02.08.2005 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RAGʻBATLANTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmonini bajarish yuzasidan va chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida investitsiya shartnomasi tuziladi va shartnoma keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan
kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF — 3594-son Farmoniga muvofiq “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi toʻrtinchi qismi bilan chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni (keyingi oʻrinlarda matnda kafolat deb yuritiladi) qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Keyingi qonun hujjatlari munosabati bilan investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda investitsiyalash paytida amal qilgan qonun hujjatlarini oʻn yil mobaynida qoʻllash toʻgʻrisidagi kafolat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorga toʻlanadigan dividendlar shaklida olinadigan daromadga solinadigan soliq miqdori (stavkalar) koʻpayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadi (foydasi)ni repatriatsiya qilish tartib-qoidasini murakkablashtiradigan yoki uning miqdorini kamaytiradigan qoʻshimcha talablar joriy etilishi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmaganda va bankrotga uchraganda yoki kreditorlarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan jinoiy qilmish yoki maʼmuriy huquqni buzishlar, yoxud sud yoki hakamlik qaroriga muvofiq bunday repatriatsiyani toʻxtatib turish zaruriyati hollarida kamsitmasdan qonun hujjatlarini qoʻllash shartlarida chet ellik investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilish davlat tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga miqdoriy cheklashlar va investitsiyalar miqdori boʻyicha, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish shaklidagi boshqa qoʻshimcha chora-tadbirlar joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalarining ustav fondlarida chet ellik investorning ulushli qatnashishi boʻyicha cheklashlar joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirishning qoʻshimcha tartib-qoidalari, shuningdek chet el investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilishi hollarida qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq quyidagilar chet ellik investorlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlar oʻrtasidagi bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kafolatning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tashkil etilganda — korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk, ulushlar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emitatsiya qilingan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olinganda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan turar joy binolariga mulkchilik huquqi, shuningdek yerga va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi (shu jumladan ijara asosida) mulkchilik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlaydigan hujjat kuchga kirgan sanadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulkka huquqlar qoʻshilganda, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, shuningdek amaliy obroʻ (gudvill) ham shu jumlaga kiradi — intellektual mulkka huquqlar qoʻshilishini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni razvedka qilish, qazish, qazib chiqarish yoxud foydalanishga konsessiyalar sotib olinganda - konsessiya shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan tuzadigan investitsiya shartnomasida bir vaqtning oʻzida mustahkamlanadigan investitsiyalashda — shartnoma kuchga kirgan sanadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllardagi investitsiyalashda — chet ellik investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilishini tasdiqlaydigan hujjat kuchga kirgan sanadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomning 2-bandida sanab oʻtilgan investitsiyalash shartlari yomonlashishining har qanday turlari boshlangan taqdirda chet ellik investor tegishli vakolatli organni kafolat qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan davlat tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda xizmat koʻrsatuvchi banklar chet ellik investor tomonidan kafolat qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qilinadigan vakolatli organlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bildirishnoma yozma shaklda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorga toʻlanadigan dividendlar shaklida olinadigan daromadga solinadigan soliq miqdori (stavkalar) koʻpaygan taqdirda — korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari chet ellik investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadi (foydasi)ni repatriatsiya qilish tartib-qoidasini murakkablashtiradigan yoki uning miqdorini kamaytiradigan qoʻshimcha talablar joriy etilgan taqdirda — xizmat koʻrsatuvchi bankka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni amalga oshirish hajmlariga miqdoriy cheklashlar va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish, respublika korxonalarining ustav fondlarida chet ellik investorlarning ulushli qatnashishi boʻyicha cheklashlar shaklidagi talablar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilgan taqdirda — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan tegishli davlat tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirishning qoʻshimcha tartib-qoidalari joriy etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va (yoki) Ichki ishlar vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari beradigan investitsiya shartnomasi mavjud boʻlgan taqdirda investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan investitsiyalash shartlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuboriladi (beriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnoma investor tomonidan investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan qonun hujjati qabul qilingandan keyin istalgan vaqtda yuborilishi mumkin. Bildirishnomada chet ellik investor investitsiyalash shartlari yomonlashdi deb hisoblaydigan holatlar va kafolat amal qilishi muddati mobaynida oʻzi qoʻllash niyatida boʻlgan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet ellik investorning bildirishnomasi chet ellik investorga nisbatan vakolatli organ tomonidan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjati qoʻllanishi uchun asos hisoblanadi. Bildirishnoma, vakolatli organga yuborilishi sanasidan qatʼi nazar, investitsiyalash shartlarining yomonlashtiradigan qonun hujjati kuchga kirgan paytdan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ chet ellik investorning bildirishnomasiga rozilik bildirmagan taqdirda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi