31.10.1990 yildagi 152-XII-son
Hujjat 23.11.1990 sanasi holatiga
Hujjat 15.09.2017 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TOʻGʻRISIDA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkchilik munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun bilan hamda ularni rivojlantirish yuzasidan jumhuriyat nomidan chiqarilgan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR”, “Qoraqalpogʻiston MSSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Mulkiy huquq
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanidan qati nazar, fuqaroga amaldagi qonunlar koʻzda tutgan mehnat haqi berish va mehnat sharoitlar yaratish, shuningdek boshqa ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar taʼminlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
2-modda. Mulkiy huquq obyektlari
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyati;
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilab beriladi.
4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
3-modda. Mulkiy huquq subyektlari
Oʻzbekiston Respublikasida davlat jumhuriyat fuqarolari, kollektivlar, ularning uyushmalari, Kollektiv va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshqa birlashmalari, xalq deputatlarining barcha Sovetlari ularning oʻzi vakil qilgan organlar siymosida, ajnabiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin.
4-modda. Mulk shakllari
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi:
fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
kollektiv (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining, konsern (konsorsium) larning, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar mulki, turli xoʻjalik birlashmalari va uyushmalar mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
jumhuriyat, jumhuriyatlararo, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, maʼmuriy-territorial tuzilmalar (kommunal) mulkidan iborat davlat mulki;
aralash mulk;
qoʻshma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
5-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish
1. Yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.
Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Fuqarolar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar.
Fuqarolarning qarz beruvchilar daʼvolariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
II BOʻLIM. FUQAROLARNING MULKIY HUQUQI
6-modda. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning mulki yakka tartibdagi mulk: shaxsiy xususiy mulkdan iborat boʻladi. Mulkning bu shakllari fuqarolarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtirokidan, oʻz xoʻjaligini yuritishdan hamda kredit muassasalariga qoʻyilgan mablagʻdan olgan daromadlari, aksiyalardan va boshqa qimmatli qogʻozlardan, meros boʻyicha yoki qonun yoʻl qoʻyadigan boshqa asoslarga muvofiq vujudga keladi va koʻpayib boradi.
2. Fuqaro mehnat shartnomasiga binoan oʻzi ishlab turgan korxona, boshqa xoʻjalik tashkiloti mol-mulkiga mulkdorning roziligiga asosan oʻz pulini yoki boshqacha hissasini qoʻshishga va bunday korxonaning olgan foydasini (daromadini) taqsimlashda shu hissa miqdorini hisobga olgan holda qatnashishga haqlidir.
3. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik, bogʻdorchilik-polizchilik xoʻjaligi yuritish, uy-joy binolari qurish va ularga qarab turish, qonunda koʻzda tutilgan boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun fuqarolarga umrbod egalik qilish meros qilib qoldiriladigan yer beriladi.
4.Fuqarolarning mol-mulkni umrbod meros qilib olish huquqi eʼtirof etiladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
7-modda. Fuqarolarning shaxsiy mulki
1. Uy-joylar, dala hovlilar, bogʻ uylari, yer uchastkasidagi dov-daraxtlar, uy hayvonlari, transport vositalari, pul mablagʻlari, uy-roʻzgʻor va shaxsiy isteʼmol buyumlari, shaxsiy yordamchi xoʻjalikni yuritish, bogʻdorchilik, polizchilik uchun kerakli mol-mulklar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek isteʼmol va ishlab chiqarish xarakteriga ega boʻlgan boshqa mol-mulk fuqarolar mulki boʻlishi mumkin.
Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati — ish kuchiga faqat oʻzi egalik qiladi. U bu huquqni mustaqil ravishda yoki mehnat shartnomasi asosida amalga oshiradi.
2. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurilish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan xonadon, dala hovli, garaj, boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach, shu mol-mulkning egasi huquqini oladi.
Davlat va jamoat uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan kishi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli xonadon yoki uyni sotib olish huquqiga egadir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, uning yuzasidan qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
8-modda. Xususiy mulk
Xususiy mulk daromad olish maqsadida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini ifodalaydi.
