Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2010 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1674
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori, 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1674
Кучга кириш санаси
24.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2010
Hujjat 24.04.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JANUBIY-GʻARBIY HISOR VA USTYuRT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLAR BOʻYIChA 2007-YIL 23-YaNVARDAGI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-aprelda 1674-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2097, 19.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Qoidalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab “UzPEK Limited” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror (2001-yil 30-iyul, roʻyxat raqami 1057 — Normativ hujjatlarining axborotnomasi, 2001-y., 14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/20-9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EG-01/10-1447-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori R. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P-2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
2007-yil 16-martdagi 01-02/20-9, EG-01/10-1447, P-2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 2-son, 36-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 5-son, 67-modda; 2005-y., 1-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 154-modda; 10-son, 536-modda), “Er osti boyliklari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi 1994-y., 10-son, 252-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda) Qonuni, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2002-y., 1-son, 13-modda) Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori bilan maʼqullangan 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga asosan ushbu Bitim doirasida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalarni qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori bilan maʼqullangan 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitim, shuningdek unga ilovalar hamda oʻzgartish va qoʻshimchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor — Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi) qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi (“Soyuzneftegaz Vostok Limited”), shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator — Oʻzbekiston Respublikasida MTB boʻyicha ishlarni bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan “SNG Gissar Opereyting” MChJ kompaniyasi (“SNG Gissar Orerating” MShJ), shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing kompaniyasi — Investor va Vakolatli organga tegishli Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini birgalikda sotish maqsadida Investor tomonidan tashkil etilgan va Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi) qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “SNG Vostok Marketing Limited” kompaniyasi (“SNG Vostok Marketing Limited”), shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarorining 3-bandiga muvofiq, “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning vakolatli shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida Investor manfaatlarini MTB doirasida himoya qiluvchi Investor tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan Operator va Marketing kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan, Marketing kompaniyasi manfaatlarini MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida himoya qiluvchi, Marketing kompaniyasi tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzR DBQ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBQB — Investor va Pudratchilar tomonidan olib kiritilayotgan tovarlarni, shuningdek MTBga muvofiq olib chiqilayotgan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsuloti ustidan bojxona nazoratini amalga oshiruvchi OʻzR DBQning tegishli hududiy bojxona boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi — Investor va/yoki Operator, va/yoki Marketing kompaniyasi MTB boʻyicha neftgaz operatsiyalari bilan bogʻliq tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu atama MTB boʻyicha neftgaz operatsiyalari bilan bogʻliq tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Pudratchi yoki uning ikkilamchi pudratchilari bilan shartnoma tuzgan ikkilamchi pudratchilar ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar — MTB va neftgaz konlarini qidiruv va ochish, infratuzilmalarni qurish boʻyicha kompleks ishlarni bajarish uchun Investor va/yoki Operator va Pudratchilar oʻrtasida tuzilgan kontraktlar asosida Investor va/yoki Operator va Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mulk, shu jumladan xarajat qilinadigan tovarlar va qaytariladigan tovarlar va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bilan bogʻliq boshqa ishlar, shuningdek, MTB doirasida eksport qilish maqsadida Marketing kompaniyasi va/yoki Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajat qilinadigan tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi, shu jumladan erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek MTB boʻyicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan texnik-material resurslar, loyiha va texnik hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytariladigan tovarlar — keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi ostida olib oʻtilayotgan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, loyiha va texnik hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlar — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlari va/yoki yuqorida koʻrsatilgan moddalardan har birining kontekstga koʻra alohida umumlashtirilgan nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neftgaz mahsuloti — MTBni bajarish jarayonida neft, tabiiy gaz, gaz kondesati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlar, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dizel yoqilgʻisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat moylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazut;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan gaz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik kerosin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazni