Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.03.2009 28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1666
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Qarori, 28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1666
Кучга кириш санаси
07.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.03.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻSIMLIK (PAXTA) YoGʻI UChUN TOʻLANADIGAN AKSIZ SOLIGʻINING BIR QISMINI YoGʻ-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATI UYuShMASINING MAXSUS HISOBVARAGʻIGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1666-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 3-fevraldagi 14-son, 2009-5-sonli “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni ishlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1912, 25.02.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 51-52-son, 507-modda) gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 6-martdagi 27, 2007-23-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)gi qaroriga muvofiq, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi kafolati asosida jalb qilingan kreditlarini soʻndirish uchun oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalardan olinadigan aksiz soligʻining bir qismini Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda — Maxsus hisobvaraq) oʻtkazib berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalarda aksiz soligʻining bir qismini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining Maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladigan aksiz soligʻi bir qismining miqdori oʻsimlik (paxta) yogʻiga hisoblanadigan umumiy aksiz soligʻi va shundan budjetga toʻlanadigan aksiz soligʻi oʻrtasidagi farqidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisobvaraqqa va Davlat budjetiga oʻtkaziladigan oʻsimlik (paxta) yogʻiga hisoblanadigan aksiz soligʻi stavkasining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga aksiz soligʻining bir qismini oʻtkazib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar oʻsimlik (paxta) yogʻini, salomas va “Oʻzbekiston” yogʻini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yogʻ bundan mustasno, sotishdan umumiy hisoblangan aksiz soligʻining toʻlov topshiriqnomasini aksiz soligʻini toʻlash muddatlarida xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasida aksiz soligʻining umumiy summasi bilan birga budjetga hamda Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining summasi belgilangan miqdorda alohida ajratilib koʻrsatilishi shart. Bunda, Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining summasi koʻrsatilmagan toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka ijro uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi oy yakunida Maxsus hisobvaraqda jamlangan aksiz soligʻi summasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati bilan jalb qilingan kreditni soʻndirish uchun hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasining TIF Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasidagi MFO 00451, INN 201292107, 20210000300429574006 raqamli maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 12-kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlarni konvertatsiya qilish uchun yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvertatsiya qilingan mablagʻlar ikki bank ishi kunida Hukumat kafolati bilan jalb qilingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻsimlik (paxta) yogʻi sotishni amalga oshiruvchi korxonalar Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining bir qismini toʻgʻri hisoblanishiga qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻni ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasining maʼlumotiga muvofiq, har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi kafolati bilan jalb qilingan kreditlarni soʻndirilishi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini oʻtkazilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbariyati zimmasiga va ushbu mablagʻlardan foydalanishdagi javobgarlik “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi M. GʻOFUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 126-modda)