OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1668-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 15-oktabrdagi 02/29-10/36 va 132-sonli “Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisid”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1668-6, 26.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda) 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-fevral,
01/12-18/03-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-fevral,
20-son
Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining
2007-yil 12-fevraldagi 01/12-18/03, 20-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 12-fevraldagi 01/12-18/03, 20-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 140-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda) qarorlariga muvofiq, ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) auditorlik tashkilotlarini kiritish uchun auditorlik tashkilotlarining tanlovi auditorlik faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va mazkur Nizom bilan belgilangan talablarga javob beruvchi auditorlik tashkilotlarining arizalari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tanlovda ishtirok etish uchun talablar tanlovda ishtirok etadigan barcha auditorlik tashkilotlari uchun yagona hisoblanadi.
3. Tanlovda qatnashadigan auditorlik tashkilotlari har yili 25-fevraldan kechiktirmagan holda Davlat mulki qoʻmitasiga ushbu Nizomning 13-bandi talablariga muvofiq tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Auditorlik tashkilotlarini tanlash mexanizmi
4. Auditorlik tashkilotlarining hujjatlarini koʻrib chiqish uchun Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhi tuziladi. Ishchi guruhning tarkibi va ish reglamenti Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ishchi guruh har yili 1-martga qadar auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur Nizom talablariga javob beruvchi auditorlik tashkilotlarini aniqlaydi va har yili Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan Roʻyxatni tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Har yili tasdiqlanadigan auditorlik tashkilotlarining roʻyxati ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining rasmiy internet-saytlarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarning boshqaruv organlari auditorlik tashkilotini tanlov asosida tasdiqlangan Roʻyxatdan tanlab oladilar.
8. Roʻyxatga kiritilmagan yoki Roʻyxatga kiritilgandan keyin mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Auditorlik tashkiloti mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan paytdan boshlab 10 kunlik muddat ichida Davlat mulki qoʻmitasiga uni Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining monitoringi davomida auditorlik tashkilotining mazkur Nizom talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ushbu auditorlik tashkiloti Roʻyxatdan chiqariladi va nomuvofiqlik aniqlangan kundan boshlab keyingi Roʻyxat tasdiqlanadigan kunga qadar takroran Roʻyxatga kiritish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ishchi guruh xulosasiga koʻra auditorlik tashkilotini Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar
12. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotiga quyiladigan talablar boʻlib:
a) auditorlik tashkiloti rahbari va auditorlarda (ariza berilgan vaqtda) amalda boʻlgan auditor malaka sertifikatlarining va malaka oshirish kurslarini tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning mavjudligi;
b) auditorlik faoliyati sohasida kamida 2 yillik ish tajribasining mavjudligi, shu jumladan, aksiyadorlik jamiyatlaridagi tekshirishlar boʻyicha;
v) shakllangan ustav kapitalining mavjudligi;
g) shtatdagi kamida 2 ta auditorlarda “Sertifikatlangan hisobchi-amaliyotchi (CAP)” yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional hisobchi (CIPA)” Xalqaro professional hisobchilarni sertifikatlash dasturi boʻyicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida guvohnomalarning mavjudligi;
d) auditorlik tashkilotida kamida 1 ta qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega boʻlgan mutaxassisning mavjudligi (malaka qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi sertifikati mavjudligi yoki ushbu sohada ish tajribasining mavjudligi bilan tasdiqlanadi);
e) fuqarolik javobgarligi boʻyicha sugʻurta polisi mavjud boʻlishi;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 21-avgustdagi 76-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 4-son auditorlik faoliyatining Milliy standarti “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qoʻyiladigan talablar”ga (2006-yil 25-sentabr, roʻyxat raqami 1624 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 392-modda) muvofiq ichki standartlar va ularning ilovalarini mavjudligi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
13. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkiloti:
a) auditorlik tashkiloti rahbari va auditorlarning auditor malaka sertifikatlarining sertifikat bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari yoki malaka oshirish kurslarini tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
b) kamida 2 ta auditorning “Sertifikatlangan hisobchi-amaliyotchi (CAP)” yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional hisobchi (CIPA)” Xalqaro professional hisobchilarni sertifikatlash dasturi boʻyicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida hujjatni mazkur hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) aksiyadorlik jamiyatlarini tekshirish boʻyicha ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalarining nusxalari;
g) auditorlik tashkilotini ustav kapitalining shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
d) maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom yoki qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka attestatining nusxasi yoxud qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi malakani tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan koʻchirma;
e) fuqarolik javobgarligi boʻyicha sugʻurta polisining nusxasi;
j) ichki standartlar va ularning ilovalarini nusxalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qism
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-mart
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 128-modda; 2008-y., 37-38-son, 387-modda; 2011-y., 1-2-son, 20-modda; 2014-y., 3-son, 39-modda; 2017-y., 6-son, 81-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)