02.12.2005 yildagi 106-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING OʻN UCh YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn uch yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan, insonparvarlik prinsipiga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 10-bandiga va 93-moddasining 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birinchi marta sodir etgan jinoyatlari uchun quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar 60 yoshga toʻlgan erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslar boʻlmagan chet el fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti ular ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan ogʻir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan mahkumlar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi mazkur Qaror eʼlon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni oʻtayotgan, biroq mazkur Qarorga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaxslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — uchdan bir qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — toʻrtdan bir qismiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tatbiq etilmasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Qaror — oʻta xavfli retsidivistlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun hukm qilingan shaxslarga; shuningdek muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Qarorning 1-bandi — oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasining 4 va 5-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106–I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 452-modda)