chuqur qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan boshqa mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qoʻmitasi — MTB doirasida ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va MTBda sanab oʻtilgan funksiyalarga muvofiq MTBni bajarish bilan bogʻliq majburiy qarorlarni qabul qiluvchi, Investor va Vakolatli organ vakillaridan iborat tarkibda doimiy ish yurituvchi organ. Boshqaruv qoʻmitasi har kalendar chorak mobaynida kamida 1 (bir) marta oʻz yigʻilishini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari — ushbu Qoidalar maqsadida Investor va Vakolatli organ tomonidan MTBni bajarish jarayonida olingan va Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishlarida uning aʼzolari tomonidan tasdiqlangan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsulotining taqsimoti bilan bogʻliq hujjatlar tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi — ushbu Qoidalar maqsadida, qazib olish hajmlarini tasdiqlash maqsadida Investor va Vakolatli organ tomonidan imzolanadigan Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi tushuniladi. Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi Boshqaruv qoʻmitasi tomonidan Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishlarida tasdiqlanadi va Boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari tarkibiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi — ushbu Qoidalar maqsadida Investor, Vakolatli organ va neftni qayta ishlash yoki gazni qayta ishlash korxonasi vakolatli vakili tomonidan imzolanadigan Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi tushuniladi. Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi Boshqaruv qoʻmitasi tomonidan Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishlarida tasdiqlanadi va Boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investor va Vakolatli organga tegishli boʻlgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining eksporti MTBning 13-moddasi qoidalariga muvofiq Marketing kompaniyasi tomonidan eksport bitimlarini vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazmagan va vakolatli bank tomonidan beriladigan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim qilmagan holda amalga oshiriladi. Eksport qilish uchun asos boʻlib MTB, Boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari, Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi va zarur boʻlgan hollarda, Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksportga moʻljallanayotgan joʻnatish toʻgʻrisida Marketing kompaniyasi tegishli hujjatlarni (MTB, Boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari, Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi va zarur boʻlgan hollarda Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi) taqdim qilgan holda, hududida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan DBQBni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining Investorga tegishli boʻlgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda, Investor tomonidan, MTB qoidalariga muvofiq Marketing kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Investor va Vakolatli organning Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining birgalikdagi eksporti uchun belgilagan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining Vakolatli organga tegishli boʻlgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilangan tartibda Operator tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish kontraktlari, vakolatli bankda va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investor bilan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish kontraktlari vakolatli bankda va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat tomonidan tartibga solinadigan va olib kirishda davlat organlari ruxsatnomalarini talab etuvchi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va MTB qoidalarida belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investor va/yoki Operator va ularning Pudratchilari tomonidan olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 19.1 va 19.5-moddalariga muvofiq quyidagi xususiyatlardan kelib chiqib, bojlar, soliq va yigʻimlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yigʻimdan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi OʻzR DBQ tomonidan Investorga berilgan 00000014 kodiga asosan yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan Operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi Investor va/yoki Operator va Pudratchi oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq OʻzR DBQ tomonidan Pudratchiga berilgan kodga asosan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor va/yoki Operator va ularning Pudratchilari tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun, BYuD bojxona toʻlovlari hisobga olingan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator va Pudratchi oʻrtasida tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq, Pudratchi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Olib chiqilayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona toʻlovlari olinmagan holda amalga oshiriladi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno). Eksport qilinayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Marketing kompaniyasi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Operator neftgaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 27-fevral, roʻyxat raqami 1318 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona omborini tashkil etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida olingan va ushbu hududdan tashqariga olib chiqilmasdan foydalanishga moʻljallangan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining muvofiqlik sertifikatlari, shuningdek kelib chiqish sertifikatlari, oʻzida ishlab chiqarilgan mahsulotga sertifikatlar va Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksport qilish uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday sertifikatlar, sertifikatlash boʻyicha vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investor, Operator va Marketing kompaniyasi MTBda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari va preferensiyalaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qaytariladigan tovarlarni olib kirish va