Har qanday shakldagi xususiy mulk mulkdorning bevosita ishlab chiqarish jarayonida oʻz mehnatidan foydalanish yoki yollanma mehnatni qoʻllashlikka asoslanadi. Xususiy mulk davlat, kooperativ yoki boshqa korxonalarni mulkini toʻliq yoki qisman sotib olishlikka, ijara mulkini sotib olish, yoki qonun yoʻl qoʻygan asosda egalik qilishlikdan iborat.
Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
III BOʻLIM. KOLLEKTIV (SHIRKAT) MULKI
9-modda. Umumiy qoidalar
1. Kollektiv (shirkat) mulki oila, mahalla mulki, shuningdek kooperativlar mulkini, ijaraga olingan aksiyali hamda kollektiv korxonalarining mulkini, ijtimoiy va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va uyushmalarning hamda yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi.
2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar, aksiyadorlar jamiyati va boshqa xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan taʼminlanadi.
3. Kollektiv mulkining turli shakllariga berilmaydigan korxonalar va ishlab chiqarishlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan aniqlanadi.
10-modda. Oilaviy mulk
Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oilaning yashashi uchun oila aʼzolarining birgalikdagi ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, faoliyat uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotni oʻz ichiga oladi.
Oilaviy mulk huquqi oʻz subyektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan shaxsiy va xususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
11-modda. Mahalla mulki
1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlangʻich boʻgʻinlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ixtiyoriy toʻlovlari va moddiy yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moliyaviy mablagʻlar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar — mahalla mulkini toʻla xoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
12-modda. Kooperativ mulk
1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.
2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yoxud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavida nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi.
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.
13-modda. Ijaraga olingan korxona mulki
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablagʻi hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir.
Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi aʼzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻgʻrisidagi Qonuni asosida belgilanadi.
14-modda. Kollektiv korxonasining mulki
1. Kollektiv korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivining mulkiga oʻtgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda koʻzda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.
Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.
2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qoʻshgan hissalar belgilab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi.
Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korxona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi.
Korxona bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi.
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi.
15-modda. Aksiyali jamiyatning mulki
1. Aksiyali jamiyat aksiyalari sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
2. Korxona, muassasalar, tashkilotlar, davlat idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi, boshqa jumhuriyat va ajnabiy davlatlarning fuqarolari, shuningdek yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki jamiyatning ustavida boshqa tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, aksiya egalari boʻlishi mumkin.
3. Mehnat kollektivi hamda vakolat berilgan davlat organining birgalikdagi qaroriga asosan, davlat korxonasi korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiyalar chiqarish yoʻli bilan aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻ davlat korxonasining qarzlari qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
16-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki
1. Yuridik shaxslar hisoblangan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining mulki ular ishtirokchilarining qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda ular tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa asoslarda qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va oborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, shuningdek mol-mulkdan foydalanish huquqi kirishi mumkin.
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat idoralari, shuningdek fuqarolar (agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) xoʻjalik jamiyatining va shirkatining ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
17-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
1. Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.
2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.
3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻxtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) eʼtiborga olgan holda taqsimlanadi.
18-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan taʼminlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablagʻlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablagʻlari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari aʼzo boʻlish va aʼzolik badallaridan, agar ularni toʻlash ustavlarda koʻzda tutilgan boʻlsa, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; ustavga muvofiq oʻtkazilgan leksiyalar, koʻrgazmalar, sport va boshqa tadbirlardan, lotereyalardan tushgan mablagʻlar; ishlab chiqarish-xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda chet eldan keladigan pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.
Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar xorijiy tashkilotlar va fuqarolardan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
19-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin.
Diniy tashkilotlar oʻz mablagʻiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.
Diniy tashkilotlar chet eldan keladigan va chet elda boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi.
Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa hayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
1-modda. Mulkiy huquq
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan taʼminlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
2-modda. Mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunlar
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.
3-modda. Mulkiy huquq obyektlari
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilab beriladi.
4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
4-modda. Mulkiy huquq subyektlari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin.
