12.08.2006 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KVARS” AKSIYADORLIK JAMIYATINING DAVLAT AKSIYALARI PAKETINI XORIJIY INVESTORGA SOTISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006–2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining boshlangʻich 53 foizli aksiyalar paketining sotish bahosini tasdiqlash va uni xorijiy investor – “Carlton Group LLC” (AQSH) kompaniyasiga sotish toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan 53 foiz aksiyalar uchun sotib olish toʻlovi 4,4 mln AQSH dollari miqdorida belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investor tomonidan “Kvars” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari paketining oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida sotib olish toʻlovi, besh yil mobaynida teng ulushlarda 2,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Carlton Group LLC” (AQSH) kompaniyasi tomonidan sotib olingan “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining 53 foiz aksiyalari Kvars” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari paketining oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tartibda sotib olish toʻlovi toʻlangan va investitsiya majburiyatlari bajarilgandan keyingina uning mulkiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda xorijiy investor tomonidan koʻrsatib oʻtilgan shartlar va qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydigan javobgarlik chora-tadbirlari boʻlgan Kvars” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari paketining oldi-sotdi shartnomasini imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kvars” aksiyadorlik jamiyati hamda “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Carlton Group LLC” (AQSH) kompaniyasi bilan 2000-yil 29-martdagi kredit shartnomasiga “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan xorijiy kreditni qoplash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha “Carlton Group LLC” (AQSH) kompaniyasining umumiy qarzdor sifatidagi majburiyatlarini nazarda tutuvchi qoʻshimcha bitim tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarzdorlikning qolgan qismi tarkibini 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga oʻzgartirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda “Kvars” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga qoʻshimcha bitimga, unga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, ilgari berilgan Oʻzbekiston Respublikasi kafolatining amal qilishini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-son