ularni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom” (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) asosida Investor va/yoki Operator yoki Pudratchining arizasiga muvofiq vaqtincha olib kirish bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qaytariladigan tovarlar vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi ostiga Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga koʻra koʻrsatilgan muddatga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda BYuD toʻldirilib joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va/yoki Operator tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan Investor va/yoki Operator xatining raqami va sanasi, yoxud Pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan Pudratchilarning xatlari va tegishli kontraktlarining raqamlari va sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 37-ustundagi oxirgi ikkita raqami — deklaratsiya qilinadigan tovarlarni olib oʻtish xususiyatining kodi, “44” qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi vaqtinchalik olib kirish oxirgi muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullar orqali tasarruf etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan reeksport rejimida olib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz (30) kun oldin tegishli DBQBga yozma murojaatnoma asosida ularni vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. MTBning toʻliq amal qilish muddati davomida qaytariladigan tovarlarning vaqtinchalik olib kirish muddatini BYuDda koʻrsatilgan dastlabki muddatidan koʻproq muddatga uzaytirish OʻzR DBQ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qaytariladigan tovarlar qayta olib chiqilishining bojxona rasmiylashtiruvi, rasmiylashtiruv vaqtida ular joylashgan hududdagi tegishli DBQB tomonidan, qaytariladigan tovarlar olib kirilayotganida nazoratga qoʻygan DBQB bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xarajat qilinadigan tovarlarni olib kirish va ularni tasarruf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xarajat qilinadigan tovarlar BYuD toʻldirgan holda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga quyidagi xususiyatlarni inobatga olib joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 37-ustunda oxirgi ikkita raqam — deklaratsiya qilinadigan olib oʻtilayotgan tovarlarning kodi, “44” qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va/yoki Operator tomonidan olib kirilayotgan xarajat qilinadigan tovarlarga nisbatan Investor va/yoki Operator xatining raqami va sanasi, yoxud Pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan xarajat qilinadigan tovarlarga nisbatan Pudratchilarning xatlar va tegishli kontraktlarining raqamlari va sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “S” ustunining 1-bandida — MTBning roʻyxat raqami va uning OʻzR DBQda hisobga olingan sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining xatiga asosan tegishli DBQBning ruxsati bilan, xarajat qilinadigan tovarlar, ular Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining omborlarida va Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi tomonidan belgilangan boshqa joylarda saqlanilgan holda, vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. Tegishli DBQBsi vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimida turgan xarajat qilinadigan tovarlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan xarajat qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”da (2000-yil 26-fevral, roʻyxat raqami 901 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 33-son, 376-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan xarajat qilinadigan tovarlar, Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining arizasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida “Bojxona reeksport rejimi toʻgʻrisidagi nizom”ning (2002-yil 12-may, roʻyxat raqami 1134) tartib va shartlariga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Uglevodorodlarning olib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uglevodorodlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi Investor va Vakolatli organning nomidan va uning topshirigʻi boʻyicha Marketing kompaniyasi tomonidan eksport bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eksport qilinayotgan Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan, franko-tashuvchi FSA (Inkoterms-2000) shartlari boʻyicha aniqlanadigan hajm va narxda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jarquduq quyma terminalining ekspluatatsiyaga tushirilishiga qadar, MTB doirasida qazib olish va tayyorlash jarayonida olingan va eksport maqsadlari uchun moʻljallangan, tabiiy gazdan tashqari Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi, Oʻzbekiston temir yoʻllarining Shoʻrtan temiryoʻl bekati FSA shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jarquduq quyma terminali ekspluatatsiyaga tushirilganidan soʻng, MTB doirasida qazib olish va tayyorlash jarayonida olingan va eksport maqsadlari uchun moʻljallangan, tabiiy gazdan tashqari Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston temir yoʻllarining Dehqonobod temiryoʻl bekati FSA shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYuDda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2, 9 va 28-ustunlarda — Investorning yoki Investorning vakolatli shaxsining tegishli rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-ustunda — Investor tomonidan koʻrsatilgan, qabul qiluvchining rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 24-ustunda — bitimning kodi “79”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 37-ustunning uchinchi qismida — tovarlar olib oʻtilishi xususiyatining kodi “33”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 44-ustunning 3-bandida olib chiqish uchun asos sifatida, MTB va Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning hajmi va narxi MTB qoidalariga muvofiq DAF — Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi shartlari (Inkoterms-2000) asosida, MTB doirasida yetkazib berilayotgan tabiiy gaz Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasi bilan chegarani kesib oʻtadigan Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmogʻida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Qoidalarning 