Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2021 09.03.2007 yildagi 305-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2021
Hujjat 09.03.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING 2006 YIL 8 IYuNDAGI 173–I-SONLI QARORI BILAN TASDIQLANGAN XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGAShLARINING NAMUNAVIY REGLAMENTIGA, XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGAShLARINING DOIMIY KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA HAMDA XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGAShLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShGA OID AYRIM TAVSIYALARGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda ularning tuzilmalari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining reglamentlarini va doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni yangilash, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (1-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan maʼqullangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil etishga oid ayrim tavsiyalarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri maʼqullansin (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi mahalliy Kengashlar oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari va mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mahalliy Kengash oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini sessiyada tasdiqlangan ish rejasi (joriy, yillik yoki Kengashning vakolatlari muddatiga moʻljallangan) asosida belgilab oladi. Mahalliy Kengashning ish rejasi mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari, hokimlikning boshqarma va boʻlimlari ishini rejalashtirishda asos qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi mahalliy Kengash deputatlari, doimiy komissiyalari, hokimlikning boshqarma va boʻlimlari, shuningdek tegishli hududdagi korxona, muassasa va nodavlat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi sessiyada qabul qilinadi hamda tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlariga ijro yoki maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash ish rejasining bajarilishi uning sessiyalarida, sessiyalar oraligʻida esa mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari majlislarida muhokama etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi mahalliy Kengashning rahbari, doimiy komissiyalari va deputatlarning taklifiga binoan sessiyada koʻrib chiqiladi. Mazkur masalaga doir qaror ushbu Reglamentda belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning ish rejasi bajarilishini tashkil etish uchun hokim — mahalliy Kengash raisi (rahbari) masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mahalliy Kengash ishini hokim — Kengash raisi (rahbari) tashkil etadi va rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim oʻz faoliyati yuzasidan mahalliy Kengash oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning vakolat muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mahalliy Kengash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tegishli hudud uchun mushtarak vazifalarini amalga oshirilishini, joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholining tegishli hududni boshqarish ishlariga jalb etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash tegishli hududda oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirishga koʻmaklashadi, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mahalliy Kengash sessiyalarida ish davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda, boshqa tillarga hamohang (sinxron) tarjimasi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Mahalliy Kengashning sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahalliy Kengashning asosiy ish shakli sessiyadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy Kengashning sessiyalari mahalliy Kengashning rahbari, rahbar yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya mahalliy Kengash deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mahalliy Kengash sessiyasining kun tartibi mahalliy Kengashning rahbari, deputatlar guruhlari, doimiy komissiyalar va deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan muhim va dolzarb masalalarni tayyorlash uchun mahalliy Kengashning rahbari tomonidan tegishli soha yoki tarmoqlar mutaxassislari hamda olimlarni jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin. Ishchi guruh masalani saylovchilar, hokimlikning boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa tuzilmalari, shuningdek tegishli hududdagi korxona va muassasalar, boshqa nodavlat tashkilotlarining fikr-mulohazalarini eʼtiborga olgan holda tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar tomonidan qarab chiqiladi hamda ular tomonidan tayyorlangan qarorlar loyihalari va kun tartibiga doir boshqa hujjatlar mahalliy Kengashning rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Sessiyani, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyani chaqirish haqidagi qaror mahalliy Kengashning rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi oʻtkaziladigan vaqt va joy hamda kun tartibi toʻgʻrisida deputatlarga sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin maʼlum qilinadi. Ularga tanishish uchun ham tegishli hujjatlar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi xabar ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning sessiyasi, qoida tariqasida, tegishli hudud markazida oʻtkaziladi, zarurat boʻlganda, sessiya shu hududdagi boshqa joyda sayyor tarzda ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mahalliy Kengashning sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar mahalliy Kengash sessiyasining har bir majlisi oldidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyalarini oʻtkazishga moʻljallangan binoda elektron ovoz berish tizimidan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlsa, har bir deputat uchun alohida muqim oʻrin ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mahalliy Kengash sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etishi, shuningdek sessiyalarga tegishli hududdagi davlat organlari va nodavlat tashkilotlari, korxona va muassasalar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasiga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek ular mazkur Reglamentda belgilangan tartibga rioya qilishlari va raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasiga taklif qilinayotgan shaxslarning soni va tarkibi mahalliy Kengashning rahbari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning sessiyasiga taklif qilingan shaxslar uchun majlislar zalida maxsus joy ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yangi saylangan mahalliy Kengashning birinchi sessiyasi mahalliy Kengashning rahbari tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi — tashkiliy sessiya keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi va u mahalliy Kengash tomonidan mahalliy Kengashning rahbari tasdiqlangunga qadar sessiyani boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyalarida mahalliy Kengashning rahbari, u yoʻqligida esa mahalliy Kengashning qaroriga yoki mahalliy Kengashning rahbari topshirigʻiga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Mahalliy Kengashning sessiyalarida hokim va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga tasdiqlanadi, doimiy komissiyalar tuzilib, ularning tarkibiga kiradigan aʼzolar saylanadi. Sessiyalarda hokimning taqdimiga binoan ijro etuvchi hokimiyat organlarining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tayinlanadi, hokimlik tuzilmasi, hokimlik xodimlarining shtatlari va ish haqi fondi tasdiqlanadi. Mazkur masalalar yuzasidan qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan, har bir masala boʻyicha alohida-alohida, ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mahalliy Kengashga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq deputatlarning vakolatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror yangi saylangan mahalliy Kengashning birinchi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga saylov oʻtkazilganida ham saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq deputatning vakolatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror mahalliy Kengash sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Mahalliy Kengashning har sessiyasini oʻtkazish davri uchun deputatlar orasidan sessiya kotibi saylanadi yoki sessiya kotibiyati tuziladi. Mahalliy Kengash sessiyasi kotibini saylash yoki kotibiyatini tuzish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasining kotibi yoki kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzga chiquvchilarni roʻyxatga yozadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovlari, deputatlardan tushadigan savollar, maʼlumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzga chiqish uchun yozilganlarning roʻyxati va tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya ishiga taalluqli masalalar yuzasidan deputatlarga tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya yakunlari yuzasidan axborot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnoma yoki stenogramma yuritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasida sessiya kotibi yoki kotibiyat tomonidan tayyorlangan axborot tinglanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mahalliy Kengash sessiyasining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning nomi, sessiyaning tartib raqami (chaqiriq doirasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya oʻtkaziladigan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozir boʻlgan va qatnashmayotgan deputatlar