Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.04.2007 yildagi PQ-629-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-YILDA KUTILAYOTGAN SUV TANQISLIGINI YuMShATISh BO‘YIChA KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilda cheklangan suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanishni ta’minlash va kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2007-yilda respublikaning barcha suv omborlari irrigatsion ish rejimiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekenergo” DAK bilan birgalikda suv omborlarining belgilangan rejimda ishlashini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekenergo” DAK hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda suv omborlari irrigatsiya rejimiga o‘tkazilishining 2007-yilda elektr energiya ishlab chiqarish prognoz hajmlariga ta’sirini o‘rganib chiqsin va zarur holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-dekabrdagi F-2646-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan elektroenergiya resurslari va uni taqsimlash balansi parametrlarini o‘zgartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2007-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida, shuningdek Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sholi ekish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholini boshqa hududlarda joylashtirish, shuningdek takroriy ekinlar ekish ularning suv resurslari bilan ta’minlanishiga qarab, kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari takliflari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha asosiy irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha tasdiqlangan irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlarini bajarish yuzasidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari suv havza boshqarmalari va hududlarning suv olish limitlarini, shuningdek 2007-yil yozgi vegetatsiya davrida suv omborlari ish rejimini tasdiqlash, bularga rioya etish, sug‘orish uchun mo‘ljallangan suvlarni to‘g‘ri hisobga olish va undan oqilona foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tanqisligi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukumat komissiyasi (Sh. Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 2007-yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish chora-tadbirlarining bajarilishini ta’minlaydigan ishlarning har bir obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekenergo” DAK zimmasiga nasos stansiyalarining, sug‘orish quduqlarining tashqi elektr ta’minoti obyektlarini, mazkur obyektlar kompaniyaning shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, loyihalashtirish va qurish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan “O‘zbekenergo” DAKga suv tanqisligi obyektlari qurilishini loyihalashtirish bilan bir vaqtda alohida ish chizmalari va smetalar bo‘yicha moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-629-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 178-modda)