Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.1998 30.05.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 66
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat matbuot qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi
Aloqa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Davlat teleradio kompaniyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAGONA KOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 30-mayda 66-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar 1998-yil 28-mayda Davlat reyestrdan chiqarilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-sentabr 244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi, shuningdek, 1992-yil 3-aprel 162-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori hamma davlat idoralari, siyosiy, jamoat, ijodiy uyushmalar, korxona, tashkilot va kooperativlar, diniy, fuqarolarning shunga oʻxshash uyushmalari, mehnat jamoalari uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona Qoida talablari Respublikada taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalariga taalluqlidir. Respublikadan tashqarida taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarini Respublika hududida tarqatilishi bilan bogʻliq boʻlsa, u holda yagona Qoida talablari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil davlatlar Xamdoʻstligi va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan davlatlararo bitimlar, shartnomalar bilan belgilanmagan boʻlsa, yagona Qoida asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Roʻyxatdan oʻtish lozim boʻlgan ommaviy axborot vositalari, davriy bosma nashrlar gazetalar, jurnallar, ularning ilovalari, yiliga ikki va undan ortiq chiqadigan oʻrtacha nashri 1000 nusxadan kam boʻlmagan jurnalga oʻxshash nashrlar, radio, televideniye, video, kino-xronikalar, ilmiy-ommabop va hujjatli dasturlar, axborot agentliklari, kabel televideniyasi, kinovideo studiyasi, boshqa nomga ega boʻlib, yiliga bir marta tarqatiladigan havo mavjlariga chiqariladigan davriy ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy axborot vositalariga taalluqli farmon va farmoyishlari, Oʻzbekiston Reyepublikasi Oliy Kengashi, Vazirlar Mahkamasining matbuot haqidagi qarorlari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida faoliyat yuritadi. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olgan idora uning muassisi va tahririyati Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunga va roʻyxatga olish vaqtida bayon etgan dasturiy vazifalarning bajarishi ustidan nazorat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ommaviy axborot vositalari muassisi (hammuassisi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan davlat idoralari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, kooperativlar, diniy, fuqarolarning shunga oʻxshash uyushmalari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, shahar, tuman hokimliklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni faoliyat koʻrsatish uchun roʻyxatga olinayotganda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ularning ommaviy axborot vositalarini nashr qilish, televideniye, radio, kino, video, boshqa shakldagi axborotlarni tayyorlash va tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish masalasi tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan boʻlmasa, ularning bu huquqlari haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ommaviy axborot vositasi muassislari boʻlolmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati qonun boʻyicha taqiqlangan fuqaro uyushmalari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizomda ommaviy axborot vositasi chiqarish faoliyat usullari koʻrsatilmagan boʻlsa. Hammuassislar birgalikda muassislik qiluvchi sifatida ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ommaviy axborot vositasi roʻyxatga olingandan keyin uni chiqaradigan tashkilot, korxona, muassasa, qolaversa fuqarolar uyushmasi ommaviy axborot vositasi tahririyati hisoblanadi. Tahririyat ommaviy axborot vositasi noshiri sifatida ish yuritishi mumkin. Tahririyat ommaviy axborot vositasi chiqarishdan tashqari Qonun man etmagan faoliyatlar ham koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahririyatga Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonun muassislar tomonidan tasdiqlangan tahririyat Nizomi, tahririyat bilan muassislar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida muharrir (bosh muharrir) boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahririyat nizomida quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi muassisi, tahririyat va bosh muharrir oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistlar jamoasining huquq va burchlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashrning maqsad va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh muharrir, tahririyat hayati va tahririyatning boshqa boshqaruv boʻlimlarini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari faoliyatidan olinadigan daromaddan foydalanish va taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi faoliyatini toʻxtatishning asos va tartiblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatayotgan tahririyat nizomi korxonalar hamda tadbirkorlik haqidagi qonun-qoidalarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muharrir (bosh muharrir) muassis (muassislar), noshirlar, tarqatuvchilar, davlat idoralari, jamoat uyushmalari va fuqarolarga, shuningdek, sudga oʻzini tanishtiradi. U Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga va Respublikaning boshqa qonunlariga amal qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muassis, noshir va