Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.12.2004 yildagi 598-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING 50 YILLIGI YUBILEYINI NISHONLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mamlakatimiz fanini, taʼlimning milliy tizimini rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlarni tarbiyalashdagi hissasini hisobga olib, shuningdek Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligining 2005-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 50 yilligi yubileyini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 50 yilligi yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yubileyini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov) quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 50 yilligi yubileyiga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni tantanali nishonlash tadbirlarini yuksak tashkiliy darajada oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning aloqa va axborotlashtirish sohasidagi fan va texnikasi yutuqlarini yoritish, respublikada axborot-kommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga, mamlakatni jahon axborot makoniga integratsiyalashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatining mohiyatini keng tushuntirish boʻyicha tashkiliy-targʻibiy tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirishning dolzarb muammolariga bagʻishlangan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari, respublika maktab oʻquvchilari va talabalari oʻrtasida dasturlashtirish boʻyicha chempionatlar, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida eng yaxshi dasturiy ishlanma uchun tanlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining kompyuter boʻyicha savodxonligini oshirish televizon kurslarini tashkil etish, havaskorlik radiotoʻgaraklarini va axborot texnologiyalari klublarini tashkil etish va tashkiliy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularga maktab oʻquvchilari, yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan Sihat-salomatlik yili doirasida, taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonida va tibbiyot xodimlari malakasini masofadan turib oshirishda, tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga texnik va dasturiy xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi “Amaliy informatika” va “Biotexnika tizimlari” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda foydalanish uchun tibbiyot muammolariga oid multimediya elektron darsliklar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejada nazarda tutilgan yubiley tadbirlarini oʻtkazishga respublikaning keng jamoatchiligini, talaba yoshlarni, taniqli olimlarni, madaniyat va sanʼat arboblarini, aholi oʻrtasida eng mashhur boʻlgan ijodiy jamoalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kadrlar tayyorlashga va Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan, alohida oʻrnak koʻrsatgan mutaxassislarini, oʻqituvchilarini hukumat mukofotlari bilan mukofotlash va taqdirlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida yangi oʻquv-laboratoriya korpusi qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining oʻquv-laboratoriya korpusi loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va uni qurish 2005—2006-yillarda davlat budjeti mablagʻlari hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot vazirligi (R.S. Azimov) va Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi oʻquv-laboratoriya korpusi qurilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi (R.M. Shoabdurahmonov) Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, universitetning oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish, shuningdek universitet hududini obodonlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.”Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.B. Hazratqulov)ga ommaviy axborot vositalarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 50 yilligi yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish, Oʻzbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va aloqa tizimlarini rivojlantirishga bagʻishlangan materiallarni, teleradioeshittirishlar turkumini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yubileyini nishonlash boʻyicha tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
598-son