Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
QISHLOQ XOʻJALIGIDA ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHGA QARATILGAN QONUNLAR IJROSINI TAʼMINLASHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaratilgan qonunlar va ular asosida qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning ogʻishmay ijro etilishini taʼminlash, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda davlat manfaatlarini himoya qilish borasida prokuratura organlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari tuzilmalarida qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimlari tashkil qilinsin hamda ularga 48 ta qoʻshimcha shtat birligi, shu jumladan markaziy mahkama uchun 3 ta shtat birligi ajratilsin.
2. Hududiy prokuraturalarning qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda hukumat qarorlarida bayon etilgan talab va qoidalar oʻz vaqtida, toʻliq ijro etilishini nazorat qilish;
asosiy qishloq xoʻjalik ekinlari (paxta va gʻalla) ekiladigan maydonlar monitoringini muntazam oʻtkazib turish, ekin maydonlari mahsulot ishlab chiqaruvchilar — fermer va shirkat xoʻjaliklari, tuman va viloyatlar tomonidan qabul qilingan hamda tasdiqlangan shartnoma majburiyatlariga muvofiqligini tanlab tekshirishlar oʻtkazish;
fermer va dehqon xoʻjaliklariga yer ajratish borasida qonunchilik hamda meʼyoriy hujjatlarda oʻrnatilgan tartib buzilishining oldini olish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish, bunda masʼul shaxslar tomonidan xizmat mavqeyi suiisteʼmol qilinishiga, qarindosh-urugʻchilik va oshna-ogʻaynigarchilik munosabatlaridan foydalanish hollariga yoʻl qoʻymaslik;
yerlardan qatʼiy ravishda maqsadli foydalanish, sugʻoriladigan ekin maydonlari muomaladan chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
yerlardan maqsadli va asrab-avaylab foydalanishni, ularning unumdorligi saqlanishi hamda ekologiya normalariga rioya etilishini taʼminlab kelayotgan fermer hamda dehqon xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
suv resurslaridan isrofgarchilik bilan foydalanish, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻgʻirlab talon-toroj qilish, gidrotexnika, melioratsiya inshootlari hamda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlatishda xoʻjasizlik faktlarining oldini olish choralarini koʻrish;
qishloq xoʻjaligi sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan qonunchilikni keng koʻlamda tushuntirish yoʻli bilan shunday huquqbuzarliklarning oldini olish.
3. Mazkur oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, shuningdek viloyat, tuman prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tuzilmasi 1—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura tizimi (harbiy prokuraturadan tashqari) xodimlarining chegaralangan umumiy soni 4666 ta shtat birligidan, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3816 shtat birligidan iborat qilib belgilansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-iyuldagi PF-3772-sonli Farmoni tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 263-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura organlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri (M. Nurmurodov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining shtatlar roʻyxatini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining faoliyatini tashkil qilish masalalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-yanvardagi 33-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-mart,
PF-3406-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar prokuraturasining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasining tuzilmasi
Prokuror-tergov xodimlarining jami shtat birligi — 31
Keyingi tahrirga qarang.
Viloyatlar markazlari va Toshkent shaµar tumanlari prokuraturalarining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) va ularga tenglashtirilgan harbiy okrug, hududiy harbiy, transport va maxsus prokuraturalarning namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 113-modda; 2006-y., 28-29-son, 263-modda; 2014-y., 32-son, 395-modda; 2016-y., 32-son, 387-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)