Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.07.2006 yildagi PQ-420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 18.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YILGAChA DAVRDA JEROY-SARDARA KONI NEGIZIDA TARKIBIDA FOSFOR BOʻLGAN OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARISh VA EKSPORTGA YETKAZIB BERIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada fosforit xomashyosining mahalliy bazasini shakllantirish boʻyicha amaliy ishlar olib borildi. Bu oʻz navbatida uni import qilishdan voz kechish imkonini berdi. Jeroy-Sardara koni fosforit xomashyosidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishning muqobil texnologiyasi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinishiga qaramay, hozirgi kungacha Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini foydalanishga topshirish taʼminlanmagan, buning natijasida fosforli oʻgitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda uskunalar va kommunikatsiyalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi va energiya sarfini kamaytirishni taʼminlaydigan texnologik jarayonlarni takomillashtirishga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga, mashina- uskunalarni yangilashga, shuningdek konsentratlangan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ularning yigʻilib qolgan uyumlarini qayta ishlashning sanoat usullarini tadbiq etishga yetarli eʼtibor berilmayapti. Tarkibida fosfor boʻlgan mineral oʻgʻitlarni eksportga yetkazib berish hajmlarini oʻstirish surʼatlari yetarli darajada emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jeroy-Sardara koni zaxiralari negizida tarkibida fosfor boʻlgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish va eksport potensialini oʻstirish, shuningdek fosfor ishlab chiqarishidagi texnogen chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevga, Navoiy KMK Bosh direktori N.I.Kucherskiyga Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini oʻz vaqtida foydalanishga topshirishni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar qabul qilinmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir hafta muddatda vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosiga masʼuliyatsizlarcha yuzaki munosabatda boʻlish faktlarini koʻrib chiqsin va prinsipial baho bersin. Zarurat tugʻilganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy choralarni qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy KMK tomonidan 2006-yilning VI choragida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 30 foizgacha R2O5 boʻlgan yiliga 400 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosfor konsentrati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 18-19 foiz R2O5 boʻlgan yiliga 200 ming tonna yuvilgan fosfor konsentrati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 16-18 foiz R2O5 boʻlgan yiliga 200 ming tonna fosfor uni hajmida fosforit mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlar ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” DAKning “Samarqandkimyo” OAJda boyitilmagan Jeroy fosforitlarini azot kislota usuli bilan qayta ishlash orqali tarkibida azot-fosfor-kalsiy boʻlgan yangi oʻgit (nitrokalsiyfosfat) sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan yiliga 250 ming tonna quvvatga ega korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 250 ming tonna nitrokalsiy fosfat oʻgʻiti (NKFOʻ) ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan yangi korxona 2008-yil oxirida ishga tushirilishini taʼminlash yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2010-yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari Dasturining asosiy yoʻnalishlari hamda 2006—2010-yillarda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli parametrlari 1—3-ilovalarga muvofiq* maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK rahbariyati zimmasiga Dasturda belgilangan asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” DAK 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining dastlabki TIAlari tayyorlanishiga qarab ularni moliyalashtirish manbalari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzkimyosanoat” DAK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda vakolatli banklar bilan birgalikda 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vakolatli banklar bilan birgalikda tarkibida fosfor boʻlgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga doimiy ravishda yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 1-ilovada koʻrsatilgan loyihalar loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va TIAlar tasdiqlanishiga qarab belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlasin hamda Dasturning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining har chorakdagi majlislarida muntazam tinglab borishni amaliyotga tadbiq qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAKning fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar manziliga fosforit xomashyosi ortilgan yoʻnalishlarda harakatlanish, shuningdek tarmoq korxonalaridan boshqa xomashyo va mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda yetkazib berishning normativ muddatlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon superfosfat zavodi” OAJga fosforit xomashyosini yetkazib berish uchun Tojikiston temir yoʻlining Soʻgʻd uchastkasini kesib oʻtish kodlari Navoiy KMKga zarur miqdorda milliy valyutaga sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi hukumat qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-420-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 400-modda; 2007-y., 31-32-son, 316-modda)