Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MADRID BITIMIGA DOIR BAYONNOMAGA (MADRID, 1989-YIL 27-IYUN) MUVOFIQ BELGILARNI XALQARO ROʻYXATDAN OʻTKAZISHDA UNDIRILADIGAN YAKKA TARTIBDAGI BOJLARNING STAVKALARINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun)” qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining valyuta hisob raqamiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
90 foizi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
10 foizi ulardan idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun aʼzolik badallarini toʻlashda foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy raqbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari
| Boj kodi | Bojning nomi | Stavkalar (AQSH dollari) |
| 1. | Belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilishni yoyish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: | |
| 1.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1200 |
| 1.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun: | 120 |
| 2. | Jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilish yoyilishi toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: | |
| 2.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1800 |
| 2.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 180 |
| 3. | Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 3.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 600 |
| 3.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 60 |
| 4. | Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 4.1. | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1200 |
| 4.2. | bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun | 120 |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 515-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)