Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. “Oʻzkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat uy-joy fondini saqlash qoidalari loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-mart,
43-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joylarni uy-joy shirkatlari boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash, tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 60-modda):
1) qaror nomidagi va 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlardagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” va “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 2-ilovada:
a) ilova nomidagi, kirish qismidagi va 1-bobning nomidagi “uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.1. Xususiy uy-joy mulkdorlarini birlashtiruvchi hamda ularning manfaatlarini ifodalash huquqini olgan shirkatlar tashkil etilganda shirkat xususiy uy-joy mulkdorlarining roziligi va ularning topshirigʻiga koʻra koʻp kvartirali uy (uylar)dagi binolarni boshqarishni oʻz zimmasiga oladi”.
v) 1.2-bandning toʻrtinchi xatboshi va 1.3-band chiqarib tashlansin;
g) 1.4-band 1.3-band deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.3. Shirkat balans saqlovchi funksiyasini bajargan holda uyning texnik hujjatlarini yuritadi, uni balansda hisobga oladi. Bunda turar joy va turar joyga moʻljallanmagan maydonlar hisobi alohida yuritiladi”;
1.5-band 1.4-band deb hisoblansin;
d) 2-bobning nomidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 2.1 va 2.3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
z) 2.2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
i) 2.4 va 2.5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.4. Mulkdorlardan biri davlat hokimiyati organlari hisoblangan uylarda davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondi mulkdori bilan boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati oʻrtasida tuziladigan shartnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
2.5. Quyidagilar uy-joy fondini boshqarish yuzasidan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
boshqarish amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkining tarkibi hamda uyning manzili;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotning koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari umumiy mol-mulkini, unga yondosh yer uchastkasini obodonlashtirish elementlari bilan birga saqlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori;
koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini berish tartibi;
boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish tartibi”;
k) 2.7-banddagi “bitim boʻyicha oʻz mulkida boʻlgan uy-joylarning umumiy maydoniga teng xarajatlar ulushini” soʻzlari “shartnoma boʻyicha uyning umumiy maydonida ularning mulki boʻlgan binolar maydoniga mutanosib miqdorda xarajatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 2.11-banddagi “uy-joyni saqlash va tuzatish masalasi boʻyicha imorat joylashgan joydagi mulkchilikning istalgan shaklidagi tuzatish, foydalanish tashkiloti bilan bitim” soʻzlari “boshqaruvchi (ijro etuvchi direktor), boshqaruvchi tashkilot yoki tegishli xizmat koʻrsatuvchi va tuzatish tashkilotlari bilan shartnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) izoh va ilova chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 780-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda):
1-ilova 9-bandining yettinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda):
1) 1-ilovada (Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom):
a) 5-banddagi “uy-joylardan foydalanish hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan” soʻzlari “uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “uy-joylardan foydalanish hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan” soʻzlari “uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “taʼmirlash-foydalanish ishlarini” soʻzlari “taʼmirlash ishlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “foydalanish” soʻzlari tegishli ravishda “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “taʼmirlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “foydalanish” soʻzi “taʼmirlash” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi xatboshida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan, “foydalanish” soʻzi “saqlash” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 9-bandda:
oltinchi xatboshidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan” soʻzlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “foydalanish va kommunal xizmatlarning” soʻzlari “xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari, shuningdek kommunal xizmatlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) vaqtinchalik nizomga 1-ilovada:
ilovaning nomidagi “Uy-joy (kvartira)ga texnik xizmat koʻrsatish” soʻzlari “Uy-joy (kvartira)ni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.1-bandning uchinchi xatboshidagi “uy-joylardan foydalanish xizmati va kommunal xizmatlar” soʻzlari “uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4.3-bandga “muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda” soʻzlari qoʻshilsin;
e) vaqtinchalik nizomga 2-ilovada:
ilovaning nomidagi va kirish qismidagi “uy-joyni taʼmirlash va undan foydalanish korxonasi” soʻzlari “xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan” soʻzlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “foydalanish va kommunal xizmatlarning” soʻzlari “xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish ishlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “uy-joydan foydalanish xizmatlarini” soʻzlari “boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 2-ilovada (Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom):
a) oʻzbek tilidagi matnning 2-bandi birinchi xatboshida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan;
b) 7-bandda:
“e” kichik bandidagi “taʼmirlash-foydalanish tashkilotiga va tegishli avariya xizmatiga” soʻzlari “tegishli avariya-taʼmirlash xizmatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“j” kichik bandidagi “taʼmirlash-foydalanish tashkilotlari vakillarining” soʻzlari “tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Turar joylarning yashash uchun moʻljallanmagan joylarini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash hamda tashqi tomonini obodonlashtirish, shuningdek uy atrofidagi hududga sanitariya xizmati koʻrsatish va unga qarash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi”;
g) 9-bandda:
“v” kichik bandidagi “taʼmirlash-foydalanish tashkilotlarining” soʻzlari “avariya-taʼmirlash xizmatlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xususiy uy-joy shirkatlari tomonidan amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarda ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan xarajatlar bevosita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari (yollovchilari, ijaraga oluvchilari) tomonidan qoplanadi”;
d) oʻzbek tilidagi matnning 11-bandida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan;
e) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) oʻzbek tilidagi matnning IV boʻlimi nomida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan;
z) oʻzbek tilidagi matnning 13-bandida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan, ushbu banddagi “texnik foydalanish qoidalari va normalarini” soʻzlari “xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning belgilangan standartlari, norma va qoidalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) oʻzbek tilidagi matnning 15-bandida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan;
k) Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilova nomida “turar joy” soʻzlaridan foydalanilmagan.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 23-modda):
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
g) 1-ilovaning kirish qismidagi “Uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda) ilovaning 9-bandining “v” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 4-modda) ilovaning V boʻlimida:
a) boʻlimning nomidagi va 7-bandning birinchi xatboshidagi “taʼmirlash-foydalanish xarajatlari” soʻzlari “umumiy xarajatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “taʼmirlash-foydalanish xarajatlari” va “texnik xizmat koʻrsatish va uy-joyni taʼmirlashga”, “saqlash va undan foydalanish xarajatlariga” soʻzlari tegishli ravishda “umumiy xarajatlar” va “uy-joyni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlashga”, “saqlash xarajatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “texnik xizmat koʻrsatish” soʻzlari “boshqarish” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 35-son, 382-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 4-modda) ilovaning 1-bandidagi, 4-bandining “a” va “b” kichik bandlaridagi, 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 6-bandining ikkinchi xatboshidagi, 7-bandining ikkinchi xatboshidagi, 9-bandidagi, 12-bandining uchinchi xatboshidagi, 15-bandining ikkinchi xatboshidagi hamda 19-bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “uy-joy mulkdorlari shirkatini”, “uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari tegishli ravishda “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini”, “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda, 35-son, 382-modda; 2017-y., 31-son, 780-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)