toʻrtinchi qismi va mazkur Nizom chet ellik investorga qoʻllanishining qonuniyligi toʻgʻrisidagi yuridik xulosa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi murojaat olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda tegishli vakolatli organga asoslangan xulosa yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ chet ellik investorga kafolat qoʻllanishining noqonuniyligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorga kafolat qoʻllanishi noqonuniyligi toʻgʻrisida Adliya vazirligining yuridik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda vakolatli organ davlat boji toʻlamasdan tegishli daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organning chet ellik investor bildirishnomasiga rozilik bildirmasligi, yuridik xulosa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va chet ellik investorga kafolat qoʻllanishining noqonuniyligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishi chet ellik investorga nisbatan kafolat qoʻllanishini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlari qabul qilinishi, ularga qoʻshimchalar kiritilishi yoxud ularning bekor qilinishiga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularning himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi
toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash
tartibi haqidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat qoʻllanishi haqida chet ellik investor tomonidan xabar berilishi sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berishda ular bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar bilan ularning qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berish bilan bogʻliq boʻlmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet ellik investorlarga kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror iqtisodiy oʻsishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy oʻzgartirishlarni taʼminlovchi ustuvor tarmoqlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xoʻjalik aloqalariga integratsiyalashni taʼminlovchi ustuvor loyihalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishga, aholini ish bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning har bir aniq holatida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda boʻlishi mumkin emas.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida investor bilan investitsiya shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda chet ellik investor (investorlar) oʻrtasida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va toʻlov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar obyekti va hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning, shu jumladan investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini taʼminlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifatining kafolatlangan darajasi, oʻzi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va koʻrsatadigan xizmatlari hajmi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, mehnat qonunchiligiga va texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatining boshqa sohalari boʻyicha huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari berish boʻyicha huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasining amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasining amal qilishini toʻxtatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va koʻrib chiqish joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab boshqa shartlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning mintaqaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning shartnomani bajarish natijasida oʻziga tegishli mahsulotni va olingan foydani (daromadlarni) Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqarish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari boʻlgan xodimlarni yollash va oʻqitish boʻyicha majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investorning investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallangandan keyin tashkil etilgan tashkilotning xodimlarini oʻqitish boʻyicha majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet ellik investor investitsiya shartnomasini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga quyidagilarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasining loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash) asosida bajarilgan asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasi loyihasining huquqiy ekspertizasi yuzasidan — Adliya vazirligining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlarga va (yoki) tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha ravishda soliq solish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan — Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi xulosalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi chet ellik investordan investitsiya shartnomasi loyihasini baholash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha materiallarni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chet ellik investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya shartnomasi loyihasi va boshqa materiallar investitsiya shartnomasi loyihasi olingan kundan boshlab oʻn toʻrt ish kuni mobaynida vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zarurat boʻlgan taqdirda, investitsiya shartnomasi qoidalarini kelishib olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda chet ellik investor (investorlar) oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chet ellik investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investitsiya shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish uchun kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻlsa investitsiya shartnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli band investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi)ni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar investitsiya shartnomasida soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berish nazarda tutilsa bunday shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chet ellik investor bilan investitsiya shartnomasi uni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chet ellik investor investitsiya shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning chet ellik investor tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizomning amal qilishi u kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomasini tuzish va amalga oshirish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 232-modda; 2006-y., 28-29-son, 270-modda; 2016-y., 40-son, 469-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2020-y., 09/20/264/0530-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)