soni, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyaning kun tartibi, Kengash koʻrib chiqishi uchun kiritilgan har bir masala yuzasidan maʼruzachi hamda qoʻshimcha maʼruzachining familiyasi va lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda soʻzga chiqqan deputatlar, shuningdek maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachilarga soʻrov yoki savollar (yozma yoxud ogʻzaki) bergan deputatlarning familiyalari, saylov okruglarining raqami va lavozimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qarorlar roʻyxati. Unda qarorlarni qabul qilish yuzasidan “yoqlab”, “qarshi” yoki “betaraf” berilgan ovozlar soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning matnida sessiyaning kun tartibini tasdiqlash, muzokaralarni toʻxtatish, shuningdek maʼlumot, axborot berish va tartib-taomil bilan bogʻliq boshqa masalalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasining bayonnomasiga maʼruzalar, qabul qilingan qarorlar, sessiyada hozir boʻlgan va qatnashmayotgan deputatlar roʻyxati hamda taklif etilgan shaxslar roʻyxati va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi bayonnomasi yoki stenogrammasi sessiya tugaganidan soʻng uch kundan kechiktirmay tayyorlanadi hamda imzolash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi bayonnomasi yoki stenogrammasining asl nusxasi hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanadi. Keyinchalik, “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibga muvofiq bayonnoma yoki stenogramma saqlash uchun arxivga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi bayonnomasi yoki stenogrammalari Kengash deputatlarining talabiga binoan, ularga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Mahalliy Kengash sessiyasi oʻz ishini kun tartibini tasdiqlashdan boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tomonidan kun tartibidagi masalalar birma-bir yoki umumiy tarzda ovozga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibi yuzasidan qaror deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibi, qoida tariqasida: asosiy, tashkiliy, axborot va boshqa xil masalalarni aks ettirgan holda tuziladi. Bunda xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning vakolatiga taalluqli, normativ xususiyatga ega boʻlgan masalalar — asosiy masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash organlarini tashkil etish, ular tarkibini oʻzgartirish, mansabdor shaxslarini saylash, deputatlar vakolatini muddatidan ilgari tugatishga oid masalalar — tashkiliy masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib-taomillarga oid, maʼlumot tarzidagi, ammo alohida qaror qabul qilish talab etilmaydigan masalalar — axborot va boshqa xil masalalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Mahalliy Kengashning sessiyasida raislik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya majlisining umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ushbu Reglamentga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachilarga hamda muzokarada soʻzga chiquvchilarga navbati bilan soʻz beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda soʻzga chiqish navbatini sababini tushuntirgan tarzda almashtirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda soʻzga chiqishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglamentda belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzishga yoʻl qoʻygan deputat yoki ishtirokchini tartibga chaqiradi. Ular tomonidan bu yoʻsindagi xatti-harakat takrorlangan taqdirda zaldan chiqarib yuborish chorasini koʻrishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning yozma soʻrovlari, arizalari, takliflari, fikr-mulohazalarini oʻqib eshittiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi yuzasidan soʻzga chiqish, savol, taklif, fikr-mulohaza, shuningdek sessiyani olib borish tartibi boʻyicha eʼtirozlar bildirish uchun, qaror loyihalariga tuzatish, ovoz berish masalasi boʻyicha takliflar kiritish uchun deputatga uning iltimosiga koʻra soʻz beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama yakunida qaror loyihalarini ovozga qoʻyadi va ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash sessiyasida qabul qilingan qarorlarni, sessiya bayonnomalari va stenogrammalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama jarayonida soʻzga chiqqan deputat yoki ishtirokchilar fikrini biron-bir tarzda baholash yoki sharhlashdan, shuningdek qaror qabul qilishda tazyiq oʻtkazishdan oʻzini tiyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va dolzarb muammolarni muhokama etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining mahalliy Kengash bilan hamkorlikdagi sayyor majlislari — “Birlashgan sessiya” oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birlashgan sessiya” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasining raisi va mahalliy Kengash rahbarining oʻzaro kelishuviga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birlashgan sessiya” kun tartibidagi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitasi tomonidan mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birlashgan sessiya”ni chaqirish, bunday sessiya oʻtkaziladigan joy va vaqtni belgilash hamda boshqa masalalar mahalliy Kengash Reglamentiga binoan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Mahalliy Kengashning sessiyasida masalalarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mahalliy Kengash tegishli hududda fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida qonuniylik va huquqiy-tartibot, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq va yigʻimlar miqdorlarini belgilash, atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi va tegishli normativ hujjatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Mahalliy Kengashning sessiyalari ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, mahalliy Kengash yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Mahalliy Kengashning yopiq majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Mahalliy Kengashning sessiyasida maʼruza uchun, qoida tariqasida, 30 daqiqaga qadar, qoʻshimcha maʼruza uchun 20 daqiqaga qadar vaqt, muzokarada soʻzga chiquvchilarga 10 daqiqaga qadar, yakunlovchi soʻz uchun 5 daqiqaga qadar vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, majlisni olib borish tartibi, ovoz berish sabablari boʻyicha, nomzodlar yuzasidan soʻzga chiqish, bayonot, savol, taklif, axborot va maʼlumot berish uchun 3 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada maʼruza, qoʻshimcha maʼruza yuzasidan muzokaralarda soʻzga chiqish, majlisni olib borish tartibi va ovoz berish sabablari yuzasidan soʻzlash uchun hamda sessiya ishidagi tanaffuslar uchun ajratilgan vaqt vaziyatdan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar sessiya kotibi yoki kotibiyati tomonidan tayyorlanadi va raislik qiluvchiga beriladi. Sessiyani olib borish tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida raislik qiluvchi sessiya ishtirokchilarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartib-taomillarga oid masalalar yuzasidan alohida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mahalliy Kengashning sessiyasida deputat ayni bitta masala boʻyicha muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokalarni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi yakunlovchi soʻz olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notiq muzokarada soʻzlash uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin ham soʻzlashda davom etayotgan boʻlsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi uni bir bor ogohlantiradi, notiq raislik qiluvchining buyrugʻiga itoat etmasa, unga nisbatan tegishli chora koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibidagi, muhokamaga kiritilgan har bir masala, jumladan mahalliy budjet va uning ijrosiga oid hisobot, hokim va uning oʻrinbosarlari, hokimlik boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga doir hisobotlar tinglanadi hamda erkin muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama jarayoni mazkur masala yuzasidan hokim, uning oʻrinbosarlari, doimiy komissiyalar raislarining yoki deputatlarning maʼruzalari va qoʻshimcha maʼruzalarini, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soʻzlarini eshitish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda muhokama etilishi lozim boʻlgan masalaning mohiyatini hisobga olib, mahalliy Kengash sessiyasi mazkur masalaning mohiyatiga doir qisqacha axborot tinglab yoki doimiy komissiyalar raislarining yoxud deputatlarning tushuntirishlari bilan cheklanib, mazkur masalani muhokama etmasdan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Mahalliy Kengashning sessiyalarida qarorlar qabul qilish va eʼlon qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Mahalliy Kengash sessiyalarida qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda, mahalliy Kengash sessiyasi qaroriga asosan yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron ovoz berish tizimi oʻrnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimi yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Har bir deputat bir ovozga ega boʻlib, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan uni “yoqlab”, unga “qarshi” yoki “betaraf” ekanini bildirib ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq koʻpchilikni tashkil etgan taqdirda ovozlarni oxirigacha sanamasdanoq, agar biron bir deputat boshqacha tartibni taklif etmagan yoki ovozlarni oxirigacha sanab chiqishni talab qilmagan boʻlsa, oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Mahalliy Kengash sessiyalarida yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini hisoblash uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasini saylash toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ovoz berish uchun zarur axborotga ega boʻlgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish oʻtkaziladigan vaqt va joy, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida oʻtkazilganda sanoq komissiyasi har bir deputatga bittadan byulleten beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni (qaror variantini) yoqlab ovoz berayotgan boʻlsa, “qarshiman” degan soʻzni oʻchirish, taklif etilayotgan qarorga qarshi ovoz berayotgan boʻlsa, “yoqlayman” degan soʻzni oʻchirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan nusxadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashning iloji boʻlmagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenga kiritilgan qoʻshimchalar ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida yashirin ovoz berishni elektron ovoz berish tizimi yordamida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sanoq komissiyasi ovoz berish boshlangunga qadar elektron tizim sozligini tekshirib koʻrishi hamda yashirin ovoz berish uchun deputatlar umumiy soniga mos boʻlgan miqdorda kartochkalar toʻliq komplektini roʻyxatga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi va bu hujjat barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi. Sanoq komissiyasining yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi yuzasidan mahalliy Kengashning sessiyasi deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Mahalliy Kengashning sessiyasi yopiq majlisining stenogrammasi hokimlikning tegishli boʻlimida “maxfiy hujjat” belgisi bilan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasi deputatlarga oldindan tarqatilgan hollarda, mahalliy Kengash sessiyasida belgilangan tartibga binoan uning matni oʻqib eshittirilmasdanoq ovozga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash qarori loyihasi deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, qoʻshimcha va oʻzgartishlarni ham muhokama qilgan holda ovozga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, mahalliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqilayotgan masalaning dolzarb va muhimligini hisobga olib, qaror loyihasini tayyorlash va uzil-kesil ishlab chiqish uchun raislik qiluvchi yoki deputatlarning taklifi bilan ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tayyor qaror loyihasini taqdim etganidan keyingina qaror ovozga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Mahalliy Kengash sessiyasida qabul qilingan qarorlar raislik qiluvchi tomonidan imzolangan vaqtdan eʼtiboran, agar hujjatning oʻzida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlari tegishli hududda joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning qarorlari mahalliy Kengashning doimiy komissiyalariga, hokimlikning bosh boshqarmalari, boshqarmalari, boʻlimlari hamda ularga tenglashtirilgan boshqaruv idoralariga, tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslarga va quyi turuvchi hokimliklarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasida qabul qilingan tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga oid va boshqa muhim qarorlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Mahalliy Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Mahalliy Kengash sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oʻz vakolati muddatiga jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash doimiy va muvaqqat komissiyalari raisligi hamda aʼzoligiga nomzodlar mahalliy Kengashning rahbari tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisining nomzodi boʻyicha ovoz berish alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar ularning har birini alohida yoki koʻrsatilgan butun tarkibni yalpi muhokama qilish bilan saylanadi, ovoz berishda qaror har bir nomzod boʻyicha alohida yoki butun tarkib boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari aʼzolari mahalliy Kengash deputatlari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Mahalliy Kengash tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni, huquq-tartibotni va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari (yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari) doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat koʻrsatish doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari soni sessiyada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining faoliyati mahalliy Kengash doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi, Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari oʻz majlislarida rais oʻrinbosarlari va komissiya kotiblarini saylaydi. Doimiy komissiyalarning tarkibida yordamchi komissiyalar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat mahalliy Kengashning faqat bitta doimiy komissiyasi aʼzosi etib saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari mahalliy Kengash oldida masʼul va unga hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari oʻz faoliyatini Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan yillik ish rejalari asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning mahalliy Kengashning sessiyalari oraligʻida oʻtkaziladigan majlislarida ish rejasiga tegishli oʻzgartishlar kiritilishi mumkin, keyinchalik ular Kengash sessiyasi tasdigʻiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning doimiy komissiyasi oʻz faoliyati yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari oʻz faoliyatini majlis shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining qoʻshma majlislari ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Mahalliy Kengash doimiy va muvaqqat komissiyalarining tegishli hududdagi davlat organlari, korxona va tashkilotlar hamda mansabdor shaxslarga yuboriladigan qarorlari tavsiya xususiyatiga ega boʻlib, bu idora va shaxslar tomonidan koʻrib chiqilishi hamda natijasi yoki qabul qilingan choralar haqida xabar qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Mahalliy Kengash muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiyalar tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiya tuzish toʻgʻrisidagi qaror mahalliy Kengash sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarganidan soʻng oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiyaning vazifalari Kengash qarori bilan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Mahalliy Kengashning har bir deputati Kengash sessiyasida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozim. Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish faoliyatidan yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Deputatlar qonunga muvofiq partiya guruhlari, hududiy va boshqa yoʻsindagi guruhlarga birlashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir deputatlar guruhi mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va ular yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar guruhi tuzish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa hujjatlar mahalliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladi. Deputatlar guruhi oʻz faoliyatini mahalliy Kengash sessiyasida deputatlar guruhini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar guruhi mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Mahalliy Kengashdagi partiya guruhlari siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlar taʼsis yigʻilishlarida, oʻz partiyalarining siyosatini uyushgan holda oʻtkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va taʼsis hujjatlariga asosan Kengash tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda guruh vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar bilan tegishincha hokimga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimlikning boshqarma va boʻlimlari rahbarlariga, shuningdek mahalliy Kengash hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashdagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Deputat mahalliy Kengashning sessiyalarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi doimiy yoki muvaqqat komissiya tarkibiga saylangan boʻlsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda mahalliy Kengashning Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning mahalliy Kengashning sessiyasida hamda qaysi komissiya tarkibida boʻlsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda mahalliy Kengash yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Deputat mahalliy Kengash majlislarida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi bilan murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida raislik qiluvchiga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning tarkibiga oʻzi aʼzo boʻlib kirgan organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mahalliy Kengash rahbariga yozma ravishda maʼlum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur mahalliy Kengash majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek mahalliy Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga javobni mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot mahalliy Kengashning majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Mahalliy Kengash deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishli hudud prokurori yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan mahalliy Kengash tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi mahalliy Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa mahalliy Kengashning rahbari tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik mahalliy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala mahalliy Kengash tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra mahalliy Kengashning komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Mahalliy Kengash faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish hokimlikning tegishli boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Tegishli hokimliklar deputatni hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlar uyushtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Mahalliy Kengashning Reglamentini, mahalliy Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish hamda ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish mahalliy Kengash sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilish orqali tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
