06.04.2007 yildagi PQ-616-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.04.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH HAMDA MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi daromadlari va farovonligi darajasini oʻstirishning gʻoyat muhim omili sifatida uning bandligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, odamlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, ushbu masalalarni hal etishda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rolini faollashtirish hamda javobgarligini kuchaytirish, shuningdek ular faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-yanvardagi F-2654-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhi Dastur topshiriqlari bajarilishi ustidan qatʼiy monitoring oʻrnatsin va uning ijrosi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika sharoitida aholi bandligi va daromadlarini oshirishning samarali shakllaridan biri sifatida aholini xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan kooperatsiyalashgan holda kasanachilik mehnatiga keng jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonining amal qilishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, birinchi galda transport, aloqa, qurilish va qurilish industriyasining yirik korxonalariga, shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat korxonalariga nisbatan ham joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar boʻyicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yoʻnalishlarini eʼtiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining oʻsishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik oʻzgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bogʻliq oʻzgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholiga kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolgʻiz keksalarga yordam koʻrsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondoshuvni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish, mehnat munosabatlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda, mehnat bozorida vujudga kelayotgan tendensiyalarni va muayyan ixtisosliklar boʻyicha kadrlarga nisbatan talab-ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha yoʻnalishlardagi oʻzgarishlarga oid takliflarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari negizida yirik qishloq fuqarolar yigʻinlari (mahallalar)da mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha muqim punktlari boʻlgan Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Bandlikka koʻmaklashuvchi markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan band boʻlmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muhtojlar, shuningdek mavjud boʻsh ish joylari toʻgʻrisida maʼlumotlar banki shakllantirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi ish bilan bandlikni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni kasbga oʻqitish va qayta oʻqitishni tashkil qilish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va toʻlashda oʻrnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining xodimlar umumiy cheklangan soni 89 kishi, shulardan boshqaruv xodimlari soni 61 kishidan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi hamda Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazining namunaviy tuzilmalari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini, hududiy bosh boshqarmalar, shuningdek vazirlikka boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi ikki oy muddatda mazkur toifalardagi xodimlarni ularning malaka va kasb darajalariga nisbatan talablarni eʼtiborga olgan holda attestatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2007-yilning 1-iyuliga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari va tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlinmalari rahbarlarini ularning malaka va kasbiy saviya-darajasiga nisbatan qattiq talablar qoʻygan holda attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishsizlar kasbga tayyorlanadigan, qayta tayyorlanadigan va malakasi oshiriladigan bazaviy kasb-hunar kollejlarini hududlar boʻyicha belgilasin, shuningdek, ish beruvchilar va mehnat bozorining malakali kadrlarga boʻlgan talab-ehtiyojlarini hisobga oladigan tegishli taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddatda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan respublikaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib belgilangan normalardan kelib chiqqan holda, hududlar boʻyicha Ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholi hisobi metodikasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-616-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ish bilan bandligini kengaytirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Bajarish uchun masʼullar Tadbirlarni amalga oshirish shakllari Kutilayotgan natija
I. Aholining ish bilan bandligini oshirish

1.‎

Har yili kamida 550 ming yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan:
‎kichik korxonalar va mikrofirmalarni rivojlantirish hisobiga — 320 ming ish oʻrinlari;
‎barcha yoʻnalishdagi kasanachilikni, jumladan oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish hisobiga — 160 ming ish oʻrinlari;
‎faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va moliyaviy-iqtisodiy sogʻlomlashtirish, yangi yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga — 70 ming ish oʻrinlarini tashkil etish.
Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Bandlikning hududiy dasturlari Tumanlar, shaharlar, viloyatlar va umuman respublikada ish oʻrinlari hamda aholining bandligi oʻsishini tashkil etish.

2.‎

2007-yilda, asosan qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasida ish oʻrinlarining mahallalar boʻyicha joylashuvini belgilab va ushbu maqsadlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan har yili kamida 3 mlrd. soʻm ajratilishini nazarda tutgan holda 100 ming yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash. 2007-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Bandlikning hududiy dasturlari Aholining ish bilan bandligi, shu jumladan xizmat koʻrsatish va servis sohasidagi bandligining oʻsishi.

3.‎

Oilaviy biznesni tashkil etishga imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda har yili kam taʼminlangan oilalardan, ayniqsa qishloq joylarda kamida 15 ming kishini ishga joylashtirish. Har yili Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tumanlar hokimliklari Mikrokreditlarga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi axborot, Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari Kam taʼminlangan oilalardagi, eng avvalo qishloq joylarda yashovchi ishlamaydigan aholining bandligini taʼminlash.