5-modda. Mulk shakllari
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi:
xususiy mulk;
shirkat (jamoa) mulki;
maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;
aralash mulk;
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish
1. Yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.
Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Jismoniy shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar daʼvolariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
II BOʻLIM. XUSUSIY MULK
7-modda. Xususiy mulk
1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablagʻlaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.
4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qoʻlga kiritadi.
“Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaxs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi;
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
8. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
III BOʻLIM. SHIRKAT (JAMOA) MULKI
8-modda. Umumiy qoidalar
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi.
2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar va boshqa xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan taʼminlanadi.
3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.
9-modda. Oilaviy mulk
Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Oilaviy mulk huquqi oʻz subyektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan xususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
10-modda. Mahalla mulki
1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlangʻich boʻgʻinlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yoʻsinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar — mahalla mulkini toʻla xoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
11-modda. Kooperativ mulk
1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.
2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi.
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablagʻi hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir.
Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi aʼzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻgʻrisidagi Qonuni asosida belgilanadi.
13-modda. Kollektiv korxonasining mulki
1. Kollektiv korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi aʼzolarining mulkiga oʻtgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda koʻzda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.
Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.
2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qoʻshgan hissalar belgilab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi.
Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korxona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi.
Korxona bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi.
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi.
14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki
1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin.
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
15-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
1. Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.
2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.
3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻxtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) eʼtiborga olgan holda taqsimlanadi.
16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan taʼminlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablagʻlari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari aʼzo boʻlish va aʼzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; oʻtkazilgan lotereyalardan tushgan mablagʻlar; ishlab chiqarish-xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda oʻzga davlatlardan keladigan pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.
Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin.
Diniy tashkilotlar oʻz mablagʻiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.
Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi.
Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI
IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI
20-modda. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga jumhuriyat mulki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mulki, maʼmuriy-territorial tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini xalq nomidan (maʼmuriy-territorial tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Sovetlari va ular vakolat bergan davlat organlari tasarruf etadilar va boshqaradilar.
Davlat mulkining egalari oʻrtasidagi kelishuvga binoan bu mulk ularning umumiy mulki boʻlishi mumkin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, maʼmuriy-territorial tuzilmaning budjet yoki boshqa mablagʻlari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻi hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining mulki yoki maʼmuriy-territorial tuzilmaning mulki boʻladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va maʼmuriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, maʼmuriy-territorial tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
21-modda. Jumhuriyat mulkining obyektlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining mol-mulki;
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
Davlat mulki asosida vujudga kelgan korxonalar va xalq xoʻjaligi komplekslari (yoqilgʻi-energetika, kon-metallurgiya, mashinasozlik, neft-gaz, ximiya-oʻrmon, agrosanoat, transport kompleksi), davlat oliy oʻquv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda jumhuriyatning suverenitetini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaydigan boshqa mol-mulklar kiradi.
2. Umumittifoq mulkining Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilish shartlari SSJ Ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
22-modda. Jumhuriyat mulkining subyekti
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlari jumhuriyat mulkining subyektidir. Mulkchilik huquqini xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti va Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Sovetlari amalga oshiradilar.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jumhuriyatidan tashqaridagi mulki
Boshqa jumhuriyatlar va xorijiy davlatlarda boʻlgan davlat, kooperativ mol-mulkdan, jamoat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mol-mulkiga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda mol-mulk joylashgan ittifoqdosh jumhuriyat va davlatlarning qonunlari bilan, shuningdek xalqaro huquq normalari va SSJI hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilanadi.
24-modda. Yerga va boshqa tabiiy boyliklarga mulkchilik
1. Yer va yer osti boyliklari, ichki suvlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi jumhuriyat hududi doirasidagi havo havzasi Oʻzbekiston Respublikasining mutlaq mulkidir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy boyliklarga egalik qilish huquqini barcha darajadagi, xalq deputatlari Sovetlari amalga oshiradilar.
3. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosidan, boshqa tabiiy boyliklardan umumittifoq ehtiyojlarida foydalanishga shartnoma asosida va Oʻzbekiston Respublikasining roziligini olgandagina yoʻl qoʻyiladi.