2007-yil 9-martdagi 305-I -sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM

1-modda. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, oʻz vakolatlari doirasida nazorat vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oʻz vakolatlari muddatiga doimiy komissiyalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek mahalliy Kengash Reglamentiga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan rais, rais oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda saylanadi. Doimiy komissiyalar oʻz faoliyatlarini, qoida tariqasida, jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Doimiy komissiyalarni tuzish chogʻida deputatlarning kasbiy va boshqa xil qiziqishlari, ularning ishlab chiqarishga oid va hayotiy tajribalari, erkin bildirgan xohish-istaklari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat mahalliy Kengashning faqat bitta doimiy komissiyasi aʼzosi etib saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning rahbari doimiy komissiyalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Doimiy komissiyalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar tarkibiga saylanmagan mahalliy Kengash deputati ular ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Deputatning doimiy komissiyadagi vakolatlari uning iltimosiga koʻra, shuningdek uning oʻz vazifalarini bajarishga imkon bermaydigan holatlar munosabati bilan muddatidan avval toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisining taklifiga muvofiq doimiy komissiya tarkibiga doir oʻzgartishlar mahalliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash oldida masʼul va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy Kengashda, qoida tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari (yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari) doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya doimiy komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Doimiy komissiyalar ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Doimiy komissiyalar faoliyati mahalliy Kengashning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Doimiy komissiyalar ishni oʻz rejalariga, mahalliy Kengash va uning rahbari topshiriqlariga hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning ish rejalari mahalliy Kengashning joriy, yillik ish rejasi asosida yoki mahalliy Kengashning vakolat muddatiga moʻljallangan ish rejasi asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning ish rejalari, shuningdek ularga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar mahalliy Kengash sessiyasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Doimiy komissiyalar oʻz ishlarini masalalarni birgalikda, erkin muhokama qilish va hal etish, oshkoralik hamda doimiy komissiyalar aʼzolarining keng tashabbuskorligi asosida tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Doimiy komissiyalar ishining asosiy tashkiliy shakli ularning majlislaridir. Doimiy komissiyalarning majlislarida bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning majlislari raisning, rais yoʻqligida esa rais oʻrinbosarining tashabbusi bilan, shuningdek komissiya aʼzolari koʻpchiligi tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda boshqa tillarga hamohang (sinxron) tarjimasi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Doimiy komissiyalarning majlislari, basharti ularda doimiy komissiya tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Majlisga kelish imkoni boʻlmagan taqdirda doimiy komissiya aʼzosi bu haqda komissiya raisini oldindan xabardor qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Doimiy komissiya majlisini samarali olib borish uchun, qoida tariqasida, maʼruza uchun 20 daqiqa doirasida, qoʻshimcha maʼruza uchun 15 daqiqaga qadar, muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 7—10 daqiqaga qadar, axborot yoki maʼlumot berish uchun esa 3 daqiqaga qadar vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Doimiy komissiyalarning majlislari, qoida tariqasida, ochiq oʻtkaziladi. Majlislarga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Komissiya majlisiga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinayotganda ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega emas va ular raislik qiluvchining talablariga boʻysunishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlgan holda doimiy komissiya yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Doimiy komissiyalar masalalarni tayyorlash hamda ularni puxta ishlab chiqish uchun ishchi guruhlar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Doimiy komissiyalar oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish chogʻida teng huquqlardan foydalanadilar hamda bir xil darajada burchlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Doimiy komissiyalarning aʼzolari komissiyalar faoliyatida ishtirok etishlari, ularning qarorlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishlari, doimiy komissiyalarning topshiriqlarini bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar aʼzolari oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish faoliyati yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradilar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari doimiy komissiyalar aʼzolarini ular oʻz deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, ularning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda doimiy komissiyalar aʼzolarining oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Doimiy komissiyaning aʼzosi masalalarni koʻrib chiqish paytida hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi, ularni tayyorlash, muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda, shuningdek mahalliy Kengashning, doimiy komissiyaning qarorlari bajarilishini tashkil etishda ishtirok etadi. Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻlib, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan uni “yoqlab”, unga “qarshi” yoxud “betaraf” ekanini bildirib ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Doimiy komissiya aʼzosiga doimiy komissiya koʻrib chiqayotgan barcha masalalarni hal etishda faol qatnashish uchun sharoit yaratib beriladi, unga buning uchun zarur hujjatlar yoki boshqa materiallar oldindan yuboriladi. Doimiy komissiya aʼzolariga komissiya majlisi oʻtadigan joy, sana hamda kun tartibi haqida oldindan xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya aʼzolari komissiya koʻrib chiqishi lozim boʻlgan masalalarni mahalliy Kengash rahbarining, doimiy komissiya raisining topshirigʻiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan joylarda oʻrganadi, shu masala yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolardan tushgan takliflarni umumlashtiradi, komissiya majlisida muhokama qiladi hamda oʻz takliflarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Bir necha doimiy komissiyalarning tasarrufiga taalluqli masalalar doimiy komissiyalar tomonidan hamkorlikda tayyorlanishi hamda koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlislarini komissiya raislari oʻzaro kelishuv asosida boshqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya oʻzi koʻrib chiqayotgan masala yuzasidan boshqa doimiy komissiyalarning fikrini soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya oʻz tasarrufiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa doimiy komissiyalarning iltimosiga binoan mazkur doimiy komissiyalar koʻrib chiqayotgan masalalarni tayyorlashda qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ayni bir masala boʻyicha doimiy komissiyalarning fikri turlicha boʻlgan taqdirda ular kelishmovchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradilar. Agar murosaga kelinmasa, mazkur masalani tayyorlashga masʼul komissiyaning qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan qarorlar qabul qiladilar yoki xulosalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalarida barcha masalalar komissiya aʼzolari umumiy tarkibining oddiy koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Doimiy komissiyalarning qarorlari, xulosalari va bayonnomalarini doimiy komissiya raisi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar qabul qilgan qoʻshma qarorlarni, ular tomonidan hamkorlikda tayyorlangan xulosalarni, shuningdek qoʻshma majlislarning bayonnomalarini mazkur doimiy komissiyalarning raislari imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Doimiy komissiyalar qabul qilgan qarorlar tegishli davlat organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Doimiy komissiyalarning qarorlari qaysi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlarga nisbatan qabul qilingan boʻlsa, oʻsha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Koʻrib chiqish natijalari yoki koʻrilgan choralar haqida doimiy komissiyalarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda xabar qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Doimiy komissiyalarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash sessiyalari kun tartibiga doir takliflarni tayyorlashda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Doimiy