Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.10.2004 yildagi 493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005—2009 YILLARDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINI MEBEL, ZAMONAVIY O‘QUV-LABORATORIYA ASBOB-USKUNALARI, KOMPYuTER TEXNIKASI VA SPORT ANJOMLARI BILAN JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, maktablarni davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan mebel, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashning yangi normativlari va mexanizmlariga o‘tish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktab mebeli va sport anjomlariga qo‘yiladigan yagona talablar, shuningdek davlat ta’lim standartlari bilan o‘zaro bog‘langan umumta’lim maktablarini mebel va o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash normativlari ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F—1910-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablarini mebel, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) 1—3-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda, Dasturga o‘qitish vositalari ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlarini, maktablarning qurilishi va mukammal rekonstruksiya qilinishi tugallanib amalda foydalanishga topshirilishini hisobga oluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumta’lim maktablarini 2005-yilda mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlashning aniq dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan tashqari Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, belgilangan tartibda ajratiladigan xorijiy kreditlar va grantlar Dasturni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablarini jihozlashning ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili 1-oktabrgacha kelgusi yilda umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlashning aniq dasturini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Maxsus komissiyaga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yillik aniq dasturlarni shakllantirishda har bir maktabning amalda moddiy-texnik ta’minlanganligi qat’iy hisobga olinsin hamda maktab mebeli, o‘qitishning texnik vositalari, ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, laboratoriya asbob-uskunalari, priborlar, kompyuter texnikasi va sport anjomlari asossiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493-son