26.10.2004 yildagi 503-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “ELEKTR ENERGIYASI UZATISH MAGISTRAL TARMOQLARINI ZAMONAVIYLASHTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uzatish magistral tarmoqlarini zamonaviylashtirish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan qarzdan samarali foydalanilishini taʼminlash, shuningdek elektr energetikasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida “Elektr energiyasi uzatish magistral tarmoqlarini zamonaviylashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun toʻlov muddati 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil boʻlgan 70,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish yuzasidan Qarz bitimi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirish yuzasidan Loyiha bitimi tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida Elektr energiyasi sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisidagi bitimning imzolanishi Osiyo taraqqiyot banki bilan Qarz bitimi kuchga kirishining sharti hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi agent, qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va koʻrsatib oʻtilgan Loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha asosiy qarzni, vositachilik haqi va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani moliyalashtirish yoʻnalishlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektr energiyasi uzatish magistral tarmoqlarini zamonaviylashtirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash jadvali 2-ilovaga* muvofiq; .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektr energiyasi uzatish magistral tarmoqlarini zamonaviylashtirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini uch oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi zimmasiga Osiyo taraqqiyot banki qarzini realizatsiya qilish va oʻz vaqtida toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Qarz bitimiga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi Elektr energiyasi sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisidagi bitimni Hukumat nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Qarz va Loyiha bitimlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Loyihani amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun 7 shtat birligidan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhini belgilangan tartibda 4-ilovaga* muvofiq tashkil etsin, guruh faoliyati “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan, mazkur Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan, mazkur Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 26-oktabr,

503-son