26—28-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlari Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan kontraktlariga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Eksport qilinayotgan tabiiy gazga, Investorning vakolatli shaxsining arizasiga koʻra, tegishli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2000-yil 13-iyul, roʻyxat raqami 945 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y. 13-son) muvofiq tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Quvur tarmoqlari transporti orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning bojxona deklaratsiyalanishi va rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Birinchi bosqichda: har oy, tabiiy gazning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan oydan oldingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, Marketing kompaniyasi va/yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi bojxona organiga hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gazning hajmiga vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyin matnda VBYuD deb yuritiladi) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) MTBning nusxasi (faqat birinchi marta rasmiylashtirilayotganda taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tabiiy gazni yetkazib berish kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gaz hajmiga invoys (hisob-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gazning borish mamlakati, ogʻirligi, miqdori va bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan Investorning hisob-kitob hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2, 9 va 28-ustunlarda — Investorning yoki Investorning vakolatli shaxsi rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ustunning uchinchi kichik boʻlimida “Deklaratsiya turi”da “VD” — vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi harfli indeksi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 29-ustun “Chegaradagi bojxona”da Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish oʻlchov tarmogʻini nazorat qiluvchi bojxona postining nomi va kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 31-ustun “Yuk joylari va tovarlarning bayoni”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, “____ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 45-ustun “Bojxona bahosi”da tashqi iqtisodiy shartnomaga asosan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi moʻljallanayotgan tabiiy gazning hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona bahosi maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) VBYuDda koʻrsatilishi lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar, tabiiy gazning moʻljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni talab etadigan VBYuDning ustunlari toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi rasmiylashtiradigan bojxona posti tomonidan, BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiya qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Toʻliq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikishi), BYuDni taqdim etish muddati rasmiylashtiradigan bojxona posti boshligʻining ruxsati bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda Marketing kompaniyasi va/yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi rasmiylashtiradigan bojxona postiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda, yozma ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ikkinchi bosqichda, bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunida amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, toʻliq BYuDning rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) VBYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Boshqaruv qoʻmitasining hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi va Investor va/yoki Investorning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan, tabiiy gazni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasigacha yetkazib berish uchun magistral quvurga topshirish-qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi va Qozogʻiston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi tomonidan imzolangan, tabiiy gazni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida topshirish-qabul qilish texnik dalolatnomasi, yoxud Investor va/yoki Investorning vakolatli shaxsi va sotib oluvchi tomonidan imzolangan, Investor tabiiy gazini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasida topshirish-qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan tabiiy gazning hajmi invoysi (hisob-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan tabiiy gazning tayin etilgan mamlakati, ogʻirligi, miqdori va bahosining maʼlumotlari toʻgʻrisidagi Investorning hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. VBYuDga berilgan maʼlumot raqami BYuDga ham beriladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. VBYuDda deklaratsiya qilingan tabiiy gazning hajmi uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasida koʻrsatilgan hajm oʻrtasida tafovut aniqlansa, tegishli VBYuDga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, VBYuD toʻldirilishini va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 40-ustunda “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat” VBYuDning maʼlumot raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) D-ustunida “Bojxona nazorati” bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gazning yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Neftgaz mahsulotini qayta ishlash va olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Neftgaz operatsiyalarini amalga oshirish davomida olingan Uglevodorodlarni qayta ishlash MTB shartlariga muvofiq, qayta ishlash korxonalarida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotgan Neftgaz mahsuloti Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan bojxona eksport rejimida Investor va Vakolatli organning nomidan va topshirigʻiga binoan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Eksport qilinayotgan Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan, Marketing kompaniyasi tomonidan franko-tashuvchi FSA (Inkoterms-2000) shartlariga asosan taqdim etiladigan baho va narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Shoʻrtan gazkimyo kompleksida tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida olingan Neftgaz mahsuloti Oʻzbekiston temir yoʻllari Shoʻrtan temiryoʻl bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Buxoro neftni qayta ishlash zavodida olingan neftgaz mahsuloti, Oʻzbekiston temir yoʻllari Qorovulbozor temir yoʻl bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida olingan neftgaz mahsuloti Oʻzbekiston temir yoʻllari Oxunboboyev temir yoʻl bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Investor tomonidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodida olingan Neftgaz mahsuloti, Oʻzbekiston temir yoʻllari Oltiariq temir yoʻl bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYuDda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2, 9 va 28-ustunlarda — Investor yoki Investorning vakolatli shaxsining tegishli rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-ustunda — Investor tomonidan koʻrsatilgan, qabul qiluvchining rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-ustunda — bitimning kodi “79”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-ustunning uchinchi qismida — tovarlarni olib oʻtish xususiyatining kodi “33”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-ustunning 3-bandida Neftgaz mahsulotini olib chiqish uchun asos sifatida MTB va Uglevodorodlarning qazib olinish dalolatnomasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Qoidalarning 41-bandida koʻrsatilgan, Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi shartlari Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan kontraktlarga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini Oʻzbekistonda sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsuloti Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy bozorda sotilayotganda, Marketing kompaniyasi Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvini mazkur Qoidalarga muvofiq, avval eksport bojxona rejimida Investor nomidan oʻzining nomiga, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarisiga amalda olib chiqmagan holda, keyinchalik bojxona reimport rejimiga Marketing kompaniyasi nomidan Oʻzbekistondagi sotib oluvchining nomiga amalga oshiradi. Bunda, transport xarajatlarining mavjud boʻlmaganligi sababli, BYuDning 20-ustunida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari koʻrsatiladi. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksport bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi uchun asos sifatida MTB va Boshqaruv qoʻmitasining hujjatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yuqorida koʻrsatilgan Neftgaz mahsulotini eksport va reimport qilish boʻyicha operatsiyalar barcha bojxona toʻlovlaridan (bojxona bojlari, aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi ham kiradi) ozod etilgan holda amalga oshiriladi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Vakolatli organ tomonidan Investorga tegishli boʻlgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining qismini sotib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Vakolatli organ Investorga tegishli Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining qismini kerakli hajmlarda MTBda belgilangan shartlarda AQSh dollarida toʻlovni amalga oshirish orqali sotib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vakolatli organ tomonidan sotib olinayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining hajmi, shuningdek ularning narxi MTB shartlariga muvofiq Vakolatli organ va Investor oʻrtasidagi tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vakolatli organ tomonidan sotib olinayotgan Investorning Uglevodorodlari va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi mazkur Qoidalarga muvofiq avvalo bojxona eksport rejimida, keyin esa Vakolatli organning nomiga bojxona reimport rejimida amalga oshiriladi. Bunda, transport xarajatlarining mavjud boʻlmaganligi sababli, BYuDning 20-ustunida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Investor, Operator va Pudratchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Investor va/yoki Operatorning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona organiga olib kirilayotgan/olib chiqilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yigʻimlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qaytariladigan tovarlar keyinchalik boshqa shaxslarga beriladigan holda, qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga qayta rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tovarlar Pudratchi tomonidan olib kirilayotganda, Pudratchi mazkur Qoidalarning 48-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni Investor va/yoki Operator va Pudratchi oʻrtasida tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Qoidalarning 48-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, Investor, Operator yoki Pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Zarur hollarda Operator Investorning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, texnik, hisobot hujjatlarini, ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida geolog-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning namuna va nusxalarini MTB shartlariga muvofiq, tegishli DBQBga yozma murojaat qilish orqali olib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Operator, Investorning topshirigʻiga binoan, yozuvlarning asl nusxalari va boshqa maʼlumotlarga ishlov berish, analiz va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Investor va/yoki Operator MTB shartlariga muvofiq, koʻrsatilgan olib chiqilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Investor, Operator, Marketing kompaniyasi va Pudratchilarning chet ellik xodimlariga, MTBda koʻrsatilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shuningdek ularni boshqa shaxslarga berish hollarida, DBQB Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat budjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini belgilangan tartibda undiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Qoidalar Vakolatli organ va Investor bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi raisi N. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soyuzneftegaz Vostok Limited” Kompaniyasi Prezidenti N. KLINChEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 166-modda)