30.08.2006 yildagi PQ-457-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OROL DENGIZINING OʻZBEKISTON QISMINI GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISH VA KEYINCHALIK YANGI OCHILADIGAN UGLEVODOROD KONLARINI MAHSULOTNI TAQSIMLASH TOʻGʻRISIDAGI BITIM SHARTLARI ASOSIDA QAZISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorod xomashyosi zaxiralari ildam surʼatlarda oʻsishini taʼminlashga, yangi neft va gaz konlarini qazishga hamda uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirishga yoʻnaltirilgan geologaya-qidiruv ishlarini jadal oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Interneshnl Ltd” (XXR) kompaniyalari tomonidan Orol dengizining Oʻzbekiston qismida qidiruv va razvedka ishlarini oʻtkazish, keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini yuridik shaxs tashkil etilmagan holda Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim shartlari asosida qazish boʻyicha investorlar Konsorsiumi tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti maydonlaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus davlat komissiyasi tomonidan investorlar Konsorsiumi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi bilan investorlar Konsorsiumi oʻrtasida Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning loyihasi kelishib olingani va imzolashga tayyorlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki 3 yil davomida va investorlar Konsorsiumining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari tavakkalchiligida 2300 pogon kilometr hajmida 2D usulidagi seysmik razvedka ishlari va umumiy summasi kamida 99,8 mln. AQSh dollariga teng ikkita qidiruv qudugʻini burgʻulashni oʻz ichiga olgan qidiruv va razvedka ishlarining minimal dasturini oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning minimal dasturi bajarilmagan taqdirda investorlar Konsorsiumi belgilangan muddat oʻtgach uch oy mobaynida minimal dasturga kiritilgan bajarilmagan ishlar hajmi qiymati miqdorida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga jarima toʻlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik razvedka ishlari natijalari boʻyicha loyihaning koʻp variantli texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni, keyinchalik uning belgilangan tartibda kelishib olinishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning koʻp variantli texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangandan soʻng Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimning tijorat shartlari, shu jumladan soliqlar va toʻlovlar stavkalari miqdori kelishib olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim va qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari sifatida operator va marketing kompaniyasini tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlariga boshqa teng shartlar bilan bir qatorda, neftgaz operatsiyalarida pudratchi, yetkazib beruvchi, tashuvchi sifatida ustunlik huquqi berilishi, bunda Oʻzbekiston Respublikasidan jalb etilgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) jami jalb etilgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) hajmining kamida 60 foizini tashkil etishini nazarda tutuvchi Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatovga Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer osti maydonlaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus davlat komissiyasi (E.R. Shoismatov) Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimi haqida”gi Qonuniga muvofiq investorlar Konsorsiumiga yer osti maydonlaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani belgilangan tartibda topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqidagi qaror loyihasini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-457-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)