Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019 21.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1044-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIJOZLARGA HISOBVARAQLAR OChISh, ULARNING HISOB-VARAQLARIGA PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA KIRITISh VA HISOBDAN ChIQARISh, ISh HAQI VA QONUN HUJJATLARIDA BELGILAB QOʻYILGAN BOShQA EHTIYOJLAR UChUN NAQD PUL MABLAGʻLARINI BERIShNING OʻRNATILGAN TARTIBLARINI BUZGANLIKLARI UChUN TIJORAT BANKLARIGA JARIMA SANKSIYALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-fevralda 1044-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/12-sonli ““Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1044-3, 25.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2006-yil 7-fevraldagi 18-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga (2001-yil 30-iyun, roʻyxat raqami 1044 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 12-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining
2006-yil 15-fevraldagi
4/4-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizomning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2006-yil 7-fevraldagi 18-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Qonunchilikda oʻrnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron toʻlovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron toʻlovlarni qaytarishning oʻrnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron toʻlovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida oʻrnatilgan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek, kechiktirilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 58-modda)