Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026 09.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1652
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 09.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1652
Кучга кириш санаси
19.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026
Hujjat 02.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH BILAN SHUGʻULLANUVCHI taʼlim muassasalarini BITIRGAN HAYDOVCHILIKKA NOMZODLARGA BERILADIGAN YAGONA NAMUNADAGI GUVOHNOMANI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-yanvarda 1652-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652-4, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi 156-son qarorini bajarish maqsadida, qaror qilamiz:
(muqaddima Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona namunadagi guvohnomalar Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining “Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti” DKni buyurtmasiga asosan, “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida, bosma usulda tayyorlansin.
(2-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-avgustdagi 70, 8/QQ, 56-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-2, 07.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning birinchi oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori A. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48/QB-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga yagona namunadagi guvohnoma berish tartibini belgilaydi.
(muqqadima Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-avgustdagi 70, 8/QQ, 56-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-2, 07.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-avgustdagi 70, 8/QQ, 56-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-2, 07.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Haydovchilikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda matnda — taʼlim muassasasi) imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻqishni bitirganliklari haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
(2-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvohnoma taʼlim muassasasida tashkil etiladigan komissiya bayonnomasiga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga asosan, rais va ikki kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilotlar uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda matnda — vazirlik) Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda matnda — institut) buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvohnoma blankalari institutning taqsimotiga asosan, taʼlim muassasalarga “maxsus hududiy kod”lar asosida vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Guvohnomani tayyorlash, uning texnik tavsifi, saqlash va sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Guvohnomalar taʼlim muassasasi buyurtmalariga asosan institut tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut buyurtmasiga asosan guvohnomalar “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyxat raqami, taʼlim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyxat raqami yoziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnomalarni kirim va chiqimlari taʼlim muassasasining hisobot daftarlarida qayd qilib boriladi.
(9-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Guvohnomani toʻldirish jarayonida tuzatishlar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻldirish jarayonida buzilgan guvohnomalarni qayta ishlatilmaslik uchun ularning kodi, seriyasi va roʻyxat raqami qirqib olinib, taʼlim muassasasining maxsus komissiyasi tomonidan yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Taʼlim muassasasining taftish komissiyasi bu haqda dalolatnoma tuzib, unga guvohnomaning qirqib olingan kodi, seriyasi va roʻyxat raqami yopishtirib qoʻyiladi.
(12-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda haydovchilikka nomzod taʼlim muassasasi rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Nomzodning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan, taʼlim muassasasi tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda taʼlim muassasasining qayd daftariga “Dublikat” deb yozuv kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 02.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova grifi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 10.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 386-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus Hududiy kodlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r.‎

Hududlar‎

Maxsus kodlar‎

1 2‎ 3‎
1‎. Toshkent shahar‎ 10‎
2‎. Toshkent viloyati‎ 11‎
3.‎ Sirdaryo viloyati‎ 12‎
4.‎ Jizzax viloyati‎ 13‎
5.‎ Samarqand viloyati‎ 14‎
6.‎ Fargʻona viloyati‎ 15‎
7.‎ Namangan viloyati‎ 16‎
8.‎ Andijon viloyati‎ 17‎
9.‎ Qashqadaryo viloyati‎ 18‎
10.‎ Surxondaryo viloyati‎ 19‎
11.‎ Buxoro viloyati‎ 20‎
12.‎ Navoiy viloyati‎ 21‎
13.‎ Xorazm viloyati‎ 22‎
14.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 23‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 18-modda; 2012-y., 32-son, 386-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son; 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son)