tahririyat ishlab chiqarish, moliya va boshqa faoliyatlar yuzasidan shartnomalar tuzadilar. Tahririyat bilan hamma hammuassislar birgalikda yoki yakka tartibda shartnoma tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari hammuassislari bilan tuzilgan shartnoma oʻzaro munosabat va vazifalar, hammuassis tarkibini oʻzgartirish tartibi va sharoitlari, shuningdek, ular oʻrtasida kelib chiqadigan ixtiloflarni bartaraf etish masalalarini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborot agentligini ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatga olinishi unga tahririyat, noshir, tarqatuvchi maqomi berilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot agentligi mahsulotlari (varaqalar, habarlar va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilgan tartib boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muassis Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan roʻyxatga olish haqida mahsulot tarqatilishi manzili belgilanganiga koʻra quyidagi idoralarga ariza beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot komitetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida — Qoraqalpogʻiston Davlat matbuot komitetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar hududida - viloyat matbuot boshqarmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida — Toshkent shahar hokimligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-apreldagi 162-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan tartibda qoʻshimcha hujjatlar topshiradilar. Chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi nizomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir muassisning nizomi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki viloyatlar, tuman, shahar hokimliklari tomonidan roʻyxatga olinganligi haqida berilgan hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari nashr etish masalasi yuzasidan tahririyat va muassis yoki muassislarning majlis qarori ommaviy axborot vositasi nashr etishga ajratilgan mablagʻ, moddiy-texnik baza, qogʻoz va matbaa masalasi (davriy nashrlar uchun), mahsulotni tarqatish yoʻllari unda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositasini chiqarishga sarflanadigan mablagʻ va koʻriladigan foyda smeta loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis bilan kelishilgan (tasdiqlangan) taxminiy shtat jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy bosma nashrlarni chiqarish uchun matbaa korxonasi bilan kelishilganlik haqida xat yoki maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositasini pul bilan taʼminlash haqidagi bank hisob-kitob schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muharrir (bosh muharrir) vazifasiga nomzodi koʻrsatilgan shaxsning qisqacha tarjimaiy” holi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylarning (agar boʻlsa) kafillik xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahririyatning qonuniy manzilgohi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy axborot vositalarining ayrim turlarini roʻyxatga olishdan burun quyidagi idoralar bilan kelishish shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kabel telestudiyasining televizion va radio dasturi - Oʻzbekiston Davlat teleradio kompaniyasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinovideostudiya, kinoxronika, ilmiy-ommabop va hujjatli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika filmlar dasturi — Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot agentligi — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (OʻzA) bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassislari Oʻzbekiston Reyepublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan Oʻzbekistondan tashqarida ham tarqatishga moʻljallangan ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston bilan tuzilgan bitim va shartnomalarda nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Reyepublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatga olinadi yoki uning topshirigʻi (ruxsati) bilan va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining roziligi bilan Davmatbuotkoʻm tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatga olish haqida berilgan ariza bir oy ichida koʻrib chiqilishi kerak. Roʻyxatga olish idorasi arizaning natijasini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ariza ijobiy hal qilingan, roʻyxatga olish badali toʻlangandan keyin muassisga faoliyat koʻrsatish huquqi berilganligini tasdiqlovchi “Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika hududida roʻyxatga olingan hamma ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi yuritadigan yagona davlat roʻyxatiga reyestr kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muassisi almashgan, muassislar tarkibi, nomi, oldiga qoʻygan maqsad-vazifasi, tili, kimlarga muljallanganligi oʻzgargan taqdirda, “Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma” oʻz kuchini yoʻqotadi. Roʻyxatga olish idorasi tomonidan berilgan guvohnoma qaytarilib olinadi. Qoidaga muvofiq u qayta roʻyxatdan oʻtishi kerak. Ommaviy axborot vositasini qayta roʻyxatga olish avvalgi tartibda olib boriladi. Maboda ommaviy axborot vositasining tahririyat manzili, muharrirning ism-sharifi, nashrning davriyligi, hajmi, bichimi, nusxasi oʻzgarsa, muassis bu haqda roʻyxatga olish idorasini xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyhatga olinganligi haqida beriladigan guvohnoma uchun toʻlanadigan badal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy axborot vositasi bir yilgacha chop etilmasa (havo mavjlariga tarqalmasa), u holda roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma bekor qilinadi