02.11.2004 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “UMUMTAʼLIM MAKTABLARI UCHUN DARSLIKLAR VA OʻQUV ADABIYOTLARI NASHR ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH” LOYIHASINING IKKINCHI BOSQICHINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, yangi Davlat taʼlim standartlariga muvofiq mamlakatning umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlari nashr etish tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning umumiy qiymati 54,97 mln. AQSH dollari etib belgilanganligi, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq moliyalashtirish rejasiga muvofiq qaytariladigan 25,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davrida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyiha amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, u boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi imzolangan qarz bitimi taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda u boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy muvofiqlashtirish, mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va loyiha samarali amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish uchun baholash va tender komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish guruhi rahbarini va uning oʻrinbosarini tayinlash vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda, Osiyo tarraqiyot banki bilan tuzilgan qarz bitimi shartlariga muvofiq, loyihaning birinchi bosqichi doirasida ilgari tashkil etilgan loyihani amalga oshirish guruhini qayta tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik-iqtisodiy hisoblarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-noyabr,

513-son