4.‎

Qoramol yetishtiruvchilarni ish bilan band shaxslar sifatida hisobga olish, ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi kamida 270 ming kishiga mehnat daftarchasi berish va yuritish, shuningdek qoramol sotib olish uchun Bandlikka 2007-yil davomida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari Qoramol yetishtirish chora-tadbirlari parametrlari Ishlamaydigan qishloq aholisining bandligi va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash.

5.‎

Ish bilan band va ishga joylashishga muhtoj shaxslarning haqiqiy sonini aniqlash uchun mehnat bozoridagi vaziyatga baho berish koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Koʻrsatkichlar tizimini tasdiqlash Mehnat bozoridagi vaziyatni va ishga muhtojlar sonini yanada toʻliq va sifatli baholash.

6.‎

Tasdiqlangan koʻrsatkichlar tizimi boʻyicha mehnat bozori va bandlik ustidan monitoring tashkil etish. Har chorakda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Har chorakda chiqadigan “Mehnat bozori va aholi bandligi monitoringi” byulletenini chop etish Mintaqalar boʻyicha mehnat bozoridagi vaziyatni tezkor ravishda baholash tizimini shakllantirish.

7.‎

Goʻsht-sut va meva-sabzavot mahsulotlari, boshqa turdagi mahalliy xom ashyoni qayta ishlash, teriga ishlov berish, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish boʻyicha kichik korxonalarni tashkil etish innovatsiya loyihalarini ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminlash hamda ularni Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamgʻarmasi mablagʻlaridan grantlar va kreditlar ajratish yoʻli bilan moliyalashtirish. Ishlab chiqish — 2007-yil, moliyalash-tirish — 2008-yildan boshlab Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Kichik innovatsiya loyihalarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Kichik korxonalarda muqim ish oʻrinlarini tashkil etish.
II. Mehnat organlari ish bilan band boʻlmagan fuqarolarga koʻrsatadigai xizmat, shu jumladan ularni qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar turi va sifatini kengaytirish

8.‎

Har bir yirik qishloq fuqarolari yigʻini hududida aholini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish muqim punktlarini tashkil etish.
‎Band boʻlmagan aholiga mehnat organlari tomonidan turli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi mazkur punktning aniq ish reglamentini ishlab chiqish.
2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari Tuman markazlaridan uzoqda yashaydigan qishloq aholisining hududiy mehnat organlari xizmatidan foydalanishini yaxshilash, ularning doirasini band boʻlmagan aholining bevosita yashash joyi tomon kengaytirish.

9.‎

Axborot xizmati turlari doirasini kengaytirish uchun barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻzlaridagi ishchilar soni va ularning maqomidan qatʼi nazar, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mehnat organlariga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etishning yangi tartibini tasdiqlash. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi Mehnat organlariga boʻsh ish oʻrinlari va lavozimlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom Ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish va sonini koʻpaytirish.

10.‎

Ish izlayotgan fuqarolarga kerakli maʼlumot olish imkonini beradigan maʼlumotlarning mintaqaviy elektron tarmogʻini (hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, aniq ish oʻrinlari boʻyicha) shakllantirishni nazarda tutuvchi boʻsh oʻrinlar va boʻsh ish joylari bankidan aholi kengroq foydalanishini, shuningdek mehnat bozori toʻgʻrisida davriy axborot materiallari (byulletenlar) chop etilishini, ushbu maqsadlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 450 mln. soʻm ajratilishini nazarda tutgan holda taʼminlash. Tashkil etish — 2007-yil I-III choraklar, tatbiq etish — 2007-yil IV chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari, axborot materiallari Mehnat organlari tomonidan band boʻlmagan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

11.‎

Yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironlar, parvarishga muhtoj insonlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish orqali. kamida 1000 kishining ish bilan band boʻlishini taʼminlash. 2007-yil davomida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi Mahalliy mehnat organlari tomonidan band boʻlmagan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

12.‎

Mavjud kasb-hunar kollejlari negizida ish bilan band boʻlmaganlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hajmlarini kengaytirish (har yili kamida 10 ming kishi) boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. 2007-yil davomida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari Ish bilan band boʻlmaganlarga kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

13.‎

Bandlikni taʼminlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlarga muhtoj toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari zaxirasi yaratiladigan (kvotalashtiriladigan) korxonalar doirasini kengaytirish. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari zaxirasini yaratish toʻgʻrisida yangi nizom Kasb-hunar taʼlimini tamomlab mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarni, nogironlar, jazodan ozod etilgan shaxslarni ishga joylashtirishni taʼminlash.

