OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SAVDO FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN TOVAR OPERATSIYALARI VA DAROMADLARNI HISOBGA OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-martda 1197-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-noyabrdagi 165, 151 va 2017-68-sonli “Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2958, 29.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 407-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 179-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 20-dekabrdagi 139, 2-0-9/26, 2002-92-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalari va daromadlarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 8-yanvar, roʻyxat raqami 1197 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
84-son
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
10-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
2006-41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 103-modda)