komissiyalar oʻz tasarruflariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, yozma xulosalarni, hisobot maʼlumotlarini va boshqa materiallarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash hududida joylashgan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini oʻz majlislariga taklif etish hamda ularning mahalliy Kengash qarorlari va doimiy komissiyalar tavsiyalari qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar tegishli organlar hamda tashkilotlarni koʻrib chiqiladigan masalalar xususida oldindan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Doimiy komissiyalar oʻrganib chiqish uchun oʻzlariga berilgan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari yuzasidan mahalliy Kengashga oʻz qarorlari yoki xulosalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Mahalliy Kengashning topshirigʻiga binoan, doimiy komissiyalar mahalliy Kengash deputatlari bildirgan takliflar, tanqidiy mulohazalar va soʻrovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Doimiy komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, komissiya majlislarini chaqiradi, majlis haqida komissiya aʼzolari va boshqa ishtirokchilarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari, shu jumladan rais oʻrinbosari va komissiya kotibi oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi hamda ular faoliyatini yoʻnaltirib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga komissiyaning faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarini ishchi guruhlarning ishida qatnashish uchun, shuningdek komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun taklif etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislar va olimlarni komissiya ishida qatnashishga taklif etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash sessiyalarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan boʻladigan munosabatlarda komissiya nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati haqida hisobot tayyorlaydi va mahalliy Kengash sessiyasida hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarini bajarish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashga, Kengash rahbariga ularning topshiriqlarini bajarish yuzasidan axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning qarorlari bajarilganligi va tavsiyalari qarab chiqilganligi haqida komissiya aʼzolariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning boshqa komissiyalari bilan hamkorlikdagi ishlar olib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlisi bayonnomasini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Doimiy komissiya raisining oʻrinbosari raisning topshirigʻiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini bajara olmaydigan hollarda rais vazifasini ado etib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Doimiy komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish rejasining bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati bilan bogʻliq ish yuritish uchun javob beradi va hujjatlarni saqlash uchun hokimlikning tegishli boʻlimiga belgilangan tartibda topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlisi bayonnomasini yuritadi va uni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Doimiy komissiyalar faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan taʼmin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi doimiy komissiyalarni hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek doimiy komissiyalar faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan maslahatlar berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish masalalari yuzasidan qaror mahalliy Kengash sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
2007-yil 9-martdagi 305-I-conli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etishga oid
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etish va bu ishda deputatlarning tutgan oʻrni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasida belgilanganidek, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlarini (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) shakllantirish saylov yoʻli bilan amalga oshiriladi, bu esa ularning vakillik xususiyatini yaqqol koʻrsatadi. Bu shundan dalolat beradiki, fuqarolar oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish huquqini amalga oshirib, mazkur organlarga oʻz vakillarini saylashda bevosita ishtirok etadilar. Mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar saylovchilaridan vakolat olib, ularning nomidan faoliyat yuritadilar. Boshqacha qilib aytganda, deputat xalqning davlat hokimiyati organlaridagi muxtor vakilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz faoliyatlarini davlat hamda fuqarolar manfaatlarini koʻzlab olib boradilar, natijada davlat manfaati bilan fuqarolar manfaati oʻrtasida mushtaraklik vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlar oʻz faoliyatlari davomida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish masalalariga, tashkiliy masalalarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda mahalliy Kengash sessiyalarida qabul qilingan qarorlar ijro etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishlari lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, mahalliy Kengashlarning asosiy ish shakli sessiyadir. Mahalliy Kengash cessiyalari tegishli hokim, hokim yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Tegishli viloyat, tuman yoki shaharni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishga oid masalalarni yanada tezroq hal etish maqsadida mahalliy Kengashlar navbatdan tashqari sessiyalarni ham oʻtkazishlari mumkin. Bu ham hokimiyat vakillik organlari ishining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda mahalliy Kengashlar uchun belgilangan deputatlar soni ham (xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 60 nafargacha, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga 30 nafargacha deputat saylanadi) mahalliy Kengash sessiyalarini tezkorlik bilan tashkil etish va oʻtkazish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning har yili kelgusi yilga moʻljallab tuziladigan ish rejasiga kiritiladigan masalalar, qoida tariqasida, mahalliy Kengash sessiyalarida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning sessiyalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya belgilangan kun va uning kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga muvofiq deputatlarga sessiya belgilangan kundan kamida yetti kun oldin boʻlajak sessiya toʻgʻrisida xabarnoma va koʻriladigan masalalar yuzasidan tayyorlangan hujjatlar loyihalarini yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarni va sessiyaga taklif etilganlarni roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahrir guruhlarini tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy masalalarni hal qilishdan tashqari, mahalliy Kengash sessiyasi qatnashchilarining samarali ishlashlari uchun zarur boʻlgan boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish ham muhim ahamiyatga ega. Mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritishga moʻljallangan masalalarni oldindan tayyorlash va muhokama jarayonida ishtirok etish uchun imkon qadar koʻproq deputatlarni jalb qilish, koʻrilayotgan masalaga daxldor korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, mutaxassislar fikrini oʻrganish hamda ular bilan munozaralar oʻtkazish zarur. Mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilgan masalalarni oldindan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, ushbu masalalar yuzasidan aholining fikrini oʻrganishda fuqarolarning taklif va mulohazalarini tegishli doimiy komissiyalar majlislarida koʻrib chiqish ham maqsadga muvofiqdir. Ayni bir vaqtda mahalliy Kengash sessiyasida qabul qilingan qarorlarni viloyat, tuman, shahar gazetalarida eʼlon qilish, ularning ijrosini nazoratga olish, mahalliy Kengash qarorlarining ijro etilishi haqidagi axborotlarni muntazam tahlil qilib borish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning Kengash sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarida ishtirok etishining shakllari har xil. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi bilan murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashning qaysi organi tarkibiga kiritilgan boʻlsa, shu organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini mahalliy Kengashning majlisida bayon etishga yoki bu haqda mahalliy Kengashning rahbariga yozma ravishda maʼlum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur Kengashning majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek mahalliy Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qoʻyiladigan masalalar toʻgʻrisida xabar olgach, deputatlar ushbu xabarni oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan muhokama qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar ishchi guruhlari yoki doimiy komissiyalar majlislarida fikr almashuv deputatga muhokama qilinayotgan masalalarni har tomonlama tahlil qilishga va oʻz nuqtai nazarini toʻgʻri belgilab olishga imkon beradi. Agar muhokama qilinayotgan masala oʻzi ishlab turgan tashkilotning manfaatlariga daxldor boʻlsa, deputat oʻz jamoasidagi hamkasblari va mutaxassislar bilan ham fikr almashishi mumkin. Bunday muhokama deputatga sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni chuqur tahlil qilishga, maʼruza vaqtida oʻz fikrini aniq va loʻnda bayon qilishga, asoslantirilgan taklif va eʼtirozlar bildirishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning sessiyaga tayyorgarlik koʻrish jarayonidagi ishtiroki qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar, biron-bir