4. Qoraqalpogʻiston avtonom jumhuriyati tomonidan umumjumhuriyat ehtiyojlarini taʼminlash uchun yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlarni berib qoʻyish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
5. Yer, suv va boshqa tabiiy boyliklarni berib qoʻyish va foydalanish yuzasidan SSJ Ittifoqi, ittifoqdosh jumhuriyatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida chiqadigan bahslar betaraf hakamlar ishtirokida yoki qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi.
25-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining mulki
Qoraqalpogʻiston Respublikasining mulkiy huquqlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
26-modda. Jumhuriyatlararo mulk
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlar bilan birgalikda jumhuriyatlararo mulkni vujudga keltirishi mumkin. Bundan har bir ittifoqdosh jumhuriyatning mol-mulk va xoʻjalik faoliyati natijalari ulushiga egalik qilish huquqi belgilab beriladi.
Suv resurslaridan, havo havzasidan va jumhuriyatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan boshqa mulk turlaridan foydalanish qatʼiyan shu jumhuriyatlar oʻrtasidagi bitim asosida, zarur hollarda esa SSJ Ittifoqi ishtirokida olib boriladi.
27-modda. Maʼmuriy-territorial tuzilma mulkining obyektlari (kommunal mulk)
Quyidagilar oblast, rayon, shahar yoki boshqa maʼmuriy-territorial tuzilma mulkining obyektlaridir: hokimiyat va boshqaruv idoralarining, maʼmuriy-territorial tuzilmalarning mol-mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetining uy-joy fondi va turar-joy kommunal xoʻjaligi, shuningdek sanoat, qurilish. qishloq xoʻjaligi, savdo-sotiq, maishiy xizmat, transport korxonalari, boshqa korxona va komplekslar, xalq taʼlimi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan vujudga keltirilgan hamda territoriyani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun va tegishli maʼmuriy-territorial tuzilmalar oldida turgan boshqa vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan oʻzga mol-mulklar. Jumhuriyat mulkini kommunal mulkka oʻtkazish tartibi har ikki tomonning kelishuviga binoan belgilanadi.
28-modda. Maʼmuriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk)
Tegishli maʼmuriy-territorial tuzilmaning aholisi kommunal mulkning subyektidir. Aholi oʻzining mulkiy huquqini amalga oshirishni mahalliy Sovetlarga beradi.
29-modda. Davlat korxonasining mol-mulki
1. Davlat mulki boʻlgan va davlat korxonasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulk toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir.
Korxona oʻz mol-mulki bilan toʻla xoʻjalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan oʻz xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Toʻla xoʻjalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, mulkchilik huquqi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
2. Davlat mol-mulkini boshqarish vakolati berilgan davlat idoralari korxonalarni vujudga keltirish uning faoliyat maqsadlarini aniqlash, uni qayta tuzish va tugatish masalalarini hal etadilar, unga ishonib topshirilgan davlat mol-mulkidan samarali foydalanishini nazorat qiladilar hamda SSJ Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
3. Davlat mol-mulkini boshqarish vakolati berilgan davlat idorasi davlat korxonasini qayta tuzish, xususiylashtirish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, mazkur korxona nochor (bankrot) deb topilgan hollardan tashqari, mehnat kollektivi korxonani ijaraga topshirishni yoki uni kollektiv mulkka asoslangan boshqa korxonaga aylantirishda imtiyozli huquqga egadir. Bunday hollarda davlat idorasi bilan mehnat kollektivi oʻrtasida chiqqan bahslar davlat hakamligi tomonidan hal etiladi.
30-modda. Davlat korxonasi mehnat kollektivi aʼzolarining mulki
1. Davlat korxonasining soliqlari va budjetga boshqa toʻlovlarni toʻlab boʻlganidan keyin qoladigan foydasi (sof foyda) korxona mehnat kollektivining mulkiga oʻtadi va oʻz ustaviga hamda amaldagi Qonunlar asosida roʻyobga chiqariladi.
2. Mehnat kollektivining aʼzosiga tegishli foyda miqdori uning ulushi boʻladi.
Korxona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi aʼzolariga (vorislarga) budjet, banklar bilan va korxonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan toʻlanadi.
