Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
URUGʻLIK DONNI QABUL QILISh, TAYYORLASh, DORILASh, TARQATISh VA SIFATINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-fevralda 1499-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 95-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 20-iyuldagi 160-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (2005-yil 29-iyul, roʻyxat raqami 1499) ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari O. Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-fevral,
19-son
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 50-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“50. Urugʻlik don yetishtiruvchilari tomonidan topshirilgan urugʻlik mahsulotlarni xarid qilishda, don qabul qilish korxonasi laboratoriyasi tomonidan urugʻlik mahsulotdan konditsion urugʻlik va ikkinchi darajali mahsulot, yaʼni don chiqindisining (1000 dona urugʻlik donning ogʻirligi va namligini hisobga olgan holda) chiqish foizi aniqlanadi.”.
2. 100-banddagi “(91-sonli shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-martdagi 137-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnoma)” soʻzlari “(91-shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 107-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Navli urugʻlarning har bir turkumini berishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
a) Urugʻlikka attestat (86-shakl) — barcha oʻsimliklarning elita urugʻiga va superelitasiga, shuningdek makkajoʻxorining oʻzidan-oʻzi changlangan liniyalari urugʻiga;
b) Urugʻlikka guvohnoma (85-shakl) — qolgan barcha reproduksiyalar urugʻiga;
v) Makkajoʻxorining gibrid urugʻlariga guvohnoma (84-shakl) — makkajoʻxorining gibrid urugʻlariga.”.
4. 109-banddagi “(21-son shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-martdagi 137-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnoma)” soʻzlari “(21-shakl, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar kelishilgan:
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari B. AShRAFXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-fevral
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-fevral
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-fevral
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-fevral
“Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” boshligʻi A. ABDUSATTAROV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-fevral
“Oʻzdavdoninspeksiyasi” boshligʻi R. AKBAROV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-fevral
RATB “Gʻallabank” boshqaruvi raisi Sh. TOShMURODOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 88-modda)