OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV AʼZOLARI, KREDIT UYuShMALARI HAMDA MIKROKREDIT TAShKILOTLARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2988, 30.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining 29-yanvar 2005-yildagi 1/7-son qarori va u bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2005-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1455), ushbu Nizomga Markaziy bank Boshqaruvining 28-may 2005-yildagi 11/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-son oʻzgartirish (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1455-1), Markaziy bank Boshqaruvining 7-oktabr 2005-yildagi 21/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-son oʻzgartirish (2005-yil 28-oktabr, roʻyxat raqami 1455-2) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Kredit uyushmalari Kengashlari raislariga hozirda faoliyat koʻrsatayotgan oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarini 2 yil muddat ichida ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oliy iqtisodiy maʼlumot olishi uchun oliy oʻquv yurtiga kirishlarini taʼminlash yoki ijro organi rahbarini oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan xodim bilan almashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-oktabr,
24/6-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NI3OM
Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq, tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi oʻrinlarda — kasbga muvofiqlikni aniqlash) — bank ishi va amaliyotini, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun yuqori malaka va salohiyatga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari va rais oʻrinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv aʼzolari, Bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari) lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va oʻz navbatida ular ushbu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish yuritsa;
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
6. Bank yoki filial rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari bir bank tarkibida boshqa yuqori lavozimga yoki boshqa bankka teng yoki yuqori lavozimlarga, bir kredit uyushmasi ijro organi rahbari boshqa kredit uyushmasi ijro organi rahbarligiga, bir mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbari boshqa mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbarligiga tavsiya etilganda ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri bir bank tarkibida boshqa filialga teng lavozimlarga oʻtkazilishi Bosh bank taqdimnomasiga asosan Komissiyaning suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilmasdan koʻrib chiqiladi.
7. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi, kredit uyushmasi kengashi yoki mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i tomonidan Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkiloti rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma 3 ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 ish kunidan kechiktirmasdan Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlari boʻyicha boʻsh oʻrinlar 1 oy muddat ichida butlanishi shart.
9. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari talablariga rioya qilmagan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan quyidagi choralar qoʻllanilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat banklariga oʻrnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
tijorat banklarida ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha boʻlgan choralarni koʻrish;
kredit uyushmasi yoki mikrokredit tashkiloti lizensiyasini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda litsenziyasini bekor qilishgacha boʻlgan choralarni koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Malakaga doir talablar
10. Rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Tijorat banklari rahbarligiga nomzodlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
kichik biznesni kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
bankni korporativ boshqarish tartibi;
ichki audit vazifalari va faoliyati;
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Bazel qoʻmitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillari;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarligiga nomzodlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank, kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti hisobotlarini tuzish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kredit siyosati va kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
11. Tijorat banklarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar tijorat banklarining Boshqaruvi aʼzoligiga bankning yuridik xizmati rahbari tavsiya etilsa, nomzod oliy yuridik maʼlumotga va bank tizimida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga istisno tariqasida bank yoki iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan noiqtisodiy oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
III. Nomzodning kasbga muvofiqligini aniqlash tartibi
12. Komissiya tarkibi Markaziy bank Raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ular oʻrniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
13. Komissiya yigʻilishi va qarorlari aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.
14. Komissiya raisi yoʻqligida majlisni uning oʻrinbosari oʻtkazadi.
15. Komissiya ishini tashkil etish Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari dastlab tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib, soʻng Markaziy bankka taqdim etiladi. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi mazkur hujjatlarni oʻrganib chiqib, soʻng Komissiyaning barcha aʼzolarini tanishtirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlik lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Komissiya tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda oʻrganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini oʻzining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bank zarurat tugʻilgan hollarda, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning oʻzidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan surishtirib aniqlashi mumkin.
19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va mazkur qarordan koʻchirma tijorat banklari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi), kredit uyushmasi va mikrokredit tashkilotlari tomonidan Komissiya qaroridan tegishli koʻchirmani olganidan soʻng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzodlar tavsiya etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar kamida olti oy muddat oʻtgandan soʻng ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan lavozimlarga qayta tavsiya etilishi mumkin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” F-896-sonli farmoyishiga muvofiq holda oʻtkaziladigan attestatsiya yakunlari boʻyicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan tijorat banklari rahbar xodimlari 3 yildan soʻng rahbarlik lavozimiga qayta tavsiya etilishi mumkin. Istisno tariqasida, attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbarni attestatsiya sanasidan 1 yil oʻtgandan soʻng quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda rahbarlik lavozimlariga qayta tavsiya etilishiga ruxsat beriladi:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita aʼzosining fikrnomasi;
v) xodimning oʻtgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqaruv aʼzolarining tijorat banki tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati
Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
soʻrovnoma;
tarjimai hol;
oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
Keyingi tahrirga qarang.
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
tavsiya etilayotgan nomzod bilan Bosh bankda oʻtkazilgan suhbat bayonnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
6 x 4 hajmdagi 4 dona surat;
nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi filiallar rahbarlariga va bosh buxgaltyerlariga 3 tadan kam boʻlmasligi kerak);
turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlarining kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit uyushmasi kengashi yoki mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i taqdimnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
soʻrovnoma;
tarjimai hol;
oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
kredit uyushmasi yoki mikrokredit tashkiloti tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (5 tadan kam boʻlmasligi kerak);
turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.