OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH BILAN SHUGʻULLANUVCHI taʼlim muassasalarini BITIRGAN HAYDOVCHILIKKA NOMZODLARGA BERILADIGAN YAGONA NAMUNADAGI GUVOHNOMANI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-yanvarda 1652-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652-4, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 156-son qarorini bajarish maqsadida, qaror qilamiz:
(muqaddima Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
2. Yagona namunadagi guvohnomalar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi buyurtmasiga asosan, “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida, bosma usulda tayyorlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
6-son
Vazirning birinchi oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
48/QB-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
11-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 156-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga yagona namunadagi guvohnoma berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Haydovchilikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda matnda — taʼlim muassasasi) imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻqishni bitirganliklari haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
(2-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Guvohnoma taʼlim muassasasida tashkil etiladigan komissiya bayonnomasiga asosan beriladi.
Komissiya taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga asosan, rais va ikki kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilotlar uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (keyingi oʻrinlarda matnda — agentlik) “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazining buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Guvohnoma blankalari “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazining taqsimotiga asosan, taʼlim muassasalarga “maxsus hududiy kod”lar asosida agentlikning hududiy boʻlimlari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
(6-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Guvohnomani tayyorlash, uning texnik tavsifi, saqlash va sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Guvohnomalar taʼlim muassasasi buyurtmalariga asosan agentlikning “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi tomonidan taʼminlanadi.
Agentlikning “Avtodaryotrans-ilm” davlat ilmiy-metodik markazi buyurtmasiga asosan guvohnomalar “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.
(7-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining himoyalangan gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyxat raqami, taʼlim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi-sharifi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi, taʼlim muassasasining muhri hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyxat raqami yoziladi.
(8-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Guvohnomalarni kirim va chiqimlari taʼlim muassasasining hisobot daftarlarida qayd qilib boriladi.
(9-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
10. Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.
11. Guvohnomani toʻldirish jarayonida tuzatishlar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Toʻldirish jarayonida buzilgan guvohnomalarni qayta ishlatilmaslik uchun ularning kodi, seriyasi va roʻyxat raqami qirqib olinib, taʼlim muassasasining maxsus komissiyasi tomonidan yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Taʼlim muassasasining taftish komissiyasi bu haqda dalolatnoma tuzib, unga guvohnomaning qirqib olingan kodi, seriyasi va roʻyxat raqami yopishtirib qoʻyiladi.
(12-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda haydovchilikka nomzod taʼlim muassasasi rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Nomzodning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan, taʼlim muassasasi tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda taʼlim muassasasining qayd daftariga “Dublikat” deb yozuv kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova grifi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
A) Tashqi koʻrinishi:
B) Ichki koʻrinishi:
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova grifi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Maxsus Hududiy kodlar:
|
T.r. |
Hududlar |
Maxsus kodlar |
| 1 | 2 | 3 |
| 1. | Toshkent shahar | 10 |
| 2. | Toshkent viloyati | 11 |
| 3. | Sirdaryo viloyati | 12 |
| 4. | Jizzax viloyati | 13 |
| 5. | Samarqand viloyati | 14 |
| 6. | Fargʻona viloyati | 15 |
| 7. | Namangan viloyati | 16 |
| 8. | Andijon viloyati | 17 |
| 9. | Qashqadaryo viloyati | 18 |
| 10. | Surxondaryo viloyati | 19 |
| 11. | Buxoro viloyati | 20 |
| 12. | Navoiy viloyati | 21 |
| 13. | Xorazm viloyati | 22 |
| 14. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 23 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 18-modda; 2012-y., 32-son, 386-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son; 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)