16.11.2005 yildagi PF-3680-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON MUSTAQIL BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AXBOROT AGENTLIKLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh JAMOAT FONDINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish va erkinlashtirish, ularning demokratik, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi keng ishtirokini taʼminlash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot sohasini jadal va izchil rivojlantirish uchun zarur qonunchilik, meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi. Zamonaviy talab va standartlar eʼtiborga olingan holda, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida” va boshqa qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan axborot sohasida olib borilayotgan siyosat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan soʻz erkinligi va fuqarolarning axborot olish huquqi prinsiplarining izchil va toʻliq bajarilishini taʼminlashga qaratilgan. Mamlakatda senzuraga yoʻl qoʻymaslik, ommaviy axborot vositalari faoliyatini faqat sud orqali toʻxtatish mumkinligini koʻzda tutuvchi talablar qonuniy mustahkamlangan, ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibi soddalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot sohasida jamoat, nodavlat institutlari va tuzilmalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy hamda texnik sharoitlar yaratilgan. Respublikada Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqa qator jamoat birlashmalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot sohasidagi tub oʻzgarishlar mamlakatimizda bosma ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Keyingi 10 yilda ularning soni ikki baravar oshdi. Bugun mamlakatimizda 683 gazeta, 198 jurnal, 55 nashriyot, 4 axborot agentligi faoliyat koʻrsatmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada bozor munosabatlari va sogʻlom raqobat muhitini izchil rivojlantirish, matbuot va axborot erkinligining muhim kafolati hamda bosma nashrlar va axborot agentliklari mustaqil rivojlanishining zarur sharti sifatida ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash bosma ommaviy axborot vositalari sohasida demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirishning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz bosma ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi ularning moddiy-texnika bazasini yuksak zamonaviy talablarga javob beradigan darajada modernizatsiya qilish va mustahkamlash hamda yuqori malakali jurnalistlar va texnik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda mustaqil, oʻzini oʻzi taʼminlaydigan, zamonaviy demokratik talab va standartlarga javob beradigan bosma ommaviy axborot vositalarini shakllantirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash jarayonini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, boshqa jamoat tashkilotlari, shuningdek, qator axborot agentliklari, bosma nashrlarning Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini (bundan keyin Fond deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy vazifalari etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish jarayonlarini keng yoritishga, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlarini himoya qilish, jamoatchilik fikrini umumlashtirish va ifoda etish, fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyati, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma nashrlar va axborot agentliklari materiallarining professional, gʻoyaviy va badiiy darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan loyiha va dasturlar, boshqa ijodiy media loyihalarni moliyalashtirish, ularning milliy anʼanalar, Oʻzbekiston aholisining mentaliteti, ijtimoiy rivojlanishning koʻp asrlik tajribasi, shuningdek, dunyo sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini eʼtiborga olgan holda fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongiga, ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, bilimli va maʼrifatli qilib tarbiyalash jarayoniga ijobiy taʼsirini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga, axborot xizmati koʻrsatish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan istiqbolli loyihalar va dasturlarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda haqqoniy va turli xildagi axborot materiallarini shakllantirish, saqlash, tez va keng tarqatishni taʼminlovchi mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiyalash va mustahkamlash borasidagi loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining jurnalist va texnik xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasi va ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda oʻquv amaliyotlarini tashkil etishni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilarning pul badallari va Fond faoliyatidan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlari hamda begʻaraz yordamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari — rezidentlari va norezidentlarining ixtiyoriy homiylik badallari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun olinadigan yigʻimlardan respublika budjetiga oʻtkaziladigan mablagʻlar Fond hisobiga yoʻnaltirilishi va uning nizomida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilovada* koʻrsatilgan davlat va jamoat tashkilotlarining Fond faoliyatini moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni moliyalashtirish uchun saralab olish Fond tomonidan qonunchilik hamda mazkur Farmon talablariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar asosida, shuningdek, Fondning nizomida koʻrsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan buyurtma va takliflarni koʻrib chiqish jarayonida muhokamalarning va Fond tomonidan qabul qilinadigan qarorlarining ochiq va oshkoraligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Toshkent shahar, Alisher Navoiy koʻchasi, 30-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) Fondni joylashtirishda, uning faoliyatini tashkil etish va samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlagan holda yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF–3680-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 11-son, 393-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 246-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda)