Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-mart,
56-son
Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini metallurgiya va qimmatbaho metallar; mineral xomashyoni qidirish, qazib olish va qayta ishlash; mashinasozlik va elektrotexnika sanoati; safarbarlik va davlat zaxiralari; standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) metallurgiya va qimmatbaho metallar sohasida:
kon-metallurgiya korxonalarini rivojlantirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kon-metallurgiya korxonalarining ishlab chiqarish, loyiha-qidiruv va xoʻjalik faoliyatini tizimli, kompleks oʻrganishni tashkil etish;
metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va ishlatish, qimmatbaho metallarga davlat buyurtmasi eng muhim moddiy balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini hamda kelishib olinishini va ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
kon-metallurgiya ishlab chiqarishini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, tarmoq korxonalari uchun sotib olinadigan asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
respublikaning kon-metallurgiya sanoati korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
metallurgiya va qimmatbaho metallar sohasida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
metallurgiya tarmogʻi mahsulotlarining ichki va jahon bozorlariga kirib borishini tadqiq va tahlil qilishni tashkil etish;
b) mineral xomashyoni qidirish, qazib olish va qayta ishlash sohasida:
geologiya, kon qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
geologiya, kon qazib olish va qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish, loyiha-qidiruv va xoʻjalik faoliyatini tizimli, kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kon qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish hamda mineral-xomashyo bazasini kengaytirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish;
geologik-qidiruv, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, investitsiya loyihalarini, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
respublikaning kon qazib olish va qayta ishlash sanoati korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
geologiya tarmogʻi, kon qazib olish va qayta ishlash sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, tarmoq korxonalari uchun sotib olinadigan asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
uranni qazib olish va qayta ishlash, uran mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan uni jahon bozorida sotish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
geologik oʻrganish, noyob, rangli, kamyob yer metallari va uranni, shuningdek chuchuk va mineral yer osti suvlarini hamda foydali qazilmalarning boshqa turlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini qayta koʻpaytirishni taʼminlaydigan geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
geologiya, geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
geologiya, kon qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari uchun, ushbu sohadagi ilgʻor tajribadan foydalangan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash monitoringini amalga oshirish, shuningdek respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tahlil qilish;
v) mashinasozlik va elektrotexnika sanoati sohasida:
mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarini rivojlantirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublikaning mashinasozlik va elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish, loyiha-qidiruv va xoʻjalik faoliyatini tizimli, kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarini jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, koʻrsatib oʻtilgan tarmoq korxonalari uchun sotib olinadigan asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlash;
mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
tadqiqotlar oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish;
g) safarbarlik va davlat zaxiralari sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining safarbarlik va davlat zaxiralarini jamlash masalalariga tayyorligini tizimli oʻrganish va holatini tahlil etish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan olingan tovarlar va mahsulotlarning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borilishini va ishlarning ahvoli tahlil etilishini taʼminlash;
safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning toʻplanishi, saqlanishi va yangilanishini, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiy-sanoat komissiyasi qarorlarini bajarish ishlari muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini taʼminlash;
d) standartlashtirish va metrologiya sohasida:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash (muvofiqlikni baholash) tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash, shuningdek ularni xorijiy mamlakatlarning xalqaro va milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirishning ahvoli masalalari boʻyicha tizimli va kompleks monitoringni tashkil etish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash (muvofiqlikni baholash) sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, xalqaro standartlarni qoʻllash asosida, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirishni tahlil etish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash (muvofiqlikni baholash) sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borish va ishlarni muvofiqlashtirish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash (muvofiqlikni baholash) sohalarida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
eksport va import qilinayotgan tovarlar sifatini yuklab joʻnatishdan hamda tushirishdan oldin tekshirish bilan bogʻliq ekspert baholash tizimini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, metallurgiya va qimmatbaho metallar; mineral xomashyoni qidirish, qazib olish va qayta ishlash; mashinasozlik va elektrotexnika masalalari boʻyicha shuʼbalar, safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassis, standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis, shuningdek inspektor kiradi. Shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining va shuʼba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Shuʼba mudiri:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlar masalalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shuʼba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. Bosh mutaxassis:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini yaratishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida shuʼba mudiriga, Departament mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va shuʼba mudiriga, Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yetakchi mutaxassis:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri, shuʼba mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini yoqilgʻi-energetika kompleksini; kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:
uglevodorod xomashyoni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini barqaror va mutanosib rivojlantirish, raqobatbardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish strategiyasi va kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning eng muhim balanslarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqishni taʼminlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
neft va tabiiy gazni, ayniqsa Ustyurt mintaqasida va boshqa istiqbolli hududlarda qidirish va geologiya-razvedka ishlari amalga oshirilishi dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ushbu dasturlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
yagona texnika siyosati olib borilishini, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan hamda ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga doir takliflar tayyorlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Iqtisodiyot vazirligi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa manfaatdor organlari bilan birgalikda yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish, respublikaning yoqilgʻi-energetika kompleksida raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
