Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
HISOB-KITOBLAR MAʼLUMOTNOMASINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-aprelda 1137-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 22-dekabrdagi 35/4, 01-02/19-47-sonli “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1137-4, 27.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahriri), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq respublikaning turli hududlaridan bitta shartnoma asosida eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirilishini soddalashtirish va valyuta nazoratini tartibga solish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2002-yil 22-apreldagi 215-V va 02/19-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1137 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 9-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruv raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-mart,
215-B-1-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-mart,
01-02/ 19-3-son
Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat
bojxona qoʻmitasining 2006-yil 11-martdagi
215-V-1, 01-02/19-3-sonli qaroriga
ILOVA
bojxona qoʻmitasining 2006-yil 11-martdagi
215-V-1, 01-02/19-3-sonli qaroriga
ILOVA
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Hisob-kitoblar maʼlumotnomasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi bank kafolatli yoki eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi mavjud boʻlganda yoki oldindan haq olinganda yoxud joʻnatilayotgan mahsulot summasiga akkreditiv ochilganda, shartnomani hisobga olish uchun qabul qilgan bank muassasasi tomonidan ikki nusxada toʻldiriladi. Bir nusxasi mijozga beriladi, ikkinchisi esa bankda qoladi.
Eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda bojxona organlariga hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
Eksport qilinayotgan tovarni rasmiylashtirayotgan bojxona postining mansabdor shaxsi hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning nusxasi orqasiga bojxona yuk deklaratsiyasining tartib raqami, eksport qilinayotgan tovarning miqdori va qiymatini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi va ularni shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi. Hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli deklarantga qaytarib beriladi, uning nusxasi esa bojxona organida qoladi.
Bitta hisob-kitoblar maʼlumotnomasi qiymati doirasida tovarlar bir nechta partiyalarda eksport qilingan holatda, eksport qilinadigan tovarlarning har bir partiyasining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda eksport qilinadigan tovarlarning ikkinchi va keyingi partiyalarini bojxonada rasmiylashtirishda hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning nusxasi orqa tarafidagi bojxona organlarining yozuvlari bilan, korxona rahbari tomonidan ham orqa tarafi tasdiqlanadi va bojxona organlariga taqdim qilinadi.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshida “chiqarilayotgan tovarlar” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, bir nechta partiyalarda chiqarilayotgani” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 145-modda)