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazgan holda yopiladi.
43. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻradi;
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berilishini tashkil qiladi, eʼlonlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
korxonaning toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchi identifikatsiya tartib raqami;
roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, tartib raqami);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
44. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisidagi qaror nusxasi olingandan soʻng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi ichki ishlar, davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi ichki ishlar organi roʻyxatdan oʻtkazgan organdan korxonaning ixtiyoriy tugatilgani toʻgʻrisidagi axborotni olgan kunidan boshlab oʻn kundan kechiktirmay unga nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazgan organga ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta boʻlmagan muddatda quyidagi hujjatlarni:
korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan eʼlonni;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani;
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi toʻgʻrisidagi xat yoki, agar mavjud boʻlsa, asosiy hisob raqami yopilgani toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasini;
Keyingi tahrirga qarang.
muassislar (qatnashchilar)ning ular oʻrtasida mol-mulk taqsimlanganligi toʻgʻrisidagi qarorini;
korxonaning muhr va shtamplarini;
Keyingi tahrirga qarang.
korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani taqdim etadi.
47. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi:
korxona tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati roʻyxatdan oʻtkazgan organning soʻrovnomasi olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi;
taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi toʻgʻrisidagi xat mavjud boʻlganda — korxona tomonidan hisob raqamlari ochilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi soʻrovnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ kreditorlar talablari mavjud boʻlmagan taqdirda quyidagi sanalardan bittasi boshlanganda korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingan sana boshlanganda — taqdim etilgan hujjatlarda asosiy hisob raqamining yopilgani toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan taqdirda;
davlat soliq xizmati organining korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi olingan sana boshlanganda — ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan taqdim etilgan hujjatlarda tugatuvchining hisob raqami ochilmaganligi toʻgʻrisidagi xati mavjud boʻlgan taqdirda.
49. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni quyidagi hollarda:
ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
kreditorlar talablari mavjud boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazgan organning korxona tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi soʻrovnomasiga davlat soliq xizmati organining javobi salbiy boʻlganda;
korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanmaganda rad etishi mumkin.
50. Roʻyxatdan oʻtkazgan organning qarori qabul qilingan kunidan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi. Bunda reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
51. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
korxona tugatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini ichki ishlar organiga yoʻq qilish uchun topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
52. Korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish quyidagi:
Ushbu Nizomning 49-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan sabablarga koʻra rad etilgan taqdirda ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning III boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish
53. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
54. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish uning roʻyxatdan oʻtkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi. Maʼlumotnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar mavjud boʻlganda esa — ular toʻlangandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
muhr va shtamplar, agar ular mavjud boʻlsa;
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud boʻlsa;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi toʻgʻrisidagi xat yoki, agar mavjud boʻlsa, asosiy hisob raqami yopilgani toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs banklarda hisob raqamlari ochilmagani toʻgʻrisida xat taqdim etsa roʻyxatdan oʻtkazgan organ xat olingandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uning hisob raqami ochmaganligini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi soʻrovnoma olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Roʻyxatdan oʻtkazgan organ davlat reyestriga quyidagi hujjatlar olingandan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi:
ushbu Nizomning 54-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 55-bandiga muvofiq hisob raqami ochilmagani toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi.
57. Roʻyxatdan oʻtkazgan organning tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan soʻng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning bevosita oʻziga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi.
58. Davlat reyestriga tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazgan organ bir hafta muddatda:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi;
faoliyati toʻxtatilgan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning muhri va shtamplarini ularni yoʻq qilish uchun (ular mavjud boʻlganda) ichki ishlar organiga topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud boʻlganda) ularni bergan organlarga topshiradi.
59. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining toʻxtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
VI. Yakuniy qoidalar
60. Korxona muassislari (qatnashchilari) tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs, tugatuvchi oʻzlari tayyorlagan, roʻyxatdan oʻtkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda korxonalarni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazgan organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab toʻqqiz oydan oshmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda ixtiyoriy tugatish muddati qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻrtacha uch oygachani tashkil qiladi.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish sxemasi
Bunda tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish muddati roʻyxatdan oʻtkazgan organga ariza berilgan vaqtdan boshlab ikki kunni, banklarda hisob raqamlari ochilmagan taqdirda esa — oʻrtacha bir haftani tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 179-modda; 2010-y., 44-45-son, 378-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda, 40-son, 466-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda, 45-son, 585-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 21-son, 386-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)