Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR HAMDA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 394-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 10-modda:
ikkinchi bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlab chiqarish (mahsulotlar va mollar), savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilib qoʻygan, shuningdek birjada oʻzining brokerlik oʻrniga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga birja pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olishga, muassisi boʻlishga haqli emas.
Birja savdolarini samarali oʻtkazishga koʻmaklashuvchi hamda birja infrastrukturasini (konsalting, targʻibot va boshqa xizmat turlari) tarkib toptiruvchi korxonalar uchun birja muassis boʻlishi mumkin”.
2. 31-modda:
birinchi bandidagi “hakamlik sudlari yoki xalq sudlari” degan soʻzlar “sudlar yoki xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandidagi “tegishli hakamlik” degan soʻzlar “tegishli xoʻjalik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 32-modda:
uchinchi bandining ikkinchi xatboshisi “toʻgʻrisida” degan soʻzdan keyin “yozma yoki ogʻzaki ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi bandining uchinchi xatboshisidagi “500 ming soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining 200 hissasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “50 ming soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining 20 hissasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarimalar nazorat idoralari tomonidan daʼvo bildirish tartibiga rioya etmagan holda sudga yoki xoʻjalik sudiga daʼvo taqdim etish orqali undiriladi”;
toʻrtinchi bandidagi “hakamlik sudida yoki xalq sudida” degan soʻzlar “sudda yoki xoʻjalik sudida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 22-moddaning birinchi qismi “Ijara korxonasining ustavida” degan soʻzlardan keyin (“Davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalaridan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 32-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijarachi ijaraga olingan korxonaning qarzlari boʻyicha:
oʻz mol-mulki bilan (davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalari uchun);
oʻz mol-mulki hamda ijarachi jamoa aʼzolarining shaxsiy mol-mulki bilan (jamoa mulkiga, xususiy mulkka asoslangan ijara korxonalari uchun, shuningdek yakka tartibda yoki guruh boʻlib ijara sharoitida mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun), ular yetarli boʻlmagan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va hajmlarda javobgar boʻladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III va IV boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
922-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)