O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-mart,
56-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; yerdan oqilona foydalanish; suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi; atrof muhit muhofazasi; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bo‘ysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:
qishloq xo‘jaligida, yerdan foydalanishda, suv xo‘jaligi kompleksida va atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
qishloqda fermerlik harakatining rivojlanishini, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, ekologik vaziyat, tabiatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi monitoringi va tahlilini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xo‘jalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning suv xo‘jaligi tizimi faoliyat ko‘rsatishi masalalarida o‘zaro hamkorlik qilishi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, suv xo‘jaligida boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
seleksiya va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tizimini tahlil qilish va uni takomillashtirish, eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlar o‘zlashtirish, o‘rmonlardan foydalanish, ularni qo‘riqlash va muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
fermer xo‘jaliklarini, shu jumladan lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning moliyaviy ta’minoti yuzasidan balansning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
b) chorvachilikni rivojlantirish sohasida:
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
respublikada chorvachilikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil etilishini ta’minlash;
chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
naslchilik ishlarini sifat jihatidan rivojlantirish, chorva mollarini sun’iy qochirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga veterinariya xizmati ko‘rsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarish bazasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
chorva ozuqa ekinlari ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanishga doir takliflar ishlab chiqish;
pillachilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli ipak qurti urug‘ini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarish, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
fermer xo‘jaliklarida va yakka tartibdagi sektorda qorako‘lchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
v) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sohasida:
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
meva-sabzavot, vinochilik, yog‘-moy, go‘sht-sut sanoati, shuningdek, donni qayta ishlash va omixta yem ishlab chiqarish korxonalari faoliyati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini hamda ularning rivojlantirilishini ta’minlash;
oziq-ovqat sanoati tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mazkur sohani rivojlantirish vazifalarining kompleks hal etilishini tashkil qilish;
ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirish masalalari bo‘yicha monitoringni ta’minlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishdagi sifat o‘zgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini to‘ldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va uzum, oziq-ovqat spirti, o‘simlik yog‘i va oziq-ovqat doni ishlab chiqarish va ularni taqsimlash balanslarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqishni hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
g) paxtani qayta ishlash va yengil sanoat sohasida:
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
ichki iste’mol bozorini yengil sanoat tovarlari bilan to‘ldirish masalalari bo‘yicha monitoringni ta’minlash hamda tahlil etish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar faoliyat ko‘rsatishi sohasidagi sifat o‘zgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxtani qayta ishlash tarmog‘ida, yengil sanoatda, savdoda va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
jahon standartlariga javob beradigan yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, importning o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va ko‘rgazmalarning iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o‘rganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlar rivojlanishi, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlari, shuningdek, tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan aholining ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
(7-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, ko‘rsatib o‘tilgan murojaatlar bilan axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
(7-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
9. Departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoat masalalari bo‘yicha shu’balar, shuningdek, inspektor kiradi. Shu’ba tarkibiga shu’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va shu’ba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning shu’ba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Shu’ba mudiri:
shu’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shu’baga birkitilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va respublika hududlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;
qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosda monitoringi olib borilishini ta’minlaydi;
mutaxassislarning, Departamentning va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni o‘rganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;
mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, shu’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Departament mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
17. Shu’ba mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shu’ba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shu’ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shu’ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shu’ba mudiri bilan kelishgan holda o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 4-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova I bo‘limining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 2-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 117-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 35-36-son, 348-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)