O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2007-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 18 DEKABRDAGI PQ-532-SON QARORI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 29-yanvardagi 20-son qaroriga
ILOVA
2007-yil 29-yanvardagi 20-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar to‘xtash joylarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 4.4-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududlari bo‘yicha o‘tishi uchun yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 10-oktabrdagi 391-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 65-modda) 1-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarori” so‘zlari “qonun hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4—6-son, 42-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)