neft mahsulotlari oʻrnini bosish uchun avtogaztoʻldirish kompressor va avtogazquyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ishlashga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish;
neft, gaz va koʻmir konlarini qazib olish va ulardan foydalanishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish;
koʻmir qazib olish uchun geologiya-qidiruv ishlari monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish, koʻmir konlarini qazishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish;
b) kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida:
kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalarini barqaror va mutanosib rivojlantirish, raqobatbardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish strategiyasi va kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar hamda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini, neft-kimyo mahsulotlarining boshqa turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini hamda kelishilishini taʼminlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
kimyo xomashyosi qazib olish uchun qidiruv va geologiya-razvedka ishlarini oʻtkazish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ushbu dasturlarning amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash;
yagona texnika siyosati olib borilishini, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan hamda ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga doir takliflar tayyorlash;
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy hamda istiqboldagi ehtiyojini tadqiq qilish va belgilash ishlarini muvofiqlashtirish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish; kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha shuʼbalar, shuningdek inspektor kiradi. Shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining va shuʼba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Shuʼba mudiri:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlar masalalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shuʼba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. Bosh mutaxassis:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini yaratishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida shuʼba mudiriga, Departament mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va shuʼba mudiriga, Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yetakchi mutaxassis:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri, shuʼba mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Apparatini qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; yerdan oqilona foydalanish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; atrof muhit muhofazasi; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:
qishloq xoʻjaligida, yerdan foydalanishda, suv xoʻjaligi kompleksida va atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
qishloqda fermerlik harakatining rivojlanishini, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, ekologik vaziyat, tabiatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi monitoringi va tahlilini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi, atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xoʻjalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli taʼminlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning suv xoʻjaligi tizimi faoliyat koʻrsatishi masalalarida oʻzaro hamkorlik qilishi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, suv xoʻjaligida boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
seleksiya va qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tizimini tahlil qilish va uni takomillashtirish, eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlar oʻzlashtirish, oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
fermer xoʻjaliklarini, shu jumladan lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning moliyaviy taʼminoti yuzasidan balansning oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
b) chorvachilikni rivojlantirish sohasida:
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
respublikada chorvachilikni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil etilishini taʼminlash;
chorvachilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
naslchilik ishlarini sifat jihatidan rivojlantirish, chorva mollarini sunʼiy qochirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga veterinariya xizmati koʻrsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish bazasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
chorva ozuqa ekinlari ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanishga doir takliflar ishlab chiqish;
pillachilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli ipak qurti urugʻini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
fermer xoʻjaliklarida va yakka tartibdagi sektorda qorakoʻlchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
v) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sohasida:
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
meva-sabzavot, vinochilik, yogʻ-moy, goʻsht-sut sanoati, shuningdek, donni qayta ishlash va omixta yem ishlab chiqarish korxonalari faoliyati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini hamda ularning rivojlantirilishini taʼminlash;
oziq-ovqat sanoati tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mazkur sohani rivojlantirish vazifalarining kompleks hal etilishini tashkil qilish;
ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va uzum, oziq-ovqat spirti, oʻsimlik yogʻi va oziq-ovqat doni ishlab chiqarish va ularni taqsimlash balanslarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqishni hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
g) paxtani qayta ishlash va yengil sanoat sohasida:
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini yengil sanoat tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil etish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar faoliyat koʻrsatishi sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxtani qayta ishlash tarmogʻida, yengil sanoatda, savdoda va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
jahon standartlariga javob beradigan yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, importning oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va koʻrgazmalarning isteʼmol tovarlari, aholini isteʼmol tovarlari va pulli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha marketing tadqiqotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini, pulli xizmatlar koʻrsatish sohasini takomillashtirish, savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo va xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlar rivojlanishi, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlari, shuningdek, tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan aholining ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, koʻrsatib oʻtilgan murojaatlar bilan axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoat masalalari boʻyicha shuʼbalar, shuningdek, inspektor kiradi. Shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va shuʼba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departamentning shuʼba mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Shuʼba mudiri:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda tarmoqlar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shuʼba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. Bosh mutaxassis:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida shuʼba mudiriga, Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va shuʼba mudiriga, Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yetakchi mutaxassis:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri, shuʼba mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 4-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova I boʻlimining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 2-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 117-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 35-36-son, 348-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)