kamchilik aniqlangudek boʻlsa, sessiya ochilishidan avval ularni bartaraf etishning amaliy choralarini koʻrish va takrorlanishi ehtimolining oldini olishi maqsadga muvofiqdir. Sessiyaga tayyorgarlik ishlarining toʻgʻri tashkil qilinishi, unda deputatlarning faol ishtirok etishi tayyorgarlikning ilk bosqichidayoq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning turli yoʻnalishlarida ishni yaxshilash imkonini beradi. Bu sessiyaga tayyorgarlik ishlari davrida deputat faoliyatining muhim jihatidir, chunki tekshirish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki kamchiliklarni bartaraf qilishning, ishni yaxshilash uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan foydalanishning taʼsirchan vositasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar sessiyada koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etishlari lozim. Shu munosabat bilan deputatlarga doimiy komissiyalar, hokimlik boshqarma yoki boʻlimlari tomonidan ishlab chiqilgan qarorlarning loyihalarini sessiya ochilishidan bir necha kun oldin yuborish tavsiya etiladi. Bunday hollarda loyihalarni olgan deputatlar ularni ishchi-xizmatchilar, mutaxassislar oʻrtasida hamda fuqarolarning yigʻinlarida muhokama qilishlari mumkin boʻladi. Muhokamalar vaqtida bildirilgan takliflar va tanqidiy mulohazalar qaror loyihasini ishlab maromiga yetkazishda inobatga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning mahalliy Kengash sessiyasida masalalarni muhokama qilish jarayonidagi faolligi va amaliy ishtiroki darajasi deputat maʼruzasining sifati va mazmuniga bogʻliq. Puxta oʻylab tuzilgan, deputatlar muhokamasiga qoʻyilgan masalani mohiyat-eʼtibori bilan qarab chiqishga yordam beradigan maʼruza hamisha diqqatni jalb etadi, deputatlarni oʻz fikr va mulohazalarini bayon etishga, tajribalarini oʻrtoqlashishga undaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi bilan murojaat qilish — deputatning eng muhim huquqlaridan biri. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan, deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqli. Deputat soʻrovining maqsadi hokimliklar, ularning boshqarmalari va boʻlimlari faoliyatidagi, mahalliy Kengash hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish yoki boʻshliqlarni toʻldirishdir. Deputat soʻrovi ayrim deputat tomonidan ham, deputatlar guruhi tomonidan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovini mahalliy Kengash sessiyasida soʻzlayotgan shaxsga beriladigan savol yoki deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari xususida yuboriladigan xatlar bilan almashtirmaslik kerak. Maʼruzachiga savol berilganda uning maʼruzasidagi yoki qoʻshimcha maʼruzasidagi biron-bir fikr aniqlab olinadi. Deputat soʻrovi mahalliy Kengash sessiyasida masalalarni muhokama qilish vaqtida bildirilgan tanqidiy mulohazalar va takliflardan farq qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga deputat soʻroviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishlari shart. Bunda shuni taʼkidlash kerakki, sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot mahalliy Kengashning majlisida muhokama qilinishi mumkin, muhokama natijasi boʻyicha mazkur Kengash tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning sessiyadagi faoliyati uning mahalliy Kengash organiga saylash va saylanish huquqini amalga oshirishi, masalalarni muhokama qilish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi, soʻrovlar berishi va shu singarilar bilan cheklanib qolmaydi. Sessiyalarda deputatlarning oʻz deputatlik vazifalarini, mahalliy Kengash va uning organlari qarorlari hamda topshiriqlarini qanday bajarayotganliklari toʻgʻrisidagi axborotini eshitish ularning masʼuliyatini oshirishga, deputatlarning mahalliy Kengashlar va ularning organlari bilan oʻzaro munosabatlari shakllarini takomillashtirishga yordam beradi, mahalliy Kengashlarning ishini yanada xilma-xillashtiradi, deputatlik faoliyatining ijobiy tajribasini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar sessiyalarda hisobot berar ekanlar, faqatgina qilgan ishlari haqida gapirish bilan cheklanib qolmay, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini tubdan yaxshilash masalalarini koʻtarishlari, bu boradagi vazifalarni bajarish, muammolarni hal etish yoʻllarini koʻrsatishlari, hokimlik, uning boshqarma va boʻlimlarining xalq xoʻjaligining turli sohasi ishlaridagi kamchiliklarga xolislik bilan baho berib oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaning muhokama etilayotgan masalalar sohasidagi ishlarning ahvoliga taʼsiri koʻp jihatdan mahalliy Kengash qabul qilgan qarorlarning aniqligiga va muayyan maqsadlarga qatʼiy qaratilganligiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har tomonlama puxta qaror faqat deputatlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan ishlab chiqilishi mumkin. Tushgan takliflarni oʻrganish va ularni qaror loyihasiga kiritish uchun deputatlar orasidan tahrir guruhi tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlikning tegishli ishlarni masalalar muhokama qilinayotgan vaqtda deputatlar bildirgan tanqidiy mulohazalar va takliflarni hisobga olgan holda bajarishi mahalliy Kengash sessiyalarida deputatlar faolligini ragʻbatlantirishning muhim omilidir. Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, hokimlikda deputatning har bir taklifi va mulohazasiga eʼtibor bilan qaralgan, bu takliflar va mulohazalar amalga oshirilgan joylarda deputatlar ishi yana ham faollashmoqda, ularning taklif va mulohazalari esa koʻlamdor mazmun va salmoq kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, soʻzlashni istagan hamma deputatlarning ham sessiyada soʻzga chiqishiga baʼzan imkon boʻlmaydi. Shu munosabat bilan deputatning “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqi — muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz takliflari va mulohazalarini sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda topshirish huquqi muhim ahamiyatga ega. Deputatlarning yozma takliflari va mulohazalari sessiya bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi, hokimlik esa ularni amalga oshirish chorasini koʻrishi kerak. Buning natijasida deputatlarning sessiya ishlarida yanada faol ishtirok etishlariga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash qarorlarini bajarish — hokimliklar, ularning boshqarmalari va boʻlimlarining, tegishli hududdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifasidir. Hozirgi vaqtda Kengash qarorlarining amalga oshirilishi uchun deputatlarning faol ishtiroki zarur. Bu oʻrinda deputatlar tashkiliy ishlarning turli shakllaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, sessiyadan keyin deputatlar darhol oʻz saylov okruglarida, mehnat jamoalarida keng tushuntirish ishlarini olib borishlari, saylovchilarni mahalliy Kengash qabul qilgan qarorlarni bajarishda ishtirok etishga safarbar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va mahalliy Kengash qarorlarini roʻyobga chiqarish uchun oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashish, ularning ijrosini nazorat qilish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq deputatlar orasidan doimiy va muvaqqat komissiyalar tuziladi. Tuzilishi lozim boʻlgan doimiy komissiyalarning taxminiy roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli qarori bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu Nizomda doimiy komissiyalarning ishini qanday tashkil etish kerakligi, komissiyalarning maqomi hamda faolligini oshirish yoʻllari koʻrsatib oʻtilgan. Eng avvalo doimiy komissiyalar nima uchun tuzilganligi va vakolatlari nimalardan iboratligini aniqlab olish lozim. Doimiy komissiyalarning faoliyati asosan ikki yoʻnalishdan: birinchidan, tegishli sessiyalar muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash; ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va mahalliy Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakli boʻlish bilan bir vaqtda deputatlar va fuqarolarni davlatni boshqarishda ishtirok etishga jalb qilishning muhim vositasi hamdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilganidek, doimiy komissiyalar mahalliy Kengashning samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi organ boʻlib, mahalliy Kengashning butun vakolat muddatiga saylanadi. Shu bilan birga doimiy komissiyalar mahalliy Kengashlarga va hokimliklarga yordam berish bilan bogʻliq ishlar bilan cheklanib qolmasdan, mustaqil ravishda bir qator tadbirlar oʻtkazishlari ham kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengashlarning birinchi sessiyalarida, mahalliy sharoitlar va xususiyatlar hisobga olingan holda, xoʻjalik, madaniy, iqtisodiy va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning tashkiliy ishlari darajasi, samaradorligi, eng avvalo, komissiyalar tarkibiga saylangan deputatlarning faolligiga, ularning oʻzlariga berilgan huquqlardan foydalana olishlariga bogʻliq. Doimiy komissiyalar tarkibi koʻrilayotganda ularga eng tashabbuskor, tajribali kishilar boshchilik qilishi nazarda tutilmogʻi, komissiyalarning aʼzolari saylanayotganda deputatlarning bilimi, tashkilotchilik qobiliyati, tajribasi, mashgʻulot turi va hokazolar hisobga olinmogʻi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalarida deputatlar bajaradigan ishlarning asosiy shakl va usullari quyidagilardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat doimiy komissiyaga saylanganidan keyin, birinchi navbatda qanday masalalar bilan shugʻullanishini aniqlab olishi kerak. Hokimliklar deputatlarga yordam berish maqsadida birinchi sessiyadan keyinoq darhol doimiy komissiyalarning aʼzolari bilan seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishlari, ularda