Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 257-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 11-12-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 83-modda)
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 31 — 33, 371-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
1) 7-moddaning 8-bandidagi “mulki” degan soʻz “xususiy mulki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin:
2) 19-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “(savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari bilan birga yuridik xamda jismoniy shaxslarning mulki qilib berilgan yerlardan tashqari)” degan soʻzlar “(qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 27-1-moddadagi “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda) 4-moddasi 1-bandining birinchi xatboshisi va 36-moddasining 1-bandi “xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek turar joy binolari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 92-modda)
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil № 1, 38-modda) 42-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlash uchun ruxsatnoma mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 542-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda):
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi, 5-moddaning birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlaridagi, 7-moddaning birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlaridagi, 17-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi, 18-moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshisidagi, 19-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning uchinchi qismi “Roʻyxati” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taqdimiga asosan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
70-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1996-y., 11-12-son; 1997-y., 4-5-son; 1998-y., 1-son, 11-modda; 1998-y., 5-6-son, 83-modda; 92-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)