31-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi.
2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar.
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi.
18-modda. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasining, maʼmuriy-territorial tuzilmaning budjet yoki boshqa mablagʻlari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻi hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining mulki yoki maʼmuriy-territorial tuzilmaning mulki boʻladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi va maʼmuriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Maʼmuriy-territorial tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning maʼlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
Davlatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat mulkining obyektlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy oʻquv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
20-modda. Davlat mulkining subyekti
Oʻzbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki
Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turiladi.
22-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulki (kommunal mulk) obyektlari
Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi.
23-modda. Maʼmuriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk)
Tegishli maʼmuriy-hududiy tuzilmaning aholisi kommunal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar.
24-modda. Davlat korxonasining mol-mulki
1. Davlat mulki boʻlgan va davlat korxonasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulk toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir.
Korxona oʻz mol-mulki bilan toʻla xoʻjalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan oʻz xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Toʻla xoʻjalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, mulkchilik huquqi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
25-modda. Davlat korxonasi mehnat kollektivi aʼzolarining mulki
1. Soliqlar va boshqa budjetga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi aʼzolarining mulkiga aylanib, undan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va korxona ustaviga muvofiq foydalaniladi.
2. Mehnat kollektivining aʼzosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi boʻladi.
Korxona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi aʼzolariga (vorislarga) budjet, banklar bilan va korxonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan toʻlanadi.
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi.
2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar.
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi.
V BOʻLIM. ARALASH MULK
V BOʻLIM. ARALASH MULK
32-modda. Aralash mulk huquqi
27-modda. Aralash mulk huquqi
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablagʻlarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablagʻlarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlarning, ajnabiy davlatlarning, turli yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi territoriyasidagi mol-mulkini, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlar, SSJI va ajnabiy davlatlarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
VI BOʻLIM. QOʻSHMA KORXONALAR, AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI
27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish
33-modda. Qoʻshma korxonalarning mulki
Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) boʻlmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Sovet yuridik shaxslari va ajnabiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiyali jamiyatlar, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari shaklida tuziladi hamda taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishi mumkin.
VI BOʻLIM. AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI
34-modda. Ajnabiy fuqarolarning mulki
29-modda. Chet el fuqarolarining mulki
Ushbu Qonunning sovet fuqarolari mulkiga taalluqli qoidalari ajnabiy fuqarolarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida doimo yashovchi ajnabiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi mulkiga ham tegishlidir.
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi.
35-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarning mulki
30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki
Ajnabiy yuridik shaxslar xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalarga, binolar, inshootlar, toat-ibodat, ziyoratga xizmat qiluvchi obyektlar va boshqa mol-mulklarga egalik qilishga haqlidirlar.
Chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan taʼminlanadi.
36-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki
31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI
VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI
37-modda. Mulkiy huquqning kafolati
1. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Qonun bilan belgilangan mulkchilik munosabatlarining barqarorligiga kafolat beradi. Shunga muvofiq ravishda mulkdorning mol-mulkini majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda bundan mustasnodir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni bekor qiladigan qonun hujjatlarini qabul qilgan taqdirda ana shu hujjatlar qabul qilinishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda yoki sud qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mulkdorga toʻla hajmda toʻlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga mulkiy huquqlarni himoya qilish uchun teng sharoitlarni yaratib beradi.
38-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
1. Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud, davlat hakamligi yoki boshqa betaraf sud tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla xoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
39-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻxtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish
1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻxtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻxtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi.
Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo sud, davlat hakamligi yoki boshqa betaraf sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻxtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi.
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning, davlat hakamligining qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
40-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.
Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablagʻ hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart.
32-modda. Mulkiy huquqning kafolati
1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
1. Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla xoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻxtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish
1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻxtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻxtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi.
Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻxtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi.
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.
Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablagʻ hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart.
36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi
Davlat organlari mulkdorga yoxud toʻla xoʻjalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas.
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
1990-yil 31-oktabr,
1990-yil 31-oktabr,
152-XII-son
152-XII-son