14.‎

Joylarga chiqish orqali mehnat munosabatlarini takomillashtirish va mehnatga oid qonunchilikka rioya etish masalalarida korxonalarga tizimli huquqiy yordam koʻrsatish. Yil davomida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Ish beruvchilar bilan birgalikdagi tadbirlar Mehnat, bandlik va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarida ish beruvchilarga xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirish.
III. Xalqaro standartlar va mehnat bozorining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, aholi bandligini hisobga olish hamda baholash mexanizmlari va usullarini takomillashtirish

15.‎

Bandlik va ishsizlik toifalari mazmun-mohiyatini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga muvofiqlashtirish. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi Uslubiy va instruksiyaviy hujjatlarni ishlab chiqish Xalqaro standartlar va Oʻzbekistondagi mehnat bozorining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, bandlik koʻrsatkichlarining hisobga olinishini taʼminlash.

16.‎

Xalqaro standartlar va mehnat bozorining oʻziga xos milliy xususiyatlariga muvofiq mintaqalar boʻyicha ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholi hisobi metodikasini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. 2007-yil I chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi Uslubiyat Mehnat bozoridagi vaziyatni baholash sifatini oshirish va ish oʻrniga boʻlgan talabni aniqlash.

17.‎

Bandlik masalalari boʻyicha tekshiruv dasturlarini milliy hisob raqamlar tizimi doirasida va xalqaro qoidalarga muvofiq norasmiy sektordagi band boʻlgan barcha toifalarni qamrab olgan holda takomillashtirish. 2007-yil IV chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi Takomillashtirilgan soʻrovnomalar va tekshiruvni oʻtkazish yoʻriqnomalari Bandlikni hisobga olishni va uslubiyatini takomillashtirish.

18.‎

Xalqaro standartlarda qabul qilingan qoidalar tizimida va statistik hisobot maʼlumotlarini bandlik masalalari boʻyicha tekshiruv materiallari bilan toʻldirish asosida bandlik maqomi, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari boʻyicha mehnat resurslari balansini ishlab chiqish. 2008-yildan boshlab Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlari Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda bandlik va ishsizlikni sifatli hamda xolis baholash.

19.‎

Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olish shakl va usullarini ishlab chiqish hamda migratsiya siyosatini amalga oshirishga masʼul idoralar tomonidan vakillik tekshiruvlarini oʻtkazish. 2007-yil IV chorak Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olishning tasdiqlangan shakllari va vositalari Aholining mehnat migratsiyasini yanada toʻliq va sifatli hisobga olishni taʼminlash.
IV. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish

20.‎

Tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarini Bandlikka koʻmaklashuvchi markazlar sifatida qayta tashkil etish. 2007-yil I-II choraklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari Tashkiliy tadbirlar Tuman va shaharlardagi mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish.

21.‎

Faoliyat koʻrsatayotgan Vaqtincha bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarini Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosi sifatida qayta tashkil etish hamda mehnat bozorida vaziyat mushkul boʻlgan mintaqalar hisobiga ularning tarmoqlarini kengaytirish. 2007-yil I- II choraklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari Bajaruvchilarning qarorlari Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish samaradorligini oshirish.

22.‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy, hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini tasdiqlash. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Bajaruvchilarning qarorlari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati samara-dorligini oshirish.

23.‎

Nogironlarni ekspertizadan oʻtkazish va reabilitatsiya qilish masalalari inspeksiyasi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va Inspeksiya, TMEKlar, mintaqaviy reabilitatsiya markazlari toʻgʻrisidagi yangi nizomni tasdiqlash. 2007-yilning II yarim yilligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish va nogironlikni ekspertizadan oʻtkazish hamda reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish

24.‎

Mehnatni meʼyorlashtirish va muhofaza qilish Markazi hamda Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini oʻrganish Respublika markazini Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish Respublika ilmiy markazi sifatida qayta tashkil etish hamda uning Nizomini tasdiqlash. 2007-yil I-II choraklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish.

25.‎

2007/2008 oʻquv yilidan boshlab yetakchi oliy oʻquv yurtlari va alohida kasb-hunar kollejlarida mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kadrlar, shu jumladan “Mehnat iqtisodiyoti” va “Ijtimoiy ish” mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2007-yil II-III choraklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bajaruvchilarning birgalikdagi qarori Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash.

‎‎V. Aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasida qonunchilik bazasini rivojlantirish, shu sohada davlat nazorati mexanizmlarini kuchaytirish

26.‎

“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2007-yil III chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qonun loyihasi Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarida ishchilarga kafolatlarni, mehnatni muhofaza qilish masalalarida ishchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibini belgilash.

27.‎

“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2007-yil III chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, “Mahalla”, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati Forumi”, “Mehr nuri” jamgʻarmalari, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish shart-sharoitlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda ish beruvchilarning nogironlarni ish bilan taʼminlashdan manfaatdorligini oshirish.

28.‎

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2007-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Bandlikning hamda ishsizlikdan muhofaza qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish.