va roʻyhatga olish badali qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ommaviy axborot vositasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan kundan roʻyxatga olingan deb hisoblanadi. Respublikadagi bironta tashkilot qayta roʻyxatga olmasligi kerak. Ilk bor roʻyxatga olish vaqtidagi sana qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi (MDQ) yoki chet el davlatlari ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, muxbirlar tashkiloti punkti, agarda u Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan boshqa davlatlararo shartnomalarda koʻrsatilmagan boʻlsa, “Chet el davlatlari ommaviy axborot vositalari muxbirlari kasb faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tartibga solishning asosiy Qoidalari”ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tartib-qoidalariga muvofiq akkredit qilingan chet el ommaviy axborot vositalari muxbirlari jurnalistlarning huquq va vazifalari belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni boʻyicha ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ommaviy axborot vositalari nashr belgilari toʻliq qoʻyilib, muharrir (bosh muharrir) ruxsat bergandan keyingina tarqatiladi (havo mavjlariga chiqariladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari mahsulotlari deganda, davriy bosma nashrlarning ayrim soni nusxasi, radio, televideniye, kino-xronika dastur nusxasi, studiya yoki videoyozuv dasturining nusxasi, axborot agentligi obunachilar soni tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davriy bosma nashrlar muassislari nashrlari roʻyxatga olinayotganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining 1992-yil 18-avgustdagi 95-sonli buyrugʻi “Maxfiy boʻlmagan nashrlarning nazorat nusxalarini bepul joʻnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan oʻz nashrlarini belgilangan tashkilot va idoralarga bepul yuborish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish idorasi tomonidan roʻyxatga olinmagan bosma nashrlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan bitim va shartnomalarda nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatilmaydi. Roʻyxatdan oʻtkazilmay bosilgan va tarqatilgan ommaviy axborot vositalari ushbu qoidaga muvofiq uning tahririyat va muassisiga majburiy yoʻl bilan 500000 soʻm miqdoridagi jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yil davomida tahririyat yana qoidani buzsa, jinoiy javobgarlikka tortilib, 1000000 soʻm miqdorida jarima solinadi, axborotni tayyorlash va tarqatishda foydalanilgan texnik vositalar (orgtexnika, telefon, telefakslar, teletayplar, qabul qiluvchi-uzatuvchi kurilmalar, koʻpaytirish uskunalari, audio-videokassetalar) musodora qilinadi yoki texnik vositalarni musodara qilmay pul jarimasi solish bilan cheklaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma” aloqa korxonalari tomonidan tarqatiladigan bosma axborot nashrlari hamda texnik vositalar — radio, televideniye hamda Respublika aloqa vazirligi inspeksiyasining radio toʻlqinlari va kanallari ishi boʻyicha kafolat berolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davriy nashrlarni obuna boʻyicha tarqatish aloqa korxonalari tomonidan amaldagi (davriy bosma nashrlarni tayyorlash, tarqatish, yetkazib berish) qonun-qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy nashrlarni chakana savdoda, shu jumladan qoʻlda sotish cheklanmaydi. Bundan ushbu yagona qoidaning 17-moddasida qayd etilgan talablar mustasnodir. Joylardagi davlat idoralari oʻrinli sabablarga koʻra nashr nusxalarini koʻcha-koʻyda, maydonlarda va boshqa joylarda sotilishini taqiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teleradio eshittirish tahririyati aloqa vazirligida litsenziya (ruxsat) olgan boʻlsa, oʻz mahsulotlarini tarqatish uchun aloqa korxonalari tarqatish vositalarini ijaraga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududida yerning sunʼiy yoʻldoshlari orqali olinadigan chet el radio va televideniye xabarlari va boshka teleradio eshittirishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi tomonidan beriladigan litsenziya asosida eshittiriladi va koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya egalari tashqi davlatlar bilan boʻladigan teleradio dasturi masalalarini, agar ular Respublika hududida tarqatiladigan boʻlsa, chet el davlatlari bilan intellektual-mulkiy (mualliflik huquqini qoʻshgan holda) muvofiqlashtirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonuniy chiqarilgan ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatishni taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agarda ommaviy axborot vositasi tahririyati, noshir yoki matbuot tarqatuvchi muallifning mulkiy va nomulkiy shaxsiy huquqini buzgan hollarda yagona Qoidaning 1-moddasiga koʻra sud yoki ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idora qarori bilan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Omaviy axborot vositasi oʻz vakolatiga koʻra muassis, sud yoki ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idora qarori bilan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 28, 29, 30, 31, 32-moddalarida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Reopublikasi
Davlat matbuot qoʻmitasi raisi
R.Sh.Shogʻulomov
Oʻzbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vaziri
S. Saidqosimov
Oʻzbekiston Respublikasi
aloqa vaziri
K.Rahimov
Oʻzbekiston Respublikasi
adliya vaziri
A. Mardiyev

Oʻzbekiston Davlat
teleradio-kompaniyasi raisi

Sh. Yaxtyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat kinokompaniyasi
raisining birinchi
oʻrinbosari
S. Ahrorov
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori
M.Xazratqulov