Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“IPOTEKA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
2006-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) 10-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi”;
3) 22-moddaning:
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
4) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”.
5) 37—41-moddalar chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 83-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar kiradi”;
2) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi”;
3) 279-moddaning ikkinchi qismi “rad etish mumkin” degan soʻzlardan keyin “qonunda belgilangan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 280-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) texnik inventarizatsiya kadastr byurosida amalga oshirilib, ushbu byuro” degan soʻzlar “koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddadagi “tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) texnik inventarizatsiya kadastr byurosida” degan soʻzlar “koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-aprel,
OʻRQ-83-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 132-modda)