Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.2004 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI IShTIROKIDA AMALGA OShIRILAYOTGAN “TOZA SUV, SANITARIYA VA AHOLI SALOMATLIGI” LOYIHASINI ROʻYoBGA ChIQARISh SAMARADORLIGINI OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini roʻyobga chiqarishda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va xorijiy maslahatlashuv kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratning susaytirib yuborilganligi tufayli kredit mablagʻlaridan samarasiz foydalanishga yoʻl qoʻyilgan, buning natijasida respublika manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi Loyihani birgalikda amalga oshirishda qatnashishdan oʻzlarini chetga olishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasi boʻyicha xorijiy kreditlarni oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan barcha kontraktlar xatlovdan oʻtkazilganligi, Loyihaning joriy holati baholanganligi va yakuniy hisob-kitob qilishda ilgari xorijiy maslahatchilarga asossiz toʻlangan kredit mablagʻlari ushlab qolinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha sotib olinadigan asbob-uskunalar roʻyxati respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar importi chiqarib tashlangan holda maqbullashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz mablagʻlarining harakatini moliyaviy hisobga olish va nazorat qilishning milliy va xalqaro moliya hisobotlari standartlari talablariga muvofiq boʻlgan tizimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ijrochi agent etib belgilansin, unga koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, loyiha boʻyicha tugallangan obyektlarni foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qabul qilib olish uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat boʻlgan yuridik shaxs sifatidagi Loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankida Loyihaning maxsus hisob raqamini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Loyihani amalga oshirish guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtiruvchi xalqaro tashkilotlar tartibotlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Loyihani va kredit mablagʻlarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlaridan qarz bitimlari va Hukumat qarorlarida Loyihaning belgilangan maqsadlariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlarining sifati va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, koʻrsatkichlarda kontraktlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlar oʻrtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda pudrat tashkilotlariga oʻz vaqtida eʼtiroz va reklamatsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini nazorat qilish va malakali mahalliy mutaxassislar — muhandislar va guruhning shtatdagi xodimlari tomonidan qurilishning borishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlarining moliyaviy hisobini yuritish va amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid hujjatlarini tayyorlashda va takliflarni baholashda tender komissiyasi ishida qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Loyihani amalga oshirish guruhi xodimlari Loyiha boshqarilishi va mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek qurilish ishlari texnik nazorat qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlarni, shuningdek loyihaning yillik budjetini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan zarur tovarlar, ishlar va xizmatlar roʻyxatining maqsadga muvofiqligi va samaradorligini kompleks tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlari hisobiga tuziladigan kontraktlar boʻyicha bajariladigan ishlarning muddatlari va sifati, shuningdek ularning samaradorligi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha amalga oshirilishi va Loyiha mablagʻlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini qatʼiy va tizimli nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi kengashga bajariladigan ishlarning xususiyati va hajmi oʻzgarishiga koʻra Loyihani amalga oshirish guruhining shtat jadvaliga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Xorazm viloyati hokimi Loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishida amaliy ishtirok etishni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar, Muvofiqlashtiruvchi kengashga Loyiha mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha asoslangan takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Qizketgan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qarorining 8-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini amalga oshirish guruhining
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-yanvardagi
17-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini
amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Rozuqulov U.U — Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, kengash raisi‎ ‎
2.‎ Hasanov S.S.‎ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎‎
3.‎ lavozimiga koʻra — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi
4.‎ Saidov K.S.‎ — “Oʻzkommunxizmat” agentligi direktori oʻrinbosari‎‎
5.‎ Karimov A.Sh.‎ — Moliya vazirligining investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi ‎‎
6.‎ lavozim boʻyicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
‎ vazirligi boshqarmasining boʻlim boshligʻi‎‎
7.‎ Yakushin A.I.‎ — “Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi direktori‎‎
8.‎ lavozimiga koʻra ‎ — Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, kotibiyat mudiri‎‎
9.‎ Yoʻldoshbekov D. ‎ — Iqtisodiyot vazirligining boʻlim boshligʻi ‎‎
10.‎ lavozimiga koʻra ‎ — Loyihani amalga oshirish guruhi direktori, kengash kotibi‎‎
11.‎ lavozimiga koʻra ‎ — xizmat koʻrsatuvchi bank rahbari‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.