29.‎

Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaydigan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan) tugatilgan korxonalardagi bandlikni va ish oʻrinlarini hisobga olgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. 2007-yil III chorak Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Ishlovchilar harakati va ish oʻrinlari, shu jumladan ularning chiqib ketishini yanada toʻliq hisobga olish.

30.‎

Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish mexanizmini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2007-yil III chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar Ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda davlat nazoratini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish respublika komissiyasi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R.S. Azimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri — komissiya raisi; ‎
A.A. Xaitov‎ —‎ mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi — komissiya raisining oʻrinbosari; ‎
F.X. Boqiyev‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari QATD mudiri; ‎
N.Q. Allayorov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti; ‎
J.A. Qoʻchqorov‎ —‎ moliya vazirining oʻrinbosari; ‎
A.I. Komilov‎ —‎ sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari; ‎
R.M.Shoabdurahmonov‎ —‎ iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari; ‎
E.S. Kanyazov‎ —‎ adliya vazirining oʻrinbosari; ‎
B.X. Xodiyev‎ —‎ Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining rektori; ‎
T.M. Ahmedov‎ —‎ Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktorining oʻrinbosari. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi (bundan keyin matnda — Jamgʻarma)ni tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlaridan xodimlarning bajarilayotgan ish samaradorligi va sifatini oshirishdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Bandlikka koʻmaklashuvchi jamgʻarma tushumlari mablagʻlarining 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mehnatda mayib boʻlganligi yoki kasb kasalligidan nogironlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun ish beruvchilar tomonidan regressiv talablar (daʼvolar) undiriladigan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari hisob raqamlariga kelib tushadigan mablagʻlarning 15 foizi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlaridan jamlanadi hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash hamda roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaning kelgusi yilgi daromadlari miqdorlarini belgilashda Jamgʻarmaning avvalgi yil oxiridagi mablagʻlari qoldigʻi hamda keyingi ikki yil ichida qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlarni eʼtiborga olib, tushumlar dinamikasini nazarda tutgan holda hisoblab chiqilgan prognoz tushumlari hajmi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Smetaning xarajatlar qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat budjeti xarajatlari tasnifiga muvofiq xarajatlarni moddalar boʻyicha aniq koʻrsatgan holda xarajat guruhlari boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetasi tegishli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) boʻlinmalari xarajatlar smetalarini ilova qilgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini roʻyxatga olish budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini Moliya vazirligi va moliya organlarida hisobga olishning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 9-dekabrda 93-son (1999-yil 13-dekabrdagi 849-roʻyxat raqami) tasdiqlangan Tartib bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari Jamgʻarma tushumlarining hajmlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda roʻyxatga olgan holda Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetasiga har chorakda oʻzgartish kiritishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlarini yoʻnaltirish va foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining, Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlaridan, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari, Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarining direktorlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining boshliqlari, ular boʻlmagan hollarda esa — ularning oʻrnini bosadigan shaxslar tegishli ravishda Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma mablagʻlarining kamida 50 foizi miqdorida — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma mablagʻlarining 50 foizigacha miqdorda — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek kadrlar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha sarf-xarajatlarga, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari va Markazlari binolari hamda xonalarini qurish, sotib olish, taʼmirlash va jihozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikalarni sotib olish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, inventar va xoʻjalik jihozlarini saqlash hamda ekspluatatsiya qilish, dasturiy taʼminot vositalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy matbuot nashrlarini, maxsus adabiyotlar, kitob mahsuloti, idoraviy ashyolarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi navbatdagi moliya yiliga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodimlarga yuqori kasbiy malakasi uchun har oylik shaxsiy ustama haq, ishdagi muvaffaqiyatlari va muhim topshiriqlarni bajargani uchun ayrim xodimlarni mukofotlash, yubiley sanalari munosabati bilan bir marotabalik pul mukofotlari berish, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar toʻlash, mansab maoshlariga har oylik qoʻshimcha haq belgilash (ovqat va boshqa maqsadlarga), moddiy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hamda ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilarning buyruqlari asosida, tegishli Jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmadan xodimlarga ustama haq, mukofotlar belgilash va moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror har bir mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organida tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari zarur hollarda Jamgʻarma mablagʻlarini Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlarni kiritgan holda mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish quyi organlariga qaytadan taqsimlashlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha xodimlarni saqlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va xarajatlari hisobi budjetdan tashqari boshqa mablagʻlardan, shu jumladan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi budjet mablagʻlari uchun belgilangan tartib va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi hamda ushbu mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rahbarlari shaxsan javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadga nomuvofiq foydalanish faktlari aniqlangan hollarda maqsadga nomuvofiq foydalanilgan summaning hammasi aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralari qoʻllangan holda davlat budjeti daromadiga olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda; 2009-y., 52-son, 562-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)