26.06.2006 yildagi O‘RQ-38-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MUDOFAA TOʻGʻRISIDA”GI, “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI, “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIDAGI XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 16-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi 641-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan 211-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 80-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati taʼminlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni qurish, qoʻllash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga moʻljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar olib borish toʻgʻrisida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish toʻgʻrisida, shuningdek Qurolli Kuchlarni oʻzlariga bevosita taalluqli boʻlmagan vazifalarni bajarishga jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni oʻtash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini rezervga va muqobil xizmat xizmatchilarini zaxiraga boʻshatish toʻgʻrisida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni harbiy yigʻinlarga chaqirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, fuqarolarni safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlikdan boʻshatish toʻgʻrisida farmonlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini, oliy taʼlim muassasalari qoshida harbiy taʼlim fakultetlarini, shuningdek harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy taʼminoti masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va taʼminlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻlar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Mudofaa” degan soʻz “Moliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 16-moddaning oltinchi — oʻn birinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlik taʼlimidan oʻtmagan talabalar taʼlim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalari yoʻnalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, agar bu taʼlim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalari tashkil etilgan boʻlsa, mazkur taʼlim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining koʻmagida zarur oʻquv-moddiy bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga ofitserlarni oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining oʻqituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy taʼlim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 19-moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlar “Prezidentining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 20-moddaning ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 32-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining”, “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar tegishincha “Prezidentining”, “Prezidenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 33-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va oʻtkazish esa tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda oʻtaydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shugʻullanishi mumkin boʻlgan ishlar va kasblarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 41-moddaning birinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlar “Prezidentining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 49-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining”, “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar tegishincha “Prezidentining”, “Prezidenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi 478-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 65-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-moddaning uchinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 8-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 9-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 11-moddaning oltinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 12-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 13-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 17-moddaning birinchi va oltinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi uchun qabul qilingan, ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga oʻtkazilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli hujjatlar qabul qilinguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-38-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)