Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mikromoliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mikromoliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish, mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq respublika hududida mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
2007-yil 1-apreldan boshlab respublika hududida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasisiz mikrokredit tashkilotlari faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlari faoliyati amalga oshirilishi huquqiga ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlari faoliyati amalga oshirilishi huquqiga litsenziya berilganligi uchun toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni xatlovdan oʻtkazishni 2007-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda tugallasin va ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli litsenziya bersin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda mintaqalar boʻyicha maqsadli yoʻnalishlarni nazarda tutadigan 2007-2008-yillarda mikrokredit tashkilotlari tarmogʻini barpo etish va kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga mikrokredit tashkilotlariga soliq solish xususiyatlarini aniqlashtirish yuzasidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
5. Vazirlar Mahkamasining ““Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” boʻlimi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikrokredit tashkilotlari faoliyati”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-fevral,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 68-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)