Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA”GI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil № 9, 331-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan” soʻzlari “26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. S s, Ɉ ɉ harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3. Ō ō harfi Ơ ơ shaklida, Ḡ ḡ harfi G` g` shaklida, Ş ş ѕarfi Sh sh shaklida. Ç ς ѕarfi Ch ch shaklida. N̅ n̅ harfi Ng ng shaklida. Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
4. A a, I i, G g, G` g`, Q q, Ơ ơ, Z z harflari va Sh sh harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha A a, I i, G g, Ğ ğ, Q q, Ơ ơ, Z z, Sh sh tarzida ifodalansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
71-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)