tegishli hokimlikning, uning boshqarmalari va boʻlimlarining rahbarlari, komissiyalarning aʼzosi boʻlmish deputatlar tajriba almashishlari, xoʻjalik va madaniy qurilishning muayyan sohasida mahalliy Kengash oldida turgan vazifalarni bajarish uchun komissiyaning qaysi ish shakllari va usullari maqsadga muvofiqligini asoslab berishlari joiz deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalarning rahbarlari oʻz huquq va majburiyatlarini puxta bilishlari juda muhimdir. Doimiy komissiyalarning ish tajribasida shunday qatʼiy bir tartib qaror topganki, unga muvofiq komissiya raisi komissiyaning barcha ishiga rahbarlik qiladi, majlislar chaqiradi va ularda raislik qiladi, materiallarni umumlashtiradi va qaror loyihalarini tayyorlaydi, komissiya ish rejasining bajarilishini nazorat qilib turadi, topshiriqlar beradi, komissiya nomidan hokimlik, uning boshqarmalari va boʻlimlari bilan, mahalliy Kengash hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Komissiya kotibi unga har tomonlama yordam beradi va komissiya ish hujjatlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya shugʻullanadigan masalalar uning ish rejasida belgilab qoʻyiladi. Rejalar joriy davrga (yil choragi) hamda istiqbolga (yillik va Kengashning vakolat muddatiga) moʻljallab tuziladi. Aniq harakat rejasi komissiyalar ishini tashkil qilishning asosidir. Shuning uchun har bir reja, har bir masala komissiya aʼzolarining faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Faqat shundagina masalalar doirasini toʻgʻri belgilash, eʼtiborni koʻproq ijtimoiy ahamiyatga molik dolzarb muammolarga qaratish mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi vaqtlarda doimiy komissiyalar amaliyotiga yillik ish rejasi tuzish tajribasi mustahkam kirib bormoqda. Bunday rejalar odatda uch qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda komissiyalar mahalliy Kengash muhokamasiga kiritilishi lozim boʻlgan yirik muammolarni oʻrganishni rejalashtiradilar. Ikkinchi qismda hokimlikda muhokama etish uchun tayyorlanadigan masalalar nazarda tutiladi. Uchinchi qismda doimiy komissiyalarning oʻz majlislarida muhokama qilish moʻljallanayotgan, nazorat-tahlil faoliyati bilan bogʻliq masalalar aks ettiriladi. Odatda doimiy komissiyalar oʻz yillik rejalarini hokimlikning, uning boshqarmalari va boʻlimlarining yillik rejalarini hisobga olgan holda tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning ish rejalarini tuzish asosiy va hal qiluvchi oʻrin tutadi. Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan komissiya muhokamasiga masalalar kiritish va masalalarni muhokamaga tayyorlashda faol ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning toʻgʻri tuzilgan ish rejasi doimiy komissiyalar oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishini koʻp jihatdan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, odatda, faoliyati muhokamaga qoʻyiladigan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlardagi haqiqiy ahvolni oʻrganishdan boshlanadi. Doimiy komissiyalarda koʻrib chiqish uchun masalalarni, mahalliy Kengash sessiyasida qilinadigan maʼruza yoki qoʻshimcha maʼruzani tayyorlash ham odatda, nazorat va tahlildan boshlanadi. Shuning uchun doimiy komissiyalar tarkibiga kirgan deputatlarning nazorat-tahlil ishlaridagi ishtiroki ularning faoliyatidagi muhim jihatlardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida doimiy komissiya tarkibiga kirgan deputatning, mazkur organ koʻrib chiqishi uchun har qanday masala va taklif kiritish, bu masalalarni koʻrib chiqish uchun tayyorlashda, ularni muhokama qilish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda, shuningdek qabul qilingan qarorlar roʻyobga chiqarilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya raisi tekshirish boshlanishi oldidan har bir deputatning tayyorgarlik darajasini hisobga olib, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi. Bunda muhimi, doimiy komissiyaning har bir aʼzosiga topshiriq berilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar ichida kichik komissiyalar yoki seksiyalar tuzilishi, ularning muayyan masalalar bilan shugʻullanishi esa ijobiy samara berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, vazifalarni doimiy komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlashni har bir konkret holda oʻrganilayotgan masalaning xususiyatiga qarab oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Ammo vazifalarni qayta-qayta taqsimlayverish ham deputatlar tashabbuskorligini pasaytirib yuboradi, masalalarni hal etishga ijodiy yondashish imkoniyatini cheklab qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarga nazorat-tahlil ishlarini oʻtkazishda koʻmaklashish maqsadida doimiy komissiyalarning rahbarlari hokimliklar yordamida savol varaqalari va xatlar tayyorlab, nimalarga eʼtibor berish zarurligini, tekshiruvni qay yoʻsinda toʻgʻri tashkil etish kerakligini koʻrsatishlari, ayniqsa doimiy komissiyalar tarkibiga birinchi marta saylangan deputatlarga katta yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-tahlilga oid hujjatlar doimiy komissiyaning raisi yoki kotibida saqlanadi. Doimiy komissiyalarning raislari yoki shu ish topshirilgan aʼzolari maʼlumotlarni umumlashtiradilar, maʼruzalar, qoʻshimcha maʼruzalar va qaror loyihalari matnlarini tayyorlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlarga binoan doimiy komissiyalarning aʼzolari zarur hollarda hokimlikning boshqarmalari va boʻlimlari rahbarlaridan, mahalliy Kengash hududida joylashgan korxona, muassasa va boshqa tashkilotlarning rahbarlaridan tegishli hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, har qanday tekshirishdan maqsad faqat kamchilik va nuqsonlarni topish emas, balki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishda tashkilotlarga va muassasalarga har tomonlama yordam koʻrsatishdan iborat boʻlib, bu har bir deputatning burchidir. Doimiy komissiyalar faoliyatida toʻplangan tajriba shundan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya kollegial organdir. Shuning uchun komissiyaning raisi va kotibi oʻz xohishi bilan komissiya nomidan biron-bir qaror qabul qila olmaydi. Ular faqat komissiya aʼzolari faoliyatini uyushtiradi va yoʻnaltirib turadi. Masalani hal qilishda uzil-kesil soʻzni deputatlar aytadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy shakli majlislar boʻlib, ular komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanadi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida deputat oʻzi saylangan doimiy komissiyaning ishida faol ishtirok etishi shart, deb koʻrsatilgan. Shuning uchun komissiya aʼzosining komissiya majlislarida muntazam ishtirok etishi uning asosiy burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi komissiya majlislarida hal qiluvchi ovoz huquqi bilan qatnashadi. Masalalarni muhokama qilish vaqtida doimiy komissiya aʼzolari oʻzlarining taklif va mulohazalarini bildiradilar. Doimiy komissiya majlislarida shu komissiya aʼzosi boʻlmagan boshqa deputatlar maslahat ovozi bilan qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya majlislariga faoliyati muhokamaga qoʻyilayotgan muassasa va tashkilotlarning rahbarlarigina emas, balki turli tarmoqlar mutaxassislari ham taklif qilinadi, bu esa muhokama qilinayotgan masalaning mohiyatini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash joizki, ayrim masalalar bir nechta komissiyalarning kuchi bilan tayyorlanishi ham mumkin. Bu deputatlarga bir vaqtning oʻzida bir qancha masalalarni oʻrganishga, tekshirilayotgan yoʻnalishdagi ahvolni chuqur va har tomonlama tahlil etishga, amaliy takliflar ishlab chiqishga, joyning oʻzida yordam koʻrsatishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning majlislarida hamma qarorlar ochiq ovoz berish asosida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Doimiy komissiyaning har qanday aʼzosi shu kollegial organning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, bu haqda mahalliy Kengash sessiyasida chiqib soʻzlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning qarorlari tavsiya tusiga ega boʻladi. Lekin ularning tavsiyalari tegishli davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan chora-tadbirlar haqida komissiyalarga belgilangan muddatda xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni mahalliy Kengashning majlislari muhokamasiga tayyorlash, ularni oʻz majlislarida muhokama qilish doimiy komissiyalarning muhim vazifasidir. Ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish doimiy komissiyalarga birlashgan deputatlarning muhim burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengashning organlari sifatida oʻzlarini tashkil qilgan mahalliy Kengashning nazorati ostida ishlaydilar va oʻz faoliyatlari haqida unga hisobot beradilar. Mahalliy Kengash komissiyalarning ishlarini yoʻlga solib, faoliyatlarini nazorat qilib turadi, ularning hisobotlari va maʼruzalarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning doimiy komissiyalardagi koʻp qirrali faoliyati xalq vakillarining ishini tashkil etishning samarali shakli ekanligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahalliy Kengashlar deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash deputatining oʻz saylov okrugidagi ishi uning asosiy majburiyati hisoblanadi. Mahalliy Kengash deputatining saylov okrugidagi ishi quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, okrug saylovchilari bilan yigʻilishlar, mehnat jamoalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan, siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish; aholini mahalliy Kengashning ishi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib turish; qonunlarning va hokimiyat vakillik organlari qarorlarining ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishda ishtirok etish; jamoatchilik fikrini, aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, bular haqida tegishli davlat hokimiyati organlariga xabar berish, mahalliy Kengash qarorlarini tayyorlashda oʻz takliflarini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, saylovchilardan oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish, ularni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etish choralarini koʻrish, oʻz saylov okrugida fuqarolarni muntazam ravishda qabul qilish. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputat zarur sharoitlar bilan taʼminlanadi. Uning iltimosiga koʻra hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari joy ajratib, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazadigan, fuqarolarni qabul qiladigan vaqti va joyini fuqarolarga maʼlum qiladilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar. Bunda deputatlarning qabul vaqti va joyi haqidagi axborotni saylovchilar eʼtiboriga fuqarolar qabul qilinadigan joylarda yetkazishdan tashqari ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilish tavsiya etiladi. Bu yoʻnalishdagi ishlarni faollashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamda Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida bajarilishi haqidagi qoʻshma qarori va maʼlumotnomasi qoʻl kelishi mumkin (ushbu qaror va maʼlumotnoma mamlakatimizning barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga 2006-yilning aprel oyida ishda foydalanish uchun yuborilgan). “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishini oʻrganish natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi 2007-yil 23-fevralda Urganch shahrida oʻtkazilgan qoʻshma majlisda qabul qilgan qaror ham shu yoʻnalishdagi muhim hujjat boʻlib qoldi va u parlament yuqori palatasi bilan hokimiyat vakillik organlarining hamkorligidan dalolat beruvchi yorqin misoldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy natijalarga erishish, deputatlarning nufuzini va ularning faolligini oshirish maqsadida fuqarolarni qabul qilish uchun deputatlarga ajratilayotgan joylarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentimiz farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini, umuman deputat ishi uchun zarur yuridik va boshqa maxsus adabiyotlarni jamlash ham tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, mahalliy Kengash deputati vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida ikki marta oʻz ishi toʻgʻrisida saylovchilar oldida hisobot berishi va oʻzi saylangan mahalliy Kengash ishi haqida saylovchilarni xabardor etib turishi zarur. Deputatning hisobot berishi shu maqsadda tegishli hokimlik, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan chaqiriladigan saylovchilar yigʻilishlarida yoki mazkur saylov okrugi vakillarining yigʻilishlarida oʻtkaziladi. Hisobot berishi va saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishi uchun deputatga zarur sharoitlar yaratib beriladi. Deputatning iltimosiga koʻra, hokimlik bino ajratishni tashkil etadi, uning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan vaqt va joyni fuqarolarga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, yuqori turuvchi mahalliy Kengash deputati quyi turuvchi mahalliy Kengashlar va ularning organlari majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Deputatlarning quyi turuvchi mahalliy Kengashlar sessiyalarida keng ishtirok etishi deputatlarning obroʻ-eʼtiborini yanada mustahkamlaydi, quyi turuvchi mahalliy Kengashlar deputatlarining ish shakllarini yaxshilashga hissa qoʻshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda yoki qonuniylik boshqa tarzda buzilganda davlat hokimiyatining vakili sifatida deputat oʻsha joyning oʻzida bunday qoidabuzarlik toʻxtatilishini talab qilishga, zarurat boʻlganda esa, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish yoki qonun hujjatlarini boshqa tarzda buzish aniqlangan hollarda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazayotganda hisobot maʼruzasida oʻzining saylov okrugida amalga oshirgan ishi, mahalliy Kengashga bergan takliflari, ular mahalliy Kengashning qarorlarida, doimiy komissiyalarning tavsiyalarida qanday aks etganligi, oʻz saylovchilaridan tushgan xatlar, takliflar va shikoyatlar, fuqarolarni qabul qilish yuzasidan, doimiy komissiyada, deputatlar guruhida va saylov okrugining oʻzida olib borayotgan ishlari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning saylovchilar yigʻilishidagi maʼruzasi tinglovchilar bu maʼruza haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildiradigan, kamchiliklarni ochiq koʻrsatadigan, oʻz takliflarini oʻrtoqlashadigan darajada mazmundor va qiziqarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning maʼruzasi, qoida tariqasida, ikki asosiy qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda Kengashning va uning organlarining faoliyati toʻgʻrisida, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishdagi yutuqlar hamda kamchiliklar toʻgʻrisida soʻz boradi. Hisobotlar, maʼruzalar, qarorlar loyihalari va boshqa materiallarni tayyorlash uchun hokimliklar deputatlarni tegishli hokimiyat vakillik organlari qabul qilgan hujjatlar bilan taʼminlaydilar, axborot yoʻsinidagi va yordamchi materiallar bilan taʼminlashga koʻmaklashadilar, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot maʼruzasining ikkinchi qismi bevosita deputatning oʻz faoliyatiga, yaʼni uning mahalliy Kengash va doimiy komissiyalar ishidagi ishtirokiga, fuqarolarni qabul qilishi, fuqarolardan tushgan xatlar va shikoyatlarni qarab chiqishi, saylovchilarning takliflarini bajarishdagi ishtirokiga bagʻishlanadi. Maʼruzaning bu qismini tayyorlashda deputat oʻz kundalik daftaridan foydalanadi. Deputat hisobot davri mobaynida bu daftarga turli qaydlar qilib, oʻz deputatlik faoliyatining turli tomonlarini aks ettirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oʻz maʼruzasining yakunida mahalliy Kengash va uning organlari oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida gapiradi, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib beradi va saylovchilarni bu vazifalarni bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi. Deputatning maʼruzasi toʻliq, oʻz-oʻzini tanqid ruhida yozilgan boʻlsa, unda mahalliy Kengash va hokimlikning faoliyati tahlil qilinib kamchiliklar ham aytib oʻtilgan boʻlsa, foydali boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalda koʻpincha deputat qaysi davr uchun hisobot berishi kerak, degan savol tugʻiladi. Deputatning birinchi hisoboti u saylangan paytdan belgilangan tartibda hisobot berishi kerak boʻlgan kungacha oʻtgan davrni oʻz ichiga oladi. Keyingi hisobotlar mahalliy Kengashning va deputatning oldingi hisobotdan navbatdagi hisobotgacha oʻtgan davrni qamrab oladigan tarzda tuzilishi kerak. Ammo bu, zarur boʻlgan hollarda, ilgariroq qilingan ishlar haqida ham soʻzlash imkonini istisno qilmaydi. Keyingi vaqtlarda deputatlarning butun chaqiriq mobaynida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishi keng yoyila boshladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yigʻilishi oʻtkazilganidan keyin deputat kechi bilan uch kun ichida hisobot oʻtkazilgan joy va vaqt, yigʻilishda hozir boʻlgan va soʻzga chiqqan saylovchilar soni, oʻzining faoliyatiga qanday baho berilganligi va saylovchilardan tushgan takliflar toʻgʻrisida tegishli mahalliy Kengash rahbarini yozma ravishda xabardor qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarni qabul qilish, ularning xat va takliflarini qarab chiqish deputatning saylov okrugidagi faoliyatining eng muhim shakllaridan biridir. Fuqarolar deputatlarga xat va shikoyatlar bilan murojaat qilar ekanlar, ularni hokimlikdagi oʻz vakillari deb biladilar, oʻzlariga yordam berishlariga, oʻzlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishlariga ishonadilar. Kelib tushgan har bir xat yoki shikoyatni oʻz vaqtida va atroflicha oʻrganib chiqish hamda ularga oʻz vaqtida javob berish deputatning birinchi navbatdagi vazifasidir. Agar taklif, iltimos yoki shikoyatlarni qarab chiqish uzoqroq vaqt talab qiladigan boʻlsa, xat muallifi bu haqda oʻz vaqtida xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatda saylovchilar deputatga murojaat qilib, uning oldiga keng doiradagi va koʻp qirrali masalalarni qoʻyadilar. Shu sababli xatlarga toʻgʻri javob va izohlar berish uchun deputat yer toʻgʻrisidagi, mehnatga, pensiyaga oid, uy-joy toʻgʻrisidagi va boshqa qonun hujjatlarini qunt bilan oʻrganib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunduz kuni ishlab chiqarishda band boʻlgan fuqarolarga qulaylik boʻlishi uchun deputat ularni, odatda, kechqurunlari yoki dam olish kunlari qabul qiladi. Qabulni qaysi vaqtda va qayerda tashkil qilish masalasini deputat hokimlik bilan birgalikda hal etadi. Qabul vaqti va joyi toʻgʻrisida eʼlon osib qoʻyiladi yoki bu maʼlumotlar boshqacha usullar bilan saylovchilar eʼtiboriga yetkaziladi. Deputat oʻz kundalik daftarida qabul qilishini soʻrab oʻziga murojaat qilgan fuqarolarni hisobga olib boradi, oʻzi qanday choralar koʻrganligini, fuqarolarning iltimoslari qanoatlantirilganligini yoki qanoatlantirilmaganligi sabablarini yozib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat asossiz iltimoslarni quvvatlay olmaydi. Bunday hollarda deputat murojaat etgan kishiga uning nohaqligi boisini, iltimosini nima sababdan qondirish mumkin emasligini toʻgʻri tushuntira bilishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 3-son, 150-modda; 